153. Korxonaning foyda olishi yoki zarar ko‘rganligi qanday aniqlanadi?
a) mahsulot sotishdan olingan yalpi pul tushumlari yalpi xarajatlar bilan taqqoslanadi;
b) mahsulot birligining bahosi unga qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi;
v) korxonaning tashqi xarajatlari yalpi pul tushumlari bilan taqqoslanadi;
g) a) va b) to‘g‘ri; d) b) va v) to‘g‘ri.
154. Korxona foydasi kachon o‘zining eng yuqori darajasiga yetadi?
a) ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanganda; b) mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib borganda;
v) eng oxirgi mahsulot bahosi unga qilingan xarajatlarga teng bo‘lganda;
g) resurlar to‘liq band qilinganda; d) iqtisodiy xarajatlar tejalganda.
155. Mamlakatda ish haqining umumiy darajasiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
a) foydalanilgan umumiy kapital miqdori; b) foydalanilgan tabiiy resurslar miqdori;
v) texnologiya; g) mehnat unumdorligi;
d) yuqoridagilarning barchasi.
156. Ish haqining vazifasi nimadan iborat?
a) ishchi va uning oilasining hayot faoliyati uchun sharoitni ta’minlash;
b) ishlovchining mehnat faoliyati uchun sharoit ta’minlash;
v) sarflangan mehnatning miqdori va sifatini hisobga olish;
g) iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish; d) yuqoridagilarning barchasi.
157. Nominal ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping.
a) ma’lum vaqt oralig‘ida pul shaklida olingan ish haqi; b) ish haqining sotib olish layoqati;
v) barcha pul daromadlari (foyda, renta, foiz) summasi; g) a) va b) to‘g‘ri;
d) yuqoridagilarning barchasi.
158. Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:
a) nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori;
b) pul shaklida olingan ish haqi; v) ish haqining pul shaklida q{atiy belgilangan stavkasi;
g) yuqoridagilarning barchasi; d) to‘g‘ri javob yo‘k.
159. Real ish haqining darajasiga qanday omil ta’sir kursatadi?
a) nominal ish haqi; b) xarid qilinadigan tovar va xizmatlar bahosi;
v) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; g) natural shaklda olingan daromad;
d) yuqoridagilarning barchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |