60. Inflyatsion farq –
yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori.
61. Multiplikator samarasi –
bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati.
62. Iqtisodiy mutanosiblik –
iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
63. Iqtisodiy inqiroz –
ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi.
64. Iqtisodiy sikl –
ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati.
65. Turg‘unlik (depressiya) –
ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart–sharoitlarning vujudga kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi.
66. Jonlanish –
iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi.
67. YUksalish –
iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
68. Tarkibiy inqirozlar –
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat..
69. Agrar inqirozlar –
qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |