Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Reja; Qadimgi dunyo iqtisodiy ta'limotlari


Download 138.01 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi138.01 Kb.
#1607776
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21 OLIMOV (IU-20)

Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o`zlarining subyektiv oqimlarida asosiy e'tiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan o`rnini o`rganishga qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo`ydilar. Keyinchalik neoklassiklar har ikkala jarayonni birgalikda o`rganib ancha mukammal ta'limot yaratdilar.
Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari subyektiv yo`nalish vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo`llab ularning g`oyalarini ma'lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq subyektiv maktab qo`llagan iste'mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. O`z navbatida marjinalistlarning neoklassik yo`nalishi funksional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan birga ishlab chiqarish va iste'molni yaxlit holda o`rganib meyoriy iqtisodiy o`lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tadbiq etdilar.
Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda funksional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari "erkin" raqobat yordamidagi iqtisodiy o`sishni haligacha avtomatik avishda qo`llab kelinmoqda degan fikrga keldilar. To`rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta'limotlar tarixida alohida o`rin egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslash usuli va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar.
U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari
Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London universitetida matematika va kimyo fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni ham qiziqib o`rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga siyosiy iqtisod o`qituvchisi bo`lib ishga kirdi. Oradan ko`p vaqt o`tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy asarlari e'lon qilindi. Ular quyidagilar: "Siyosiy iqtisod nazariyasi" (1871) va "Fan tamoyillari" (1874) va boshqalar.
XIX asrning oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o`zining kuchli matematik ifodasi tufayli o`quvchilar tomonidan to`liq e'tibor bilan qabul qilinmadi. Lekin uning g`oyalaridagi subektivizm asosiy ilmiy asarlarida aniq o`z o`rnini topgan edi. Masalan, iste'mol, talab, foydalilik haqida o`z holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons tovarlar narxi uning me'yoriy foydaliligi bilan funksional bog`liqdir deb ko`rsatadi. Shuningdek olim klassiklarning raqobat haqidagi fikrlarini qo`llab, sotuvchi va oluvchi o`zaro muloqatda bo`lib kerakli ma'lumotni bir-biridan olishi mumkin deb ko`rsatadi.
Natijada u quyidagi xulosa keltirib chiqaradi: bozordagi sotuvchilar (subyektlar) insonlar ehtiyoji uchun zarur bo`lgan tovarlarni muhayo qilib, ularning iste'mollarini to`laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U. Jevons dastlabkilardan bo`lib me'yoriy tahlilni maydonga tashlaydi va marjinalizm asoschilaridan biriga aylandi. U(1834-1910) marjinalizmning Lozanna (Shveytsariya) deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, Italiyadan Borone, shvetsiyalik Kassel', amerikalik Leontyev va boshqalar qo`shildi. L.Valrasning "Sof iqtisodiy fan elementlari" (1874) asari iqtisodiyot bilimlari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlarining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning o`zi matematika ni yaxshi bilgan va Kurnoni o`zining ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan.

  1. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA'LIMOTLARINING ASOSIY YO`NALISHLARI.

Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarining asosan uch yo`nalishini ajratish mumkin:



  1. Neoklassik (yangi klassik).

  2. Ijtimoiy-institutsional.

  3. Keynschilik.

YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK) YO`NALISHNING SHAKLLANISHI.
Dastlab neoklassik yo`nalish K.Marksning g`oyalariga qarama-qarshi reaksiya sifatida yuzaga keldi va XX asrning 30-yillarigacha hukmron bo`ldi. Bu orada Keyns va keynschilik ta'limotiga e'tibor kuchaydi. 70-80 yillarda davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari ko`p aralashuvi (Keyns g`oyasi) iqtisodiyot rivojiga aks ta'sir eta boshladi. Shunda yana neoklassik ta'limot "yordam"ga keldi. G’arb iqtisodiy adabiyotida bu yo`nalish "Yangi klassik ekonomiks" deb nomlanmoqda. Hozirgi davrdagi "Ekonomiks" asosida marjinalistik nazariya yotadi va unda klassik siyosiy iqtisodni marjinalizm bilan sintezlash harakati mavjud. Ekonomiks sof iqtisodiyot va siyosiy iqtisod oralig`idagi fan bo`lib (anik tarjimasi yo`q), qisqacha aytganda "qanday qilib resurslari cheklangan, tanqis bo`lgan jamiyatda nimani, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarishni" o`rganadi. Bu bobda neoklassiklardan A.Marshall, J.B.Klark, V.Pareto g`oyalari ko`rib chiqiladi. Bu fanning kelib chiqishi taniqli buyuk ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall (1842-1924) nomi bilan bog`liq, u iqtisodiyotni "insoniyatning normal hayot faoliyati to`g`risidagi ta'limot" deb baholaydi. 1902 yilda A.Marshall "Ekonomiks" kursini dastlab Kembridj universitetida o`qiy boshladi, bu fan J.S.Millning siyosiy iqtisodi kursi (klassik maktab) o`rniga kiritildi. Bundan oldinroq, 1890 yilda A.Marshallning "Ekonomiks prinsiplari" kitobi chop etilgan edi.
"Ekonomiks" maktabining paydo bo`lishi tasodifiy bir hol emas edi. Bu, birinchidan, g`arbdagilarning ratsionalizmidan kelib chiqqan bo`lsa, ikkinchidan, undan ham chuqurroq sabablar mavjud edi. XIX asrning oxiridagi inqiroz va deyarli yigirma yillik depressiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi samarasiz ekanligini ko`rsatdi. A.Marshall shularni tahlil qilib, erkin raqobat va bozor g`oyasini yana jonlantirdi, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini cheklash kerakligini yaxshi sezdi va avvalgi fandagi birinchi suzni, ya'ni "siyosiy" so`zini olib tashlashni ma'qul ko`rdi.

Download 138.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling