Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan Milliy iqtisodiyot uning tarkibiy tuzilishi va makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
Download 119 Kb.
|
Milliy iqtisodiyot uning tarkibiy tuzilishi va makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy iqtisodiyot uning tarkibiy tuzilishi va makroiqtisodiy koʻrsatkichlari Mavzusidagi KURS ISHI
- Kirish Kurs shini mavzusining dolzarbligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakulteti “ Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan Milliy iqtisodiyot uning tarkibiy tuzilishi va makroiqtisodiy koʻrsatkichlari Mavzusidagi KURS ISHI Bajardi: KIU 22 guruh talabasi Normurodov Asadbek Qabul qildi: Oʻ. A. Axmedov Toshkent 2023 Milliy iqtisodiyot uning tarkibiy tuzilishi va makroiqtisodiy koʻrsatkichlari Reja: KIRISH...............................................................................3 Asosiy qism....................................................................... 6 Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.........................................................6 Yalpi ichki mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari............................................................................. 13 Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari......................... 20 Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar................................................................................. 27 Nominal va real YaIM ..................................................... 29 Xulosa...............................................................................33 Foydalanilgan adabiyotlar................................................ 34 Kirish Kurs shini mavzusining dolzarbligi: Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o‘rtasidagi aloqalarning uzilishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin. Makroiqtisodiyot mamlakat iqtisodiyoti – bular bir-biriga ayniy tushunchalar bo‘lib, ma’lum hududiy chegaralarda tarixan tarkib topgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini tavsiflaydilar. Milliy iqtisodiyot uni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo‘lib alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo‘lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi; Mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoshuv Iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash; Makroiqtisodiy nazariya muauyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tuShunish; Ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish; Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushunishtushunish. Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, Ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling