Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


O’rindosh ne’matlarning chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution)


Download 478.83 Kb.
bet33/158
Sana15.11.2023
Hajmi478.83 Kb.
#1775484
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   158
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

O’rindosh ne’matlarning chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution) – umumiy naflik darajasi o’zgarmaganda iste’molchi bir birlik birinchi ne’matni qancha birlik ikkinchi ne’mat bilan almashtirishini ko’rsatadi:
Bu erda: MRS – birinchi ne’mat bilan ikkinchi ne’matni chekli almashtirish normasi;
MU1 va MU2 – mos holda birinchi va ikkinchi ne’matning chekli nafliklari.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oralig’ida oladigan barcha daromadlari yig’indisi.
Byudjet chizig’i – byudjetni to’liq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq. Byudjet chegara si tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Bu erda: R – daromad;
P1,P2 – 1-2-tovarlar narxi;
X1, X2 – sotib olinadigan 1-2-tovarlar miqdori.
Byudjet chizig’ini befarqlik chizig’i bilan urinish nuqtasi iste’molchining muvozanat holatini bildiradi.
Grafikdagi ko’rinishi quyidagicha:
Ne’matlarning bir-birini o’rnini bosishi-- ne’matlarning bir-birini o’rnini bosish zonasi deb - bir ne’mat bilan ikkinchi ne’matni samarali almashtirish mumkin bo’lgan oraliqga aytiladi
O’rindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o’zgarishi natijasida iste’mol tarkibining o’zgarishi.
1. Ratsional qaror qabul qiluvchi iste’molchi ko’plab al’ternativ variantlardan birini tanlashni, ya’ni X1 ne’matdan 20 birlik va X2 ne’matdan 25 birlik olishni ixtiyor etdi. Ushbu individning naflik funktsiyasi quyidagicha:
U =X12+X2
Bir oylik daromadi 100 dollarni tashkil etadi.
Aniqlansin:
Agar iste’molchi X1 ne’matdan 10 birlik va X2 ne’matdan 15 birlik harid qiladigan bo’lsa, uning daromadi qanchaga o’zgaradi?
Echimi:
ushbu formuladan foydalanib, X1 va X2 ne’matdan hosila oladigan bo’lsak, u holda ifoda quyidagi ko’rinish hosil qiladi:
;

Download 478.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling