115Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish –
qonunchilik, ijro va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
116. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi –
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.
117. Davlatning iqtisodiy vazifalari –
iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
118. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishningusullari –
tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
119. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari –
iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalaridir.
120. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullar -
iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklaridir.
121. Aholi daromadlari –
aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori..
122. Nominal daromad –
aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
o‘lgan daromad –
barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
124. Real daromad –
narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |