Korporativ etika kodeksi
Mazkur Korporativ etika kodeksining maqsadi Bank, uning mintaqaviy bolinmalari va muassasalarining foyda korish darajasini, moliyaviy barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan Xalq bankining faoliyat standartlarini belgilash hisoblanadi.
Kodeks xalqaro huquqning umumetirof etilgan tamoyillari va meyorlari, Ozbekiston Respublikasi qonunchiligi, ish muomalasi odatlari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks rahbarlar va xodimlar ozaro muomalasining asosiy qoidalari, Bank xodimlarining ozini tutishi, ularga qoyiladigan talablarni oz ichiga oladi.
Mazkur Qoidalar Bankning muvaffaqiyatli biznes yuritishga imkon beruvchi etika, qonuniylik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlovchi Korporativ standartlarning majmuidir.
Kasbiy mahorat
Bank mijozlarga va hamkorlarga xodimlarning malakali bolishini kafolatlaydi. Bank xodimlar kasbiy mahoratning eng yuqori bosqichiga intilishini qollab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |