Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi
Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining moliyaviy holatini tahlili
Download 299.68 Kb.
|
Абдуллаев Шохрух Халк банк
Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining moliyaviy holatini tahlili
Ma’lumki, pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Banklar mamlakat iqtisodiyoti ishtirokchilarining pul yuzasidan bo‘ladigan aloqalariga xizmat qiluvchi muassasalardir. Pul bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘p, ammo ularning markazida banklar turadi. Tijorat banklariing aktivlarini daromadini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarni iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Chunki, tijorat banklari xo‘jalik sub’ektlarining joriy hamda investitsiya xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy va birlamchi manbalaridan biridir. Buni uchun esa, bank faoliyatining samaradorligini oshirish va uni audit qilib borish zarur bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasida yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish masalasi ham kiritilgan. Tijorat banklari aktivlaridan samarali foydalanish, ularning daromadlarini barqaror o‘sishini ta’minlashni va umuman bank tizimini mohirona boshqarishni, nazorat qilishni talab etadi. So‘nggi o‘n yilliklarda jahon iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlar bozorining keskin rivojlanish davrida kredit muassalarining samaradorligini baholash muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda, ilmiy adabiyotlarda “samaradorlik” so‘zining ko‘plab talqini mavjud, lekin ularning ma’nosi umumiy ikkita talqini beradi: Birinchi talqini, samaradorlik – bu resurslarga qilingan xarajatlar va ulardan foydalanishdan olingan natijaning nisbati; Ikkinchidan, samaradorlik – bu ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, jarayon ishtirokchilar mehnatini tashkil qilish usullarining ular erishgan natijalar darajasiga ta’sirini ko‘rsatadi.1 Bugungi kunda bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uni samarali boshqarish uchun tijorat bankining boshqaruvi bankning haqiqiy moliyaviy holatini baholab borishi lozim. Bundan tashqari tijorat banklarini moliyaviy holati to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga bank faoliyatini nazorat qilish va bank tizimi barqarorligini ta’minlashi uchun, aksionerlarga, omonatchilarga, mijozlarga va bank faoliyatiga bee’tibor bo‘lmagan shaxslarga albatta kerak bo‘ladi. Tijorat bank va uning filiallari faoliyatni tashkil qilishda asosiy masala sifatida kamida quyidagi maqsadlarga: yuqori darajadagi rentabellikka, likvidlilikning maqbul darajasini va xavfsizligini ta’minlashga erishish hisoblanadi. Yuqori samaradorlik odatda, xarajatlarning foydaga nisbati bilan baholanadi, bunda bank faoliyatida xarajatlarni tejash masalasiga asosiy e’tibor beriladi. Xarajat moddalari qanchalik kam bo‘lsa, yakuniy faoliyat natijasi shunchalik ijobiy bo‘lib hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bankning faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib borish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, erishilgan ijobiy natijalarni yanada rivojlantirib borish talab qilinadi. Bunda o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarning bajarilishi bilan bir qatorda bank jag‘on amaliyotida foydalanib kelinayotgan moliyaviy koeffitsiyentlarni tahlil qilib borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 299.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling