«iqtisodiyot» kafedrasi


Jalb qilingan aholi omonatlari


Download 325.5 Kb.
bet4/13
Sana05.01.2022
Hajmi325.5 Kb.
#211273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5465550852884269949

Jalb qilingan aholi omonatlari

2020-yilning 1-yanvar holatiga aholi omonatlari 4 830 707 mln. so’m bo’lgan

2019-yilning 1-yanvariga nisbatan 25.6 foizga o’sgan.

Bank kredit qo‘yilmalari

2020-yilning 1-sentyabr holatiga bankning kredit qo’yilmalari 16 815 401,6 mln. so’m bo’lgan2019-yilning 1-yanvar nisbatan 164,5 foizga o’sgan.


Bankning qachon tashkil etilgani va uning hozirgi kundagi holati haqida ozgina bo‘lsa ham ma’lumotga ega bo‘ldik. Amaliyot o‘tash jarayonida amaliyot rahbarimiz menga Xalq Banki Boshqaruvi raisining 2020-yildagi murojaatini o‘qishni tavsiya qildi. Buni hisobotga qo‘shishim mumkinligini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisining murojaati

Hurmatli aksiyadorlar, mijozlar va hamkorlar!

2019-yil yakunlarining ijobiyligi Xalq bankining rivojlanish strategiyasida belgilangan bir qator vazifalarning amalda joriy qilinishi va bank biznesini tubdan takomillashtirish jarayonining davomiyligi, xizmat ko‘rsatishdagi universallikni saqlab qolish va uning samarasini oshirish natijasida ekanini ishonch bilan ta’kidlash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi bank sohasi rivojlanish dinamikasida Xalq bankining eng yirik banklar qatoridagi o‘rnini mustahkamlab qolgani, eng katta filial tarmog‘iga egaligi hamda bir qator yo‘nalishlardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘z o‘rnini yaxshilab olgani quvonarli hol.

Bugungi kunda Xalq banki O‘zbekiston bank tizimida jismoniy shaxslar omonatlari, sof foyda, shoxobchalar va xodimlar soni bo‘yicha yetakchilar qatorida hisoblanadi. Shuningdek, bank jami kapital hajmi, qimmatli qog‘ozlar portfeli, jami depozitlar qoldig‘i, aktivlar va kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi beshlikka kiradi.

Bank tomonidan jismoniy shaxslar uchun omonatlar, yuridik shaxslar uchun har xil shartlardagi depozit sertifikatlari, jismoniy shaxslar va xo‘jalik yurituvchilarga ko‘plab turdagi kreditlar, akkreditivlar bilan amallar, bank kafolatlari berish, hisobraqam ochish va yuritish, milliy va xalqaro plastik kartalar chiqarish kabi xizmatlar taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar va xo‘jalik yurituvchilarga jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi ochish va hisobini yuritish, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa bir qator bank mahsulotlari va xizmatlari ham taklif qilinmoqda.

Bankning kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida, bankning umumiy kapitalini yetarlicha shakllantirish va uning o‘sib borishini ta’minlash hamda uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash – 2019-yilda ham Xalq bankining eng muhim vazifalaridan bo‘lib qoldi.

Rivojlanish strategiyasiga muvofiq, 2019-yilda aktivlar, depozitlar, kapital va daromad bazasi miqdori kabi barcha asosiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi davom ettirildi.

2020-yil 1-yanvaridan boshlab 2020-yil 1-sentyabrga qadar jami aktivlar miqdori 137,4 % ga o‘sib,23 816,8 mlrd. so‘mga yetkazishga erishildi. Hisobot yilida kredit qo‘yilmalari 164,5 %ga ko‘payib, jami 12 407,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, natijada 133,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


Belgilangan maqsadlarga muvofiq, Xalq banki resurslar bozorida o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qoldi. Ya’ni, aholi va xo‘jalik yurituvchilar omonatlari hajmi 7563,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Plastik kartalar orqali naqdsiz to‘lov tizimini rivojlantirish maqsadida 433 ming dona plastik kartalar muomalaga chiqarildi va natijada naqdsiz to‘lovlarning hajmini sezilarli ravishda oshirishga erishildi.
Mijozlarga “Mobil banking”, “Internet banking”, FJBPTT ishtirokchilari uchun maxsus “SMS-informer” va "Xalq Mobile" interaktiv bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Masofaviy bank interaktiv xizmatlaridan jami 75 mingdan ortiq mijozlar foydalanib kelishmoqda.

2019-yilda lotereya faoliyati kengaytirilib, 12 ta turli lotereya o‘yinlari tashkil qilinishi natijasida jami 36,3 mlrd. so‘m miqdorida sof foyda olindi.


Kelajakda ham banklar o‘rtasida yetakchilikni mustahkamlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada rivojlantirish maqsadida bank tomonidan 2020-2023-yillarda yangi rivojlanish strategiyasini tasdiqlandi hamda quyidagi rivojlanishning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olindi:

  • Mamlakatning barqaror va faol moliyaviy tashkiloti sifatida Xalq banki o‘rnini yanada mustahkamlash;

  • Inson omilini yo'qotib, onlayn xizmatlar sonini oshirish;

  • Xalq bankining raqobatbardoshligini ta’minlovchi kuchli xodimlar siyosatini joriy qilish va amalga oshirish;

  • Bankning moliyaviy samaradorligini oshirish;

  • Samarador informatsion siyosat va brendni ilgari surish.


Download 325.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling