Iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat testlari (II semestr)
Download 28.64 Kb.
|
iqtisod yakuniy test
- Bu sahifa navigatsiya:
- 53. Chetga kapital chiqarishni uning subyekti bo‘yicha ajratilgan shaklini toping
- 57. Daromadlarni indeksatsiyalash nima
52. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning qaysi shaklida tashqi savdoga yagona boj ta’riflari o‘rnatiladi va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritiladi?
a) erkin savdo zonalari; b) boj ittifoqi; c) to‘lov ittifoqi; d) umumiy bozor. 53. Chetga kapital chiqarishni uning subyekti bo‘yicha ajratilgan shaklini toping: a) pul va tovar shaklida; b) xususiy kapital shaklida; c) kreditlar shaklida; d) ssuda kapitali shaklida. 54. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng ko‘xna va yetakchi shakli, bu… a) xalqaro savdo; b) kapital va chet el investitsiyalari harakati; c) ishchi kuchi migratsiyasi; d) fan va texnika sohasidagi ayirboshlash. 55. A.Smitning iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi xususidagi uchta asosiy qoidasi, bu… a) davlat aralashmasligi, iqtisodiy usullar, samarali talabni rag‘batlantirish; b) davlat aralashmasligi, “ko‘rinmas qul”, bozor o‘z-o‘zini boshqarishi; c) ma’muriy usullar, normativlar, davlat dasturlari; d) iqtisodiy dastaklar, talab va taklif, raqobat. 56.Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining kreditli dastagini toping: a) qarorlar, farmoyishlar va boshqa me’yoriy bitimlar b) hisob stavkasi; c) subsidiya va dotatsiyalar; d) ish haqining minimal darajasi. 57. Daromadlarni indeksatsiyalash nima? a) narx-navo indekslarini oshirish; b) narxlar indeksining oshishiga muvofiq ravishda to‘lanadigan ish haqi va boshqa to‘lovlarni oshirish; c) davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish; d) daromadlardan olinadigan soliqlar miqdorini o‘zgartirish. 58. Quyidagi soliqlardan qaysilari «iste’mol» soliqlari hisoblanadi? a) meros va sovg‘alar uchun soliq; b) foyda solig‘i va boj to‘lovlari; c) shaxsiy daromadga soliqlar; d) qo‘shilgan qiymat va aksiz solig‘i. 59. Aholi pul daromadlari nima? a) ish haqi; b) ish haqi va ijtimoiy nafaqalar; c) o‘z ehtiyojini qondirish uchun aholi ixtiyoridagi moddiy vositalar qiymati; d) ma’lum bir vaqt ichida (masalan, bir oy yoki bir yil) aholi tomonidan olinadigan pul mablag‘lari summasi; 60. Aholi real daromadining o‘sishi qaysi holda ro‘y beradi? a) nominal daromad va narxlarning o‘sishi mutanosib bo‘lganda; b) nominal daromad narxlardan tez o‘sganda; c) narxlar nominal daromaddan tez o‘sganda; d) soliqlar va majburiy to‘lovlar nominal daromaddan tez o‘sganda. 61. Aholining ma’lum davr davomida olingan pul va natural daromadlari, bu…. a) natural daromad; b) nominal daromad; c) ixtiyoridagi daromad; d) umumiy daromad. 62. Moliyaviy munosabatlarning subyektlari: a) barcha turdagi korxonalar; b) aholi keng qatlami; c) davlat tashkilotlari va muassasalari; d) yuqoridagilarning barchasi. 63. Byudjet taqchilligini bartaraf qilishga erishish uchun: a) davlatning daromadlari uning xarajatlariga teng bo‘lishi kerak; b) yalpi taklif, yalpi talabga teng bo‘lishi kerak; c) pulni taklif qilish sur’atlari bilan inflyatsiyaning o‘sish sur’atlri mos kelishi kerak; d) investitsiya hajmi iste’molning hajmidan yuqori bo‘lishi kerak. 64. Soliq miqdori soliq to‘lovchilarning boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarurligi uning qaysi tamoyili mazmunini ifodalaydi? a) umumiylik; b) majburiylik; c) adolatlilik; d) to‘lovga layoqatlilik. 65. Soliq stavkasi daromad hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarishsiz qolsa, bu… a) proporsional soliqlar; b) progressiv soliqlar; c) regressiv soliqlar; d) to‘g‘ri soliqlar. 66. Daromadlar ortib borishi bilan soliqlarning o‘rtacha stavkasi pasayib borsa, bu… a) proporsional soliqlar; b) progressiv soliqlar; c) regressiv soliqlar; d) egri soliqlar. 67. Soliqqa tortish obyekti bo‘yicha turkumlangan soliq turini ko‘rsating: a) progressiv soliqlar; b) federal soliqlar; c) to‘g‘ri soliqlar; d) foydadan olinadigan soliqlar. 68. Olinadigan soliq summasining soliq solinadigan daromad miqdoriga nisbatini foizdagi ifodasi qanday ko‘rsatkich? a) soliq koeffitsiyenti; b) soliq stavkasi; c) soliq imtiyozi; d) soliq darajasi. 69. Davlat obligatsiyalarini chiqarib, aholi va xususiy biznesdan qarz olsa, bu… a) bank krediti; b) iste’mol krediti; c) ipoteka krediti; d) davlat krediti. 70. Qaysi kredit muassasasi “Davlat banki”, “Banklar banki” va “Ijtimoiy bank” deb nomlanadi? a) ixtisoslashgan bank b) markaziy bank; c) tijorat banki; 71. Fan va ilmiy texnikaviy yangiliklarning loyihalarini sotish bilan bog‘liq operatsiyalarni kreditlaydigan kredit muassasa, bu… a) investitsion bank; b) innovatsion bank; c) xalq banki; d) ixtisoslashgan bank. 72. Quyidagilarning qaysi biri davlatning byudjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlariga kirmaydi? a) soliq bazasini kengaytirish; b) byudjet xarajatlarini kamaytirish; c) samarali antimonopol tadbirlarni amalga oshirish; d) subsidiya va dotatsiyalarni kamaytirish. 73. Quyidagilardan qaysi biri narx indeksini anglatmaydi? a) iste’mol tovarlari narx indeksi; b) investitsion tovarlari narx indeksi; c) eksport va import tovarlari narx indeksi; d) qimmatli qog‘ozlar (aksiya) kursi. 74. “Fisherning ayirboshlash tenglamasi” (QP=MV) da nimalar aks etmaydi? a) ayirboshlanadigan tovarlar miqdori; b) tovarlar narxi; c) muomala uchun zarur pul miqdori; d) qarzga sotiladigan tovarlar summasi. Download 28.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling