Ma'ruza matni (279-290):
Mavzu 18: Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Reja:
Bozor munosabatlarining kamchiliklari.
Iktisodiyotga davlat tomonidan aralashishi.
Assimetrik axborot.
Soliklar. Subventsiyalar. Imtiyozli kreditlar.
Tayanch iboralar:
Bozor munosabatining kamchiliklari. Bozor muvozanatining buzilish oqibatlari. Tashqi samara. Manfiy tashqi samara va musbat tashqi samara. Davlatni atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati. Ichki bozorni himoya qilish siyosati. Ijtimoiy ne’mat. Asimmetrik axborotlarni tartibga solish. Bozorning davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati. Bozor munosabatlarining davlat tomonidan boshqarilish qurollari. Soliqlar, subsidiyalar, subventsiyalar, imtiyozli kreditlar. Imtiyozli soliqlar. Bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi me’yori.
Ma'ruza matni:
Mavzu 1-2: «Mikroiqtisodiyot» fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy bazis tushunchalari
Bozor - bu sotuvchilar va haridorlar o’rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo’yicha erkin munosabatlar tizimidir.
Ehtiyoj – insonni, korxonani faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha narsalar. Ehtiyoj –bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishiga undaydigan ichki kuch.
Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi. Ne’matlar cheklangan va cheklanmagan bo’lishi mumkin. CHeklangan ne’matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, kiyim-kechak, non, ‘axta tolasi va boshqalar). CHeklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlarni tashkil qiladi. CHeklanmagan ne’matlarga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin.
Ne’matlar noyobligi deganda - iqtisodiy sub’ektlardagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan haridorlarning talablarini etarli darajada qondira olmasligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |