90. Artur Okuen qonuniga binoan ishsizlik darajasining 1 foizga kamayishi yalpi milliy maxrulotning:
2,5 foizga ortishiga olib keladi.
91. Moliya –
pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.
92. Moliya tizimi –
moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalardir.
93. Davlat byudjeti –
davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
94. Soliqlar –
jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli.
95. Soliq stavkasi –
soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining foizdagi ifodasi.
96. Laffer egri chizig‘i –
davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning tasvirlanishi.
97. Pul muomalasi –
tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to‘lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakati.
98. Pul tizimi –
tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan, mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish shakli.
99. Inflyatsiya –
qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi.
100. Kredit –
bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |