"iqtisodiyot nazariyasi" fanidan
Download 193.06 Kb.
|
O\'ZBEKISTONING INVESTITSIYAVIY SIYOSATI VA UNING YO\'NALISHLARI 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017-2021 yillarda o`rtacha o`sish, % da 2021-yil 2016-yilga nisbatan
Ushbu maqsadga erishishda mamlakatimizda qabal qilingan 2017-2021 yillarga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi muhim o‘rin eagallaydi. Mamlakatimizda xarakatlar strategiyasini bajarilishi taraqqiyot strategiyasiga o‘tishga imkon berdi. 2022 — 2026 yillarda YAngi O‘zbekiston Respublikasini taraqqiyot strategiyasida «Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish. Investitsiya siyosatida quydagi chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish lozim deb oʼylaymiz: – xalqaro maydonda mamlakatimizdagi investitsiya muhiti, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoq, kompaniya va tashkilotlarining investi-tsion imkoniyatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni keng targʼib etish, tahlil qilish, baholash va tasdiqlash kabi tadbirlarni kuchaytirish hamda internet tarmogʼida mahalliy va xorijiy investorlarni kerakli statistik axborotlar hamda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar haqida keng maʼlumotlar berib borish; – raqobatbardosh mahsulotni taʼminlovchi yangi ishlab chiqarish va tarmoqlarni yaratishga, diversifikatsiya jarayonlariga erishish uchun ishlab chiqarishga fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini boshqarishning ilgʼor usullarini joriy etgan holda qayta ishlab chiqarish zaxira¬larini tejashni tashkil etish; – mamlakatimizdagi bozor axborot xizmatini yanada rivojlantirish, marketing xizmati fao¬liyati va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faol-lashtirish; – yirik xorijiy banklarning filiallari, xalqaro kompaniya va korporatsiyalar vakolatxo¬nalarini ochish uchun yetarli sharoitlar yaratish; – infratuzilma sohasidagi (yoʼllar, transport, kommunikatsiya, axborot, aloqa) qoʼshma investi¬tsiyalarni amalga oshirishni faollashtirish; – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fao¬liyatiga toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarnijalb qilishning meʼyoriy asoslarini yanada tako¬millashtirish; – joylarda investorlar uchun yaratilgan sharo¬itlarni aniqlash boʼyicha reyting natijalari eʼlon qilib borilishi; – xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik stra¬tegiyasini, ayniqsa dengiz yoʼllariga chiqib olish va shu orqali eksport-import yuk tashuvlarini amalga oshirishga yoʼnaltirilgan, oʼzaro foydali kooperatsiya aloqalarini yoʼlga qoʼyish va boshqalar. Demak, yuqorida bayon qilinganlardan koʼrinadiki, mamlakatimizda investitsiya borasida hal qilinishi lozim boʼlgan masalalar mavjud, shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish va kam¬chiliklarni tezda bartaraf etish lozimdir. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiya qoʼmitasining viloyat, shahar va tuman boʼlimlari xorijiy investitsiyalarni olib kelishi va xori¬jiy investorlarga barcha masala boʼyicha amaliy yordam hamda koʼmak berish va investitsiyalar boʼyicha davlat qoʼmitasi va Tashqi ishlar vazirligi mahalliy delegatsiyalarning xorijiy mamlakat¬larga xizmat safarlari oldidan tashrifning maqsadi, taklif etilayotgan loyihalar va kutila¬yotgankutila¬yotgan amaliy natijalar boʼyicha taqdimot oʼtkazish tartibini joriy etish kerak, deb oʼylaymiz. Prezident Shavkat Mirziyoev oʼzining 2017 yil 22 dekabrь kuni Oliy Majlisga Murojaatnoma¬sida «Biz, avvalo, chetdan kredit va sarmoyalar olib kelish boʼyicha samarali tizim yaratishimiz, har bir kreditni aniq ishlatishni oʼrganishimiz lozim. Bu masalada yetti oʼlchab, bir marta kesadi-gan, oqibatini puxta oʼylab ish olib boradigan davr keldi. Shu nuqtai nazardan, davlatning inno¬vatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foy¬dalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sar¬moyadorlar sinfini tayyorlash oʼta muhim ahamiyatga ega»,] deb taʼkidladi. Shuningdek mazkur Muro¬jaatnomada rahbar xodimlarning investitsiyalar masalasida vazifalari va masʼuliyati toʼgʼrisida quyidagilar taʼkidlangan: «Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb etish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish, ish oʼrinlari yaratish boʼyicha faolligini oshirish zarur» . Prezidentimizning yuqoridagi fikrlaridan koʼrinadiki, xorijiy investitsiyalarni mamlaka¬timiz iqtisodiyotiga jalb qilish borasida bugungi kunda oʼz yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar bor. Shuning uchun yuqoridagi noxush holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshi-rish lozimdir. Shuni ham aytish lozimki, xorijiy sarmoyalar¬ning hududlar boʼyicha joylashtirilishi maʼlu¬motlariga umumiy baho beriladigan boʼlsa, investitsiyalar joylashuvining nobarqaror taqsimlanganligi namoyon boʼladi. Fikrimizcha, bunday holat oʼz navbatida, respublika miqyosida notekis rivojlanishni keltirib chiqarishi bilan birga, aholi migratsiya jarayonining ham kuchayib ketishiga taʼ¬sir koʼrsatishi mumkin. Shu bois investitsiyalarni respublika hududlari boʼyicha joylashtiruvchi mintaqaviy dasturlarni, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tatbiq etish hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu chora-tadbirlar kelajakda investitsiya bora¬sidagi yutuqlarga zamin yaratadi. Xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb etish boʼyicha shart-sharoitlar yaratish jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni nazarda tutish kerakki, oʼtgan yillar mobaynida mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga oʼtishning huquqiy asoslari, infrastruk¬turasi yaratilibgina qolmasdan, iqtisodiy oʼsishdan yuksalish sari mustahkam zamin yaratildi. Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiya qilish hamda mulkiy munosabatlarni takomil¬lashtirish natijasida koʼplab korxonalar ishga tushirilishi chinakam industrial qudrat vujudga kelayotganligini bildiradi. Ularning iqtisodiy samarasi darhol koʼrinmasligi mumkin. Chunki, bunday sharoitda iqtisodiy samara kelgusi davrga koʼchadi va oʼzining butun boʼyi-basti bilan yaqin kelajakda namoyon boʼladi. Buni jahondagi rivoj¬langan davlatlar tajribasi tasdiqlab turibdi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yаngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida investitsiya sohasida xam maqsadlar belgilanib olingan.Xususan, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSH dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish. Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish. 2026 yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish. Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSH dollarga teng investitsiya jalb etish. Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish. Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” va Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” va har bir tumanda “Innovatsiya va texnologiya markazlari” tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatishToshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib borish. Download 193.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling