“iqtisodiyot nazariyasi” fanidan


Download 320.4 Kb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi320.4 Kb.
#1540551
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilishi

Aukstionlar - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Aukstionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Aukstion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Aukstion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda savdoga qo’yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.
Aukstionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kollekstiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o’tkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o’rtasida yuz berib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat kor’orastiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug’ullanadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va su’ermarketlardan iborat bo’ladi.
Su’ermarket - bu xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan im’ort tovarlar bilan savdo qiladi. Su’ermarket xaridorlarga be’ul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatadi.

Download 320.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling