6. Mukammal raqobatlashgan bozorning kamchiliklariga:
a) Ishlab chiqarish hajmining pastligi;
b) Reklama xarajatlarining yuqoriligi;
v) narxlarning nobarqarorligi;
g) Fan texnika tadqiqotlari uchun ajratiladigan xarajatlarning pastligi;
d) to’g’ri javob yo’q.
7. Mukammal raqobatlashgan bozor va raqobatlashgan monopol bozor o’rtasidagi o’xshashlik:
a)Bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqariladi;
b) Narx chekli xarajatdan katta bo’ladi;
v) Tarmoqqa kirib kelish to’siqlarining mavjud emasligi;
g)Sof monopoliyaga qaraganda talab elastikligining pastligi;
d) to’g’ri javob yo’q.
Mavzu 13: Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi va Mavzu 14: Raqobat va yakkahokimlik
Testlar
1. Bozor tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda firma yopiladi, agar:
a) tushum hajmi umumiy xarajatlarni emas, balki faqat o’zgaruvchan xarajatlarni qoplasa;
b) tushum o’zgaruvchan va doimiy xarajatlarni qoplaydi, lekin umumiy xarajatlarni qoplamasa;
v) o’rtacha tushum o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlardan yuqori, lekin o’rtacha umumiy xarajatlardan past bo’lsa;
g) o’rtacha tushum o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlardan past bo’lsa;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
2. Foydasini maksimallashtirayotgan firma mahsulot ishlab chiqarishning shunday hajmini tanlashi kerakki, bunda:
a)o’rtacha xarajatlar minimal bo’lishi kerak;
b) o’rtacha tushum o’rtacha umumiy xarajatalarga teng bo’lishi kerak;
v) chekli tushum chekli xarajatga teng bo’lishi kerak;
g)umumiy tushum maksimal bo’lishi kerak;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
3. Ikki tomonlama monipoliyada:
a)sotuvchi iste’molchiga qaraganda ko’proq naf ko’radi;
b) iste’molchi sotuvchiga qaraganda ko’proq naf ko’radi;
v) narxni doimiy bir xilda aniqlash mumkin emas;
g)oldi-sotdi hajmini aniqlash mumkin emas;
d) sotuvchi va oluvchi teng naf ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |