10. Real YAIM –
narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM.
11. Qo‘shilgan qiymat –
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
12. Oraliq mahsulot –
ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
13. Pirovard mahsulot –
ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
14. Xufyona iqtisodiyot –
YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
15. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish –
jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishidir.
16. Oddiy takror ishlab chiqarish –
bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi.
17. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish –
bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir.
18. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish –
oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin.
19. YAlpi talab bu –
barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi
Do'stlaringiz bilan baham: |