«iqtisodiyot nazariyasi» fanidan test savollari». Milliy iqtisodiyot


Download 49.36 Kb.
bet11/13
Sana27.01.2023
Hajmi49.36 Kb.
#1134171
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan yakuniy baholashJavoblarii.

101. Foiz normasi (stavkasi) –

  1. foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi.

102. Bank krediti –

  1. pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul ssudalari.

103. Banklar –

  1. kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi maxsus muassasalar.

104. Bank operatsiyalari –

  1. mablag‘larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar.

105. Xo‘jaliklararo kredit

  1. bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.

106. Tijorat krediti

  1. bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir.

107.Iste’mol krediti

  1. xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladi.

108. Ipoteka krediti

  1. ko‘chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi.

109. Davlat krediti

  1. kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, bunda davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib chiqadi. Davlat krediti mablag‘lari manbai bo‘lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.

110. Xalqaro kredit

  1. ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.

111. Lizing

  1. bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat.

112. Faktoring

  1. bu boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.

113. Farfeyting

  1. bu uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo‘lib, qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.

114. Trast

  1. bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalarni bildiradi.


Download 49.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling