Mavzuning dolzarbligi. Biz bu kurs ishi mavzusida tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining rivoji natijasida ‘ul kelib chiqqanligini, tovar va ‘ul munosabatlarining rivojlanib iqtisodiyotning hamma tomonlarini qamrab olib asta sekin bozor iqtisodiyotiga olib kelayotganligini ko’rdik.
Bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o’rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o’rin beriladi.
Mazkur kurs ishi mavzusida bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.
Kurs ishining maqsadi Bozor muvozanati ta’minlashda bozor mexanizmining mohiyati va o’rnitartibga solinishini, uni mamlakatimizda tobora rivojlantirilishi bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyava takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagivazifalar belgilab olindi:
-Bozor mexanizmi va uning bozor muvozanatini ta’minlashda ahamiyati
- Bozor mexanizmining takibiy qismlari o’rganish
- Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchiomillar.bo’yicha mavjud qarashlarni tadqiq etish;
- Iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i ularning shakllari va turlarini o’rganish;
Kurs ishining obyekti Bozor muvozanati va O’zbekistonning bozor muvozanatiga munosabatlaridagi o’rni hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda Bozor muvozanati ta’minlashda bozor mexanizmining mohiyati va o’rnini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning bozor muvozanatimunosabatlarini tartibga solinishi, uning zaruriyati va
ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’xati va o’zaro mazmunan bog’langan 5 ta bo’limdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |