«iqtisodiyot» kafedrasi
-bobda murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi va muddatlari belgilangan ekan
Download 325.5 Kb.
|
2 5465550852884269949
5-bobda murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi va muddatlari belgilangan ekan.
22. Yozma va elektron (qog'ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro'yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha hisobga olish kartochkasini to'ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o'ng qismida ro'yxatga olish shtampini qo'yish yo'li bilan murojaatlar bilan ishlash bo'yicha tuzilmada ro'yxatga olinadi.Murojaatlar yozma yoki elektron tarzda ro'yxatga olinishi mumkin. 6.Murojaatlarni ro'yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi (ismi va otasining ismi), uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to'g'risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan davlat organi, tashkilotitarkibiy tuzilmasi nomi, sana ko'rsatilgan holda ijro etish to'g'risidagi belgi ko'rsatiladi. Qayd etish shtampida Bankning rasmiy nomi (umumqabul qilingan qisqartirilgan nom yoki qisqartma ko'rsatilishi mumkin), murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami ko'rsatiladi. Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi. 23. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari Bankka og'zaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq to'ldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak. Ro'yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay Bank rahbariga, uning o'rinbosariga kiritiladi, U mas'ul tarkibiy tuzilmani(xodimni) belgilagan holda murojaatni ko'rib chiqish bo'yicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) qo'yadi.Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo'yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida murojaatlar bilan ishlash bo'yicha tuzilma murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy tuzilmaga (xodimga) imzo qo'ydirgan holda beradi. Bunda ijrochi etib belgilangan tarkibiy tuzilma (xodim) tomonidan ijro etish to'g'risidagi belgi qo'yiladi. 24. Bankka kelib tushgan murojaatlar Bank ish yurituviga qabul qilinishi, quyi tuzilmaga (filiallarga) (keyingi o'rinlarda quyi organ deb ataladi) yuborilishi yoki tegishliligi bo'yicha boshqa davlat organiga, tashkilotga yuborilishi mumkin. 25. Agar murojaatda bir nechta tarkibiy tuzilmaga tegishli masalalar mavjud bo'lsa, ularning barchasi murojaatni ko'rib chiqish bo'yicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo'lib ko'rsatilgan tarkibiy tuzilma boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda murojaat ko'rib chiqilishini ta'minlaydi. 26. Agar murojaatni ko'rib chiqish jarayonida murojaatning dublikati kelib tushsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda ko'rib chiqiladi hamda natijasi bo'yicha yagona javob beriladiAgar murojaatning dublikati murojaat ko'rib chiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tushsa, bu haqda Bankning murojaatni ko'rib chiqishga mas'ul bo'lgan tegishli bo'linma murojaat etuvchini yozma tartibda xabardor qiladi. 27. Agar murojaatda o'rtaga qo'yilgan masalalar xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatiga daxldor bo'lsa, ularning vakillari murojaatni ko'rib chiqishda ishtirok etish uchun Bank tomonidan o'z vakolatlari doirasida jalb etiladi. Zarur hollarda murojaatlarni ko'rib chiqish uchun Bank tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin. 28. Qo'yilgan masalalarni hal etish o'zining vakolati doirasiga kirmaydigan Bankka kelib tushgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay Bank rahbari tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.Murojaatni ko'rib chiqishi uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlariga o'tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar mavjud bo'lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi. 29. Murojaatni ko'rib chiqayotgan Bankning mansabdor shaxslari o'z tashabbusiga ko'ra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga ko'ra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.Bankning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga murojaatda ko'tarilgan masalalar bo'yicha o'z fikrini bildirish va murojaat bo'yicha qo'shimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi.Zarur xollarda murojaat etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi mumkin.
Men 2020-yil 14-dekabrdan 28-dekabrgacha oquv tanishuv amaliyotini olib bordim Xalq banki yurtimizdagi eng kop tarmoqqa ega bolgan, eng yirik va universal banklardan biri bolib, bank tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga barcha turdagi xizmatlar korsatib kelinmoqda. Bank oz mijozlariga qulayliklar yaratish, ularga taqdim etilayotgan bank xizmatlari haqida toliq va tushunarli tarzda ma'lumotlar bilan taminlash maqsadida, bank xizmatlari aks ettirilgan bankning Download 325.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling