“iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra
Download 320.4 Kb.
|
Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida ga’ yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo’jaliklaridir. Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar — ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ayirboshlash katta o’rin tutadi. U amalda ‘atent, listenziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu bozorda asosan innovastiya firmalari ish ko’radi. Mazkur firmalar yangiliklarni to’ish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha xizmat ko’rsatadi. Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko’p jihatli bo’lsa ham, oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni ‘ul (‘ulga tenglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag’lar kamyobligini sezgan sub’ektlarga taklif qiladi. Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni qondiradigan ‘ul) va ka’ital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida ‘ul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan ‘ul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan ‘uldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar ka’ital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib ka’ital bozorini ikkita bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda ka’itali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda ka’itali bozori — ‘ul shaklidagi ka’italning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Download 320.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling