Iqtisodiyot nazaroyasi
Download 327.59 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqSavollar Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
Ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchilar uchun “Iqtisodiyot nazaroyasi” fanidan savollar to’plami 1. Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana boshlagan? 2. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini ifodalaydi? 3. Quyida ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq miqdor bilan o‘lchash mumkin? 4. Pozitiv iqtisodiy nazariya: 5. Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga asoslansa, u holda bunday tahlil usuli: 6. Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil: 7. Qur’oni Karimda aks etgan asosiy iqtisodiy g‘oya nimadan iborat? 8. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi? 9. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi? 10. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat? 11. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi? 12. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi? 13. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi? 14. Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat? 15. “Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi? 16. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani nimani o‘rgatadi? 17. Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratgan? 18. Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega? 19. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga bo‘linishini kim asoslagan? 20. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi? 21. Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha? 22. Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha? 23. F.Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u qaysi tarmoq yoki sohada yaratiladi? 24. “Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim? 25. Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai nimaning oqibati? 26. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu: 27. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli real iqtisodiy voqeylikni aks ettiradi? 28. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi? 29. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari iqtisodiy hodisa va jarayonlarni kishilik jamiyati taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida, ularning uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi? 30. Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi nimani anglatadi? 31. Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqichla-riga kirmaydi? 32. Ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda borishi hamda kishilar yashash va turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi? 33. Jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, “asosan, tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi” degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga tegishli? 34. Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani holda “Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya kimga tegishli? 35. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining quyidagi vazifalaridan qaysi biri barcha iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi? 36. Iqtisodiy qonunlarning obʻyektiv xarakteri nimani anglatadi? 37. Iqtisodiyotning asosiy muammolari quyidagi javoblardan qaysi birida berilgan? 38. Quyidagi omillardan qaysi biri jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining o‘sib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi? 39. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi qanday bog‘liqlikni aks ettiradi? 40. Ehtiyojlarga xos bo‘lgan muhim xususiyat turli ehtiyojlarning bir- birini taqozo qilishi nimani anglatadi? 41. Quyidagi ehtiyojlardan qaysi biri uning qondirilish ko‘lami va darajasini ifodalaydi? 42. Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang: 43. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu... 44. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi? 45. Moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib chiqadi? 46. Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishning moddiy omili hisoblanadi? 47. Iqtisodiy resurslar hisobiga olinadigan daromad turini aniq-lang: 48. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqla-nadi? 49. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi? 50. Iqtisodiy rivojlanish nima? 51. Iqtisodiy resurslar nima? 52. Samaradorlik nima? 53. Ijtimoiy ishlab chiqarish nima? 54. Hayotiy zarur ne’matlar va boyliklarni takror ishlab chiqa-rish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan faoliyat qanday nomlanadi? 55. Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi (bosqichi)da yaratilgan iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi? 56. Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan to-varlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard foydalanuvchilarini topadi? 57. Takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichida nafaqat hayotiy zarur ne’mat (xizmat)lar balki iqtisodiy resurslar va ishchi kuchi tarmoq, soha, hudud va iqtisodiy faoliyat turlari o‘rtasida taqsimlanadi? 58. Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’-matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshirila-digan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi? 59. Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq va sohalar qanday nom bilan ataladi? 60. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boy-liklarni ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi? 61. Yaratilgan tovarlarning iste’mol qilinish xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi? 62. Mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mehnat vositalari qanday nomlanadi? 63. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi nimani anglatadi? 64. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomo-nidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot: 65. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi? 66. Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi kim? 67. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablari formatsion yondashuvda qanday izohlanadi? 68. Iqtisodiy tizim nima? 69. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim? 70. Aralash iqtisodiyot nima? 71. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’-minlanadi? 72. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador? 73. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi? 74. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi? 75. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi? 76. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish (mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi) natijasida vujudga keladigan munosabatlarni toping: 77. Hayotiy vositalar va boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar qanday nomlanadi? 78. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqa-ruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi nimani tashkil qiladi? 79. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma birgalikda nima deb ataladi? 80. Ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning ma’lum bir usullari qanday nomlanadi? 81. Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlari qanday siyosatni anglatadi? 82. Iqtisodiy tizimning iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uy- g‘unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning hukmron shakli bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: 83. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarishning texnologik usuli bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: 84. Iqtisodiy tizimning industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: 85. Iqtisodiy tizimning jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang: 86. Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniq-lang: 87. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni ba-jaruvchilar mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi qanday nomlanadi? 88. Industrial jamiyatning qaysi belgisi sanoatda mashinalash-gan ishlab chiqarish ustuvorligini ta’minlaydi? 89. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish natijalari qanday o‘zlashtiriladi? 90. Manfaatlarning bir tomondan obʻyektivligiga sabab ... 91. O‘zbekistonda xususiylashtirishga yondashishning muhim xususiyati nimadan iborat? 92. Mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli mulkchi-likning qaysi jihatini tashkil qiladi? 93. Mulkchilik mehnatga majbur qilish yo‘li bilan ro‘yobga chiqarilsa, xususiy mulkning qanday turi mavjud bo‘ladi? 94. Quyidagilardan qaysi biri mulk obʻyektlari mazmunini to‘-laroq ifodalaydi? 95. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda qay-si usulga ustuvorlik berildi? 96. Qaysi nazariyada “tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o‘lchanadi”, deyiladi? 97. Qaysi nazariyada tovarning qimmati uning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi? 98. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi? 99. Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati nima bilan o‘lcha-nadi? 100. Pul agregatlari, bu... 101. Demonitizatsiya deganda nima tushuniladi? 102. Klassik iqtisod vakillari tovar qiymati qanday mehnat sarflarini ifodalaydi deb ko‘rsatishgan? 103. Mehnat intensivligi nima? 104. Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq? 105. Natural xo‘jaligi nima? 106. Natural xo‘jalikning quyidagi belgilaridan qaysi biri unda ishlab chiqaruvchilarning ixtisoslashuvi mavjud emasligini bildiradi? 107. Qaysi nazariyada tovarlar ayriboshlanishi asosida ularning qiymati yotadi, qiymatning miqdori esa ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlanadi deb hisoblanadi? 108. O‘z qiymatini boshqa tovarda ifodalagan tovar qiymatning qanday shaklini tashkil qiladi? 109. Tovar (xizmat) larning almashuv qiymati pul vositasida hisoblanganda va baholanganda qanday vazifani bajaradi? 110. Klassik siyosiy iqtisod maktabi (U. Petti) g‘oyasiga ko‘ra qiymat qonuni nima asosida aniqlanadi? 111. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini tashkil etadi: 112. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch, bu – ... 113. Bozor iqtisodiyotining obʻyekti: 114. Bozor iqtisodiyotining subʻyekti: 115. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida: 116. Faoliyat natijasi qanday bo‘lishi ehtimolini bilgan holda, bari bir oqibati qanday tugashini aniq, aytib bo‘lmaydigan vaziyat, ya’ni noaniqlik quyidagilarni ifodalaydi: 117. Biz ko‘pincha sifatsiz tovar sotib olganimizda aldagan sotuvchini jazolashga urinmaymiz. Sababi, ... 118. Chayqovchilik faoliyati ... 119. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining mohi-yatini to‘laroq xarakterlaydi? 120. Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining tartibga soluvchi mexanizmi tarkibiy qismini xarakterlaydi? 121. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy sharti (tamoyili) nima? 122. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak, bozor quyidagilardan iborat: 123. Quydagilardan qaysi biri ayirboshlanadigan obʻyektning turiga ko‘ra bozorning turkumlanishini anglatadi? 124. Bozorni alohida belgilariga qarab segmentlarga ajratishga nima asos qilib olinadi? 125. Bozorni segmentlarga ajratish mezoni nima? 126. Nima sababdan O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jara-yonida aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida ahamiyat berildi? 127. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni amalga oshiruvchi bosh islohotchi, bu – 128. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga asos qilib olingan tamoyillardan qaysi biri ijtimoiy muammolar keskinlashuvining oldini olishga qaratilgan? 129. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bos-qichida isloh qilishning muhim yo‘nalishini aniqlang: 130. Iqtisodiy islohotlar nima? 131. Respublikada agrar islohotlarning negizini nima tashkil qiladi? 132. Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zlarining qoloq xo‘jaligi va an’anaviy iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi qanday nomlanadi? 133. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar qanday islohotlarni anglatadi? 134. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan qaysi biri iqtisodiyotning real sektorida tub o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi? 135. Moliya-kredit sohasini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan qaysi biri ayni vaqtda davlat qarzlarini kamaytirib borishga ham imkon beradi? 136. Respublikada bozor infratuzilmasini vujudga keltirishning qaysi yo‘nalishi brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘lishiga olib kelgan? 137. Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko‘zda tutilgan muddatdan nisbatan avvalroq yuqori narx belgilashga majbur bo‘lishdi, u holda ... 138. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri odamlarning xarid qilishga bo‘lgan xohishini va uning haq to‘lash qobiliyatlarini ifodalaydi? 139. Odamlarning mahsulotlarni qo‘shimcha ravishda arzon sotib olishga tayyorligi, nisbatan ... 140. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda bo‘ladi, agar... 141. Agar tovarga taklif va talab ortsa, u holda ... 142. Talab va taklifning narxni tartibga solishdagi rolini tushunti-rish uchun misol qilib qaysi bozorni ko‘rsatish mumkin? 143. Agar ikki tovar bir-birini o‘rnini bossa, u holda birining narxining o‘sishi... 144. Qaysi holatda narxga nisbatan talab egiluvchanligi yuqori bo‘ladi? 145. Tovar taklifining qisqarishi nimaga olib keladi? 146. «Sof raqobatdosh firma» tushunchasi bu : 147. Quyidagi bozorlardan qaysi birini sof raqobatga asoslangan bozorga kiritish mumkin? 148. Tabiiy monopoliyaga nimalar misol bo‘la oladi? 149. Oligopoliya – bu: 150. Birinchi bo‘lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan iqtisodchi – bu: 151. Sof va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umu-miy tomoni: 152. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozorga quyidagi tomonlari bilan o‘xshash: 153. Qaysi raqobat bozor kuchlarining ta’sirida, tabiiy ravishda ro‘y beradi? 154. Ishlab chiqaruvchilar raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun tovarlariga narxlarini vaqti-vaqti bilan va uzoq muddat pasaytirib turganda, narxli raqobatlashishning qanday turini qo‘llagan bo‘ladi? 155. Narx diskriminatsiyasi bu ... 156. Narx oshib borishi bilan talabning asta-sekin pasayib borishi nima bilan izohlanadi? 157. Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtiril-gan narxlar qanday nom bilan ataladi? 158. Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi? 159. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda narxlarni erkinlashtirishning qaysi yo‘lidan foydalanildi? 160. Narx – keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbati asosida shakllanishi to‘g‘risidagi qarash kimga tegishli? 161. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishiga xos bo‘lmagan xususiyatni ko‘rsating: 162. Iqtisodiy resurslarga narx darajasini belgilab beruvchi omillardan qaysi biri ayni vaqtda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham o‘stirib borish imkonini beradi? 163. O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirishning qaysi bosqichida ancha keng turdagi investitsion tovarlar, ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlarning erkin narx (ta’rif)lariga o‘tildi? 164. Tadbirkorlikka iqtisodiy adabiyotlarda uch jihatdan qaraladi: 165. Jahon iqtisodiy adabiyotida tadbirkorlikning uchta funksi-yasi ajratib ko‘rsatiladi: 166. Quyidagi sanab o‘tilganlardan qaysi biri xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlik faoliyatiga mos emas? 167. Quyidagilardan qaysi biri biznesning korporatsiya shakli kamchiligiga kirmaydi? 168. Tadbirkorlik faoliyatining qaysi vazifasi bozor iqtisodiyoti sharoitida unga foyda olish kafolatlanmaganligini bildiradi? 169. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart–sharoitlaridan qaysi biri raqobatchilik muhitini tashkil qiladi? 170. Ishlab chiqarish shaxsiy mulkka asoslanib, o‘zi yoki oila a’zolari mehnati orqali amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati qanday nomlanadi? 171. Kapitalning qaysi shakli harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur shart- sharoit yaratishga qaratiladi? 172. Asosiy kapital eskirishining qaysi turi unga amortizatsiya hisoblash orqali qiymatini ko‘chirish uchun asos hisoblanadi? 173. Asosiy kapital eskirib borishi bilan uning qiymati ishlab chiqilayotgan mahsulot (xizmat)ga o‘tkazilishi va mehnat vositalari-ni qayta tiklash maqsadida jamg‘arilib borilishi jarayoni nimani anglatadi? Firmaning o‘zgaruvchi xarajatlari bu – 174. Me’yoriy xarajatlar bu – 175. Qisqa muddatli davrda firma maksimal darajada foyda olish uchun mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatadi, agarda: 176. Agar firma resurslar sotib olgan xarajatlarini 10% ga oshirsa, bunda ishlab chiqarish hajmi 15% ga ortsa, u holda: 177. Quyidagilardan qaysi biri «normal foyda» tushunchasini nisbatan aniqroq ifodalaydi? 178. Qaysi o‘rtacha xarajatlar egri chizig‘i botiq yoy shaklini ifodalamaydi? 179. Naflilikning pasayib borishi qonunining amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi? 180. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmay qolganda foydani qanday o‘stirish mumkin? 181. Doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati orqali xarajatlarning qanday turi aniqlanadi? 182. Tovarlarninig navbatdagi qo‘shimcha birligi (to‘plami yoki Download 327.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling