«iqtisodiyot» kafedrasi
Download 325.5 Kb.
|
2 5465550852884269949
- Bu sahifa navigatsiya:
- OQUV - TANISHUV AMALIYOT
- Xulosa
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI «IQTISODIYOT» KAFEDRASI OQUV - TANISHUV AMALIYOT HISOBOTI Fargona viloyati, Buvayda tumani, AT Xalq bankiBuvayda tumani filiali Guruh: 62B-19I Ne'matov.O.O Institut tomonidan tayinlangan rahbar: Qodirov.S Korxona tomonidan tayinlangan rahbar: ___________________ Hisobotga qoyilgan baho: ___________ FARGONA—2020 Mundarija Kirish .1 AT “Xalq banki tarixi va rivojlanish bosqichlari .2 AT "Xalq banki" boshqaruv tizimi 3 AT Xalq banki da kredit olish tartibi va kreditlar ..4 AT Xalq banki ustavi bilan tanishish hamda fuqarolarni murojaatlari bilan ishlash togrisidagi Nizomni organib chiqish 5 Xulosa 6 Kirish Men Ne'matov Otabek 2020-yil 14-dekabrdan 26-dekabrgacha Farg‘ona viloyati Buvayda tumani AT Xalq banki filialida o‘quv tanishuv amaliyotni olib bordim. Ushbu oquv tanishuv amaliyoti mobaynida quyidagi bajariladigan ishlarni rejasini tuzib oldim:
Ushbu hisobotni tayyorlashda yuqoridagi reja asosida tanishuv amaliyotida bajargan ishlarimizni yoritib beramiz. Xalq bankining tarixi uzoq otmishga borib taqaladi. O'zbekistonning eng qadimgi banklaridan biri deb atalishi mubolag'asiz emas. Bank tarixi 1875-yilda, birinchi jamg'arma banki ochilgan paytda boshlandi. Ushbu bank 1995-yilga qadar Sovet Ittifoqi jamg'arma banki filiali bolgan, shu yilning to'rtinchi oktyabrida esa hukumat va "Uzsberbank" qarori bilan "milliy aktsiyadorlik-tijorat banki"ga aylantirilgan. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil aprel oyida PF-4720 "Aksiyadorlik jamiyatlar korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" farmon chiqardi, farmonga binoan bank nomini Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki"ga o'zgartirdi. Amaliyotga kirishish jarayonida bankning ustavi bilan tanishib chiqdim. Ustavda bank haqida ham malumot bor ekan. Bu quyidagicha: 1. Ozbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalk banki (keyingi orinlarda Bank deb ataladi), Ozbekiston Respublikasining Banklar va bank faoliyati Togrisidagi, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya kilish togrisidagi Qonunlari va Vazirlar Maxkamasining Ozjamgarmabankni Ozbekiston Respublikasi Xalk bankiga aylantirish tugrisidagi 1995 -yil 4 -oktyabr 386-son Qaroriga muvofik tashkil etilgan. 2. Bankning firma nomi: davlat tilida: toliq - Ozbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalk banki, qiskartirilgan xolda - Xank banki; lotin alifbosida nomi: tolik - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki, kiskartirilgan xolda - Xalq banki; rus tilida: toliq - Aktsionerniy kommercheskiy Narodniy bank Respubliki Uzbekistan, qiskartirilgan holda - Narodniy bank;ingliz tilida: tolik - Joint-stock commercial Xalq bank of the Republic of Uzbekistan; qiskartirilgan xolda - JSC Xalq bank.Bank uz firma nomidan mutlak foydalanish huquqiga ega. 3. Bank aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. 4. Bank yuridik shaxs hisoblanadi hamda ozining filiallari va aloxida bolinmalari bilan yagona tizimni tashkil etadi. Bank uzining mustaqil balansida xisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega boladi. 5. Bank aholi omonatlarining saqlanishi va ularning uz vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi mulkiy, moliyaviy, boshka majburiyatlar va talablar buyicha Ozjamgarmabank ning huquqiy vorisi hisoblanadi. Bank Ozbekiston Respublikasi xududida va undan tashkarida bank xisobvaraklari ochishga xaklidir. 6. Bank oz firma nomi toliq yozilgan va Ozbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan dumaloq muhrga shuningdek, shtamplarga, uz nomi davlat tilida va boshka tillarda yozilgan blankalarga, timsoliga ega buladi. Bank uz emblemasiga (xizmat kursatish belgisiga) va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshka vositalarga ega buladi. 7. Bank oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Qonun hujjatlariga shuningdek, mazkur Ustavga amal kiladi. 8. Bank mulki yetishmaganda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini ta'minlash maqsadida davlat nomidan Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Uzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi aholi omonatlarining saqlanishini kafolatlaydi xamda bankning omonatchilari - jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari boyicha aksiyadorlarning ustav jamg‘armasidagi badallariga mutanosib ravishda javob beradi. 9. Bank oz majburiyatlari Boyicha ozining barcha mol-mulki bilan javob beradi. Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, majburiyatlar oladi, sudda da'vogar hamda javobgar boladi. 10. Bank oz faoliyatini Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Bank cheklanmagan muddatga tuziladi. 11. Bankning pochta manzili: Ozbekiston Respublikasi, 100096, Toshkent shahri, Qatortol kuchasi, 46.Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz. So'nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ozgarishlar va davlatning qo'llab-quvvatlashi boisi "Xalq banki" jadal rivojlanib, salohiyati oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida "Xalq banki" turli moliyaviy va mablag'-kredit islohotlar davrida, mamlakatimizning moliyaviy agenti rolini o'ynadi, davlat iqtisodiyotida har doim o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng, "Xalq banki" mamlakatning ogir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o'ynadi. Bizning iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. "Xalq banki" oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'z salohiyatini barqarorlashtirish hamda xalqning bankga bolgan ishonch pogonasini oshirish boldi , bundan tashqari mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo'yicha uzluksiz ishlar olib bordi. Hozirgi kunda "Xalq banki" mustaqil O'zbekiston bank tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 197 ta viloyat, tuman va shahar filiallari, 33 ta mini-banklar, shuningdek 1000 dan ortiq jamg'arma va maxsus kassalar mamlakatimizdagi oddiy fuqarolariga, tadbirkorlariga hamda kichik biznes sub'ektlariga doimo turli bank xizmatlarini taqdim etib bormoqda. Eng muhimi "Xalq banki"mizning asosiy maqsadi, oz nomidan malumki, O'zbekistonnig keksa fuqarolarini doimiy pensiya bilan ta'minlash hisoblanadi. Ozbekiston qonunida aytib otilganidek fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiyasi bilan taminlash mavjud pensiya tizimida qo'shimcha ravishda maxsus hisoblash tizimini shakllantrishdan iborat. "Xalq banki" xavfsiz elektron ma'lumotlar bazasini yaratdi, bu esa barcha bank filiallarini bog'lovchi uzluksiz monitoring va u yerdagi hatti-xarakatlarni nazorat qilish uchun imkon berdi. "Xalq banki" jamoasi muntazam ravishda ozlaridagi maqsad va vazifalar royxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat ko'rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari ko'rsatishda liderlaridan biri o'rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari "Xalq banki" investitsiya va ilg'or boshqarishni hamda kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llanilishini yanada jozibador bo'lishini istaydi. Xalq banki xodimlari doimo o'zlariga yangi goyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilaydilar. Hozirgi paytda ular mijozlarga xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga otishini, respublikada eng yirik bank raqobat o'rniga erishishini, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar bozorining ko'rsatkichlari bir qator investitsiya jozibadorligini va yetakchi o'rinlarda kirishishini ta'minlanishiga harakat qilmoqdalar. Xalq banki quyidagi vazifalarni oz oldiga qoygan:
Download 325.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling