Innovatsion yondashuv
Bank yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratadi, ishida ijodiy yondashuvlarga amal qiladi, ijobiy ozgarishlarga xayrixoh va doimo ular uchun ochiq boladi.
Guruh ruhi
Guruh bu umumiy maqsad bolib, har bir xodimning ushbu maqsadga erishishga qoshgan betakror hissasi va kasbiy mahoratidir. Bank xodimni umumiy maqsadga erishishga qoshgan hissasi uchun qadrlaydi.
Ishonchlilik
Bank faoliyatining zamirida vijdoniylik, halollik, masuliyat yotadi.
Xodimlarni rivojlantirish
Xodimlar Bankning boyligi, uning bozor aktividir. Bank xodimlarning oz salohiyatini royobga chiqarishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Sifat
Taqdim etiladigan xizmatlar sifatining kafolati Bank ishining uslubidir.
Mijozlar bilan ozaro munosabatlar: Bank Mijozlarga xizmat korsatishning yuksak standartlariga intiladi, har bir Mijozning manfaatlarini himoya qiladi. Bank Mijozlar bilan uzoq muddatli va ozaro foydali hamkorlikka intiladi. Bank doimo oz xizmatlarini yangilab boradi, shuningdek, yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqadi va taklif etadi. Mijozlar bilan oz munosabatlarida Bank ochiqlik va ozaro ishonch tamoyillariga tayanadi.
Bank xodimlari Mijozlar va ish hamkorlarining operatsiyalari, hisobraqamlari va omonatlari togrisidagi axborotlarni, shuningdek, Mijozning, ish hamkorining ish obrosiga, boshqa moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bolgan boshqa axborotlarni, agar Ozbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha kozda tutilmagan bolsa, sir saqlaydi.
Bank xodimlari Mijozlarga, ish hamkorlariga yashirin imtiyozlar va afzalliklarni yaratib bermaydi.
Tasischilar bilan ozaro munosabatlar: Bank ochiq-oshkor siyosatni amalga oshiradi va korporativ boshqaruv tamoyillariga qatiy amal qiladi. Chunonchi, Tasischilarning manfaatlariga sozsiz rioya qiladi, oz vaqtida axborotni oshkor etadi, hisob va hisobot sifatini yaxshilash asosida axborotning korgazmaliligi va foydalanish osonligini yuksaltiradi.
Xodimlar bilan ozaro munosabatlar: Bank xodimlari Bankning muvaffaqiyatli faoliyatining asosidir. Bank oz xodimlarini qadrlaydi, har bir xodimga oz salohiyatini toliq royobga chiqarishga imkon beradi. Bank yoshi, irqi, jinsi, etiqodi yoki millatidan qatiy nazar, xodimlarni jalb qiladi va eng yaxshi xodimlarni olga surib, ularni erishgan yutuqlari uchun taqdirlaydi. Bank shaxsni va inson qadr-qimmatini hurmat qiladi. Bank xodimlari Bankning ish obrosiga, boshqa nomoddiy yoki moddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bolgan vaziyatlarning yuzaga kelishga yol qoymaydi.
Raqobatchilar bilan ozaro munosabatlar: Raqobatchilar bilan ozaro munosabatlar odob doirasida barpo etiladi. Bank uchun yagona maqbul raqobat shakli taqdim etiladigan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va servis darajasi borasida xolisona bozor afzalliklarini yaratish hisoblanadi.
Davlat organlari bilan ozaro munosabatlar: Bank moliyaviy-sanoat guruhlari, siyosiy partiyalar va birlashmalarga nisbatan neytralitet tamoyillariga amal qiladi hamda oz faoliyatini Mijozlar va tasischilar manfaatlari bo'yicha amalga oshiradi. Bank xodimlari davlat organlari bilan ishlarini shaxsiy manfaatdorliksiz, mamuriy qarorlarni qabul qilishga tasir otkazishning noqonuniy usullaridan foydalanmay yuritishi lozim.
Yuqoridagi etika qoidalari fuqarolarni murojatlari bilan ishlashda muhim hisoblanadi.
Men 21-dekabrda kredit bolimida fuqarolarni murojaatlarini qabul qilib, ularni murojaatini tezda organib chiqishimizni va bank rahbariyati o‘rganib hamda operator aloqaga chiqishini tushuntirdim. Bankdagi kreditlar haqida ozgina ma’lumot berishga harakat qolaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |