Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Reja; Qadimgi dunyo iqtisodiy ta'limotlari


Download 138.01 Kb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi138.01 Kb.
#1607776
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21 OLIMOV (IU-20)

T.Veblen g`oyalari.
Veblen iqtisodiy jarayonlarni shakllangan an'analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an'anaviy harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-onalar histuyg`usi, usta instinkti, ya'ni yaxshi ishlashga intilish, ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning fikricha, dastlabki instinkt avval oilaga g`amxo`rlikda namoyon bo`ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun insoniyatga bo`lgan g`amxo`rlikka aylanib boradi. Darvinizm (biologik) g`oyalari iqtisodiyotga tadbiq etiladi. Veblen "Bekorchi sinflar nazariyasi" ("Теория праздного класса") kitobida quyidagilarni yozadi: "Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolutsiyasi institutlarning tabiiy tanlanish jarayonidir". Darvinning tabiiy tanlanish ta'limoti ijtimoiy xodisalarga mexanik ravishda ko`chiriladi. Insonning ongli harakatiga yetarlicha baho bermasdan, odamlarning yurish-turishi g`ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletariatnig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik evolyusionizm qarama-qarshi qo`yiladi.
Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dolzarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda, "Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan". Bu yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta'limotda hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda muhim o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning konfliktlarsiz evolutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki "neoindustrial", informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. Texnik-iqtisodiy omillarni mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergensiya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, Pitirim Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Niderlandiya).
J.M.KEYNSNING IQTISODIY TA'LIMOTI.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning dam-badam takrorlanishi tufayli ko`pgina "kapitalizmni tartibga solishga" oid iqtisodiy g`oyalar soni ko`paydi. Ana shunday yo`nalishning yorqin tarafdori bo`lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo`lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta'lim oldi, A.Marshall qo`lida o`qidi (1902-1906, 1909-1915 yillarda o`qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo`lib ishladi. 1909 yil "Indeks uslubi" iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - "Pul muomalasi va Hindiston moliyasi" kitobi chop etildi. 1919 yilda "Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari" nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko`pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 2030 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi ("Ehtimollik to`g`risidagi risola" (1921), "Pul islohoti to`g`risida risola" (1923), "Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari" (1925), "Erkin tadbirkorlikning intihosi" (1926), "Pul to`g`risidagi risola" (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) kitobidir. 1940 yilda "Urush xarajatlarini qanday qoplash mumkin" degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta'minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta'limotlari tarixida alohida o`rin egallaydi va bu o`ziga xos inqilob bo`lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi...
MONETARIZM.
Monetarizm - iqtisodiyot nazariyasidagi G'arbda keng tarqalgan neoklassik oqim nazariyalaridan biri. Monetarizm sof bozor iqtisodiyoti nazariyasi hisoblanib, uning bosh g'oyasi bozor mexanizmi iqtisodiy o'sishini ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul degan xulosadan iborat. Monetarizm nazariyasi asoschilari M. Fridman, F. Keygan, A. Keltsar, D. Leyder va boshqalar bo'lib, ular o'sishning eng muhim sharti inflyatsiyani yo'qotish va pulni sog'lomlashtirish, pulni xo'jalik muomalasi vositasiga aylantirish deb qaraydilar. Ular pulning barqarorligi va iqtisodiy faollik o'rtasida uzviy bog'lanish borligini qayd etgan holda, iqtisodiy inqirozlarning sababini pul muomalasidagi buzilishlardan axtaradilar.
NEOLIBERALIZM.
Neoliberalizm - iqtisodiyot nazariyasidagi ushbu yo'nalish iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashga qarshi chiqadi. Hozirgi zamon neoliberalizmi ikkita, chunonchi, bozor xo'jaligi yuritishning samarali shakli sifatida iqtisodiy o'sishga yaxshi sharoit yaratadi va iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining erkinligi ustuvor bo‘lishi kerak degan xulosaga asoslanadi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881- 1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo'lib, bu oqim Avstriya maktabi deb ham yuritiladi. Sotsialistik (imperativ) rejalashtirishga qat'iy qarshi, chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asosi deb sanaladi. Xayek 1974 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan. Neoliberalizm g‘oyalari asosida “Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti” yuzaga keladi, uning asoschilari - nemis olimlari V.Rebke (1899-1966), V.Oyken (1891-1950), L.Erhard (1897- 1977)lardir. Bu konsepsiya GFR va Shvetsiyada yaxshi natija berdi, uning asosiy g'oyalari mustaqil O'zbekiston iqtisodiyotida qo'IIanilmoqda. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalari: erkin baholarning zarurligi; erkin raqobat; talab va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo'jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo'naltirilgan rivojini ta’minlash. Neoliberalizm nafaqat ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan, balki kapitalizmning erkin raqobatlarga asoslangan davridan ham qat’iyan farq qiladi. Mustaqil O'zbekistonda undan ijobiy foydalanilmoqda.


XULOSA.
Ushbu kurs ishida biz eng oddiy tushunchalar hosil bo`lishidan mukammal iqtisodiy nazariya, qonun vujudga kelishiga qadar bosib o`tilgan yo`lda turli-tuman g`oyalarning dialektik uzviyligi va rivojlanish omili – qarama-qarshiliklar kurashi va birligining guvohi bo`ldik. Oxir-oqibatda iqtisodiyotning prinsipial masalalari bo`yicha aniq bir xulosalarga kelindi. Ammo amalda aynan bir masala bo`yicha turlicha qarashlarning mavjudligi o`ziga xos bir mo`'jizadir. Masalan, bozor iqtisodiyotining hayotiy zarurligi munozaradan holi, ammo bu munosabatlarning oxirgi oqibatlari turli mamlakatlarda turlicha, chunki uning asosiy unsurlari bir xil bo`lishiga qaramay, har bir unsurning amaliy qo`llanishi turlicha va oqibat natija ham butunlay o`zgacha. Bozor iqtisodiyoti yo`lidan rivojlanayotgan davlatlarning turlicha iqtisodiy yakunlari bunga yaqqol misol bo`la oladi.
Shu bilan birga aytishimiz kеrakki, hеch qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo’lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l qo’yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o’sha davr rеal holatidan kеlib chiqqan.
Shunday qilib iqtisodiyot nazariyasiga quyidagicha tarif berishimiz mumkin:
Iqtisodiyot nazariyasi (ruscha: "Экономическая теория", inglizcha: "Economics") - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan.Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, "uy") + νόμος (nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi οἰκονομία (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan.
Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.

Download 138.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling