Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Reja; Qadimgi dunyo iqtisodiy ta'limotlari


Download 138.01 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi138.01 Kb.
#1607776
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21 OLIMOV (IU-20)

Qiymat nazariyasi. U.Pettining merkantilistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yo’llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi deb tan olinishiga sabab bo’ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o’zi aytganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi – kema ham, kamzul ham – yer va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi.
Daromadlar nazariyasi. Ishchilarning daromadlari, pul kapitali va yer egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko’payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga ko’rsatilgan minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa, u chog’da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi…
Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari.
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g`oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan bog`liq bo`lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g`oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga yetgan bo`lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi.
Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor etmadi: bu o`sha davr uchun, real hayotni tushungan amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to`g`ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. Agar iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag`allar ko`proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o`z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o`z daromadlarini saqlashda va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug`dirishiga olib keladi. Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz yillikdagi rivojiga katta ta'sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o`sish bo`yicha prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud. Birinchisi bo`yicha ishlab chiqarishning o`sishi jamg`arish hajmi (ya'ni jamg`arma va kapital qo`yilmalar)ga bog`liq. Bunda to`lovlarga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko`ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo`lishi inkor etiladi. Ikkinchi pozitsiya bo`yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning yuqori sur'atlarda o`sishini qo`llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma'lum ma'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan.
Buagilber o`zining "Boylik, pul va o`lponlarning tabiati to`g`risida mulohaza" asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro`y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat yetishmovchilikdangina emas, ortiqcha boylikdan ham o`lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-ovqat ko`p, ammo boshqa hech narsa yo`q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida ichimliklar ko`p va hokazo, ammo ular bu mahsulotlarni almasha olmaydilar. Zanjirlar bu oddiy insonlarga tushunarsiz inqirozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir. Buagilber insoniyat tarixida XX asrda bir necha bor ro`y bergan yirik iqtisodiy inqirozlarni oldindan ko`ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va qashshoqlik sharoitida sutlar dengizga to`kilgan, ekin maydonlariga o`t qo`yilganligi aniq).
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi...
ADAM SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI
...XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho`qqiga ko`tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o`zgarishlar ro`y berayotgan edi.
Bu olimlar o`zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g`oyalarini mukammal o`rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Aslini olganda ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar. Avvalgi barcha tizimlarda iqtisodiy hayotni tashkil etish usulida an'analar hokimiyati va buyruqlar doim ustun bo`lgan.
Bu tizimda kapital bozori paydo bo`ladi va ishlab chiqarishda doimo boylik oqimi, ya'ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan tashkil etiladigan jamg`arma va investitsiyalar oqimi vujudga keladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganligi uchun foiz to`laydilar.
Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta, toshko`mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko`paydi. Vaholanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul o`rnida ishlatilgan.
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta'lim oldi, u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o`rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o`qiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag`ishlangan o`zining birinchi "Axloqiy hissiyot nazariyasi" kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi bo`lishiga Glazgodagi o`ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do`st bo`lganligi ta'sir etdi. Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning oilasiga tarbiyachi bo`lib keldi (gersog Baklyu). O`z tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa bo`ylab sahatga chiqdi, Shveysariyada Volter, Fransiyada Didro, fiziokratlar F.Kenye va A.Turgo, D`Alamber, Gelvetsiy, Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta'sir qildi.
U 1766 yilda o`z yurtiga qaytdi va o`zining bosh asari - "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot"ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo`lib, birinchisida qiymat va qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg`arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to`rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta'limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda to`rt marta, o`limidan so’ng oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda A.Smit ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-1805 yillarda chop etildi.
Olim o`z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, degan xulosaga asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo`lib, odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu holatda ko`p boshqa holatlardagi kabi, u "ko`rinmas qo`l" tomonidan uning niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi...
Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum bo`lgan "ko`rinmas qo`l" iborasi bilan birga "iqtisodiy odam" tushunchasi ham kiritildi. Unga ko`ra , shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. "Menga kerak bo`lgan narsani bersang, men senga kerak bo`lgan narsani beraman", qabilida, ya'ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo`li tutiladi, ya'ni gap kimningdir sahiyligida emas.
Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o`zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit "tabiiy tartib" deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo`lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o`rganish uchun nazariy konstruksiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko`ra quyidagilar taklif etiladi:

  1. Ishchi kuchining erkin harakati;

  2. Savdoda (yr savdosida ham) to`la erkinlik;

  3. Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya qilishga qat'iy qarshilik;

  4. Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).

Olimning bu g`oyalari keyinchalik to`la amalga oshdi.
A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g`oya yotadiki, unga ko`ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo`ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo`jaligidagina samarali bo`ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalari) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o`z tadqiqotlarining boshlang`ich punkti deb qabul qildi.
A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g`oya yotadiki, unga ko`ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo`ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo`jaligidagina samarali bo`ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalari) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o`z tadqiqotlarining boshlang`ich punkti deb qabul qildi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, inson o’z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib, mеhnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga yetkazib bеradi, o’z kapitalini ko’paytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi dеb tushuntiradi. U kapital, mеhnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa rеsurslarning erkin harakatini ta’minlash printsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» dеb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi.
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv bеradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular mеrkantilistlarni «boylikning manbai – savdo» dеgan g’oyasining to’g’ri emasligini isbotladilar.
Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab namoyandalari ma’lum bir ilmiy tizimga kеltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib iqtisodiy nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi.
Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalarning ko’zga ko’ringan tomonlarini tadqiq qilish bilan chеklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdеk kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar...
MARKSIZM VUJUDGA KELISHINING TARIXIY SHART-SHAROITLARI.
XIX asrning o`rtalarida iqtisodiy ta'limotlar tarixida yangi bir yo`nalish - marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko`pchilikda inqiloblar bilan bir deb qaraladi. Haqiqatdan ham bu fikrda jon bor, chunki u F.Engel's bilan birgalikda proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi zarurligini isbotlovchi nazariyaga asos soldi, buni tasodifiy hol deyish qiyin, chunki shu davrda kapitalistik xo`jalik rivoji, sanoat to`ntarilishining ayrim (Angliya va G’arbiy Yevropa) mamlakatlarda nihoyasiga yetganligi, sanoatning iqtisodiyotda yetakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining jamiyatdagi mavqeining keskin oshganligi, kapitalistik jamiyatning feodalizmdan ustunligi namoyon bo`lishi bilan birga uning bir qancha illatlari ham mavjudligi (ishsizlik, ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, iqtisodiy inqirozlar, mulkiy va sinfiy tabaqalashuvning tobora kuchayishi, mustamlakachilik va boshqalar) prinsipial yangi ta'limot paydo bo`lishiga asos bo`ldi. O`z davrida burjua olimlari deb atalgan tadqiqotchilar (Sismondi, Prudon, qisman Smit, Rikardo), xayoliy sotsialistlar va boshqalar kapitalistik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va sohibkorlar o`rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34 yillar Fransiyada Lion to`quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ishchilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844 yilda Sileziya to`quvchilarining qo`zg`oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat darakchisi bo`ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi.
Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi davrdagi bir qancha iqtisodiy g`oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy maktab, utopik sotsializm ta'limotlari tufayli marksizm shakllandi. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodining bekamu ko`st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi shart bo`lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta'limot paydo bo`lishiga turtki bo`ldi.
A.Smitning fikricha, insoniyat ovchilar va baliqchilarning ilk va sodda jamiyatidan oliy kommersiya jamiyati sari boradigan yo`lni bosib o`tdi. K.Marks esa insoniyat tarixi sinflarning to`xtovsiz kurashi, barcha davrlarda ezuvchi va eziluvchilar o`rtasidagi antogonistik raqobati hisobiga rivojlanishini aytadi...
MARJINALIZM. IQTISODIY TA'LIMOTLARDA NEOKLASSIK YO`NALISHNING SHAKLLANISHI.
Marjinalizm fransuzcha “marginal” so`zidan olingan bo`lib "eng yuqori", (chegaraviy)degan ma'noni bildiradi.
Bu boradagi o`zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan "Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish"nomli ma'ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag`ishlangan fundamental asar bo`lgan "Siyosiy iqtisod nazariyasi"nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning "Siyosiy iqtisod asoslari"nomli kitobi ham e'lon qilindi.Bu kitobda ham xuddi mana shu "eng yuqori foydalilik "nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi.
1874 yilda Shveytsariyada Leon Valrasning "Sof iqtisodiyot fani elementlari" nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to`liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi yo`nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muofiqdir.
Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o`z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g`oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy kechib uni bu ko`rinishi inson psixalogik xususiyati, ya'ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o`rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta'limotlardagi "subyektiv yo`nalish" deb ataldi.
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to`g`ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko`pgina mamlakatlardamahur va aso-siy ta'limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug`lari subektivpsixologik yo`nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g`oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya'ni neoklassik iqtisodiy ta'limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo`shdilar. Marjinal iqtisodiy g`oyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o`ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ta'riflanimiz mumkin.

Download 138.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling