Iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat testlari (II semestr)


Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini quyidagilardan qaysi biri to‘laroq xarakterlaydi?


Download 28.64 Kb.
bet10/11
Sana04.08.2023
Hajmi28.64 Kb.
#1665106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
iqtisod yakuniy test

87. Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini quyidagilardan qaysi biri to‘laroq xarakterlaydi?
a) pul mablag‘larining shakllanishi bilan bog‘liq munosabatlar;
b) pul mablag‘larini taqsimlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar;
c) pul mablag‘larining ishlatilishi bilan bog‘liq munosabatlar;
d) pulning harakati, ya’ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.


88. Davlat byudjetining taqchilligi nima?
a) pul emissiyasi;
b) muomalada pulning yetishmasligi;

c) soliq darajasining yuqoriligi;
d) xarajatlarning daromadga nisbatan ko‘pligi;



89. Byudjet kamomadlarini qoplashning qaysi yo‘li uning daromadlari qismida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi?
a) byudjetga soliqsiz to‘lovlar tushimini kengaytirish;
b) moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga o‘tish;
c) dotatsiyalarni kamaytirish;
d) mahalliy byudjetlar rolini oshirish.



90. Quyidagilardan qaysi biri soliqlarning iqtisodiy mazmuniga tegishli emas?
a) jamiyat sof daromadining bir qismini byudjetga jalb qilish shakli;
b) jismoniy va huquqiy shaxslar daromadlaridan belgilangan miqdor va muddatlarda davlat ixtiyoriga olinishi;
c) davlat byudjeti daromadlarini shakillantirish manbai;
d) soliq summasining soliqqa tortiladigan daromad hajmiga nisbati.


91. Soliqlarning qaysi vazifasi davlat byudjeti daromadlarni shakllantirishga qaratiladi?
a) taqsimlash vazifasi;
b) fiskal vazifasi;
c) ijtimoiy vazifasi;
d) tartibga solish vazifasi.


92. Soliq stavkasi va soliqqa tortiladigan daromad hajmi o‘rtasidan bog‘liklik darajasiga ko‘ra turkumlangan soliq turlarini
aniqlang:
a) to‘g‘ri soliqlar;
b) regressiv soliqlar;
c) mahalliy soliqlar;
d) egri soliqlar.


93. Amal qilish darajasi (iqtisodiyot ko‘lamida)ga ko‘ra turkumlangan soliq turlarini aniqlang:
a) to‘g‘ri soliqlar;
b) regressiv soliqlar;
c) mahalliy soliqlar;
d) daromad soliqlari.

94. Qarzga beriladigan pul real moddiy boyliklar bilan qoplana olishi, sug‘urtalangan yoki kafolatlangan bo‘lishi uning qaysi tamoyilini aniqlatadi?
a) maqsadliligini;
b) qaytarilishliligini;
c) muddatliligini;
d) moddiy ta’minlanganliligini.



95. Qarzga berilgan pul-ssuda kapitali hisobiga olinadigan daromad, bu…
a) renta;
b) me’yoridagi foyda;
c) foiz;
d) ijara haqi.


96. “Bank” tushunchasini to‘g‘ri tariflang:
a) pul-kredit tizimini boshqaruvchi muassasa;
b) pul muomalasini tartibga soluvchi muassasa;
c) davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa;
d) jamiyatda mavjud pul mablag‘larini to‘plash, ularni joylashtirish va harakatini tartibga solishga xizmat qiluvchi kredit muassasa.


97. Davlat tasarrufida bo‘lib mamlakatda pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradigan va davlatning yagona monetar siyosatini yuritadigan bank qanday nomlanadi?
a) ixtisoslashgan bank.
b) markaziy bank;
c) maxsus bank;



98. Quyidagilardan qaysi biri tijorat banklarining vazifasiga kirmaydi?
a) omonatlarni jalb qilish, kreditlar berish;
b) mijozlar o‘rtasida hisob-kitoblarni va boshqa bank xizmatlarini
amalga oshirish;
c) qimmatli qog‘ozlar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish;
d) pul emissiya qilish.


99. Qayd qilinganlardan qaysi biri davlatning pul massasini tartibga solishga qaratilgan tadbirlariga kirmaydi?
a) fan-texnika taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash;
b) pul emissiyasini cheklash;
c) davlat kreditlarini kamaytirish;
d) davlat oltin-valyuta zaxiralarini ko‘paytirish.


100. Narxlarni o‘sish sur’atlaridagi farqlariga ko‘ra ajratiladigan inflyatsiya turini toping:
a) o‘rmalab boruvchi inflyatsiya;
b) muvozanatlashgan inflyatsiya;
c) oshkora inflyatsiyasi;
d) kutilayotgan inflyatsiya.


101. Joriy va bazis davridagi narxlar nisbati qanday ko‘rsatkich?
a) narx deflyatori;
b) narx indeksi;
c) narx indeksatsiyasi;
d) narx pariteti.




Download 28.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling