Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi


Download 299.68 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi299.68 Kb.
#1533061
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Абдуллаев Шохрух Халк банк


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIYOT” FAKULTETI


Iqtisodiyot”
TA’LIM YO’NALISHI

I-226-18 GURUH SIRTQI BO’LIM TALABASI
Abdullayev Shoxruxning
Xisoboti

Bajardi: Abdullayev Sh.

Qabul qildi: __________
Qarshi-2021


Kirish

  1. Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining moliyaviy holatining hozirgi ahvoli




  1. Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining moliyaviy holatini tahlili



  1. Tijorat banklari faoliyatini audit qilishda aktivlar


Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filiali mamlakatimiz moliyaviy xizmatlar bozorida yillar davomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kapital va aktivlar hajmi bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida yetakchi banklardan biridir. Hududiy tarmoq O’zbekiston Respublikasi butun hududini qamrab olib 27 ta filial, 77 ta mini-bank va 139 ta chakana bank xizmatlari ko’rsatuvchi shoxobchalardan iborat. Moliya bozorida keng hajmda an’anaviy va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etuvchi yirik universal moliyaviy-kredit instituti muassasasi sifatida o’rin egallangan.
Bank xizmatlaridan foydalanuvchi xo’jalik yurutuvchi subyektlarning soni — 49,6 ming nafardan ortiq. Ular qatorida mashinasozlik, aniq mashinasozlik va asbobsozlik, metallarga ishlov berish, konchilik, energetika, qurilish majmuasi, paxtani qayta ishlash sanoati, to’qimachilik sanoati, dori-darmon ishlab chiqarish, nashriyot, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish, xizmat ko’rsatish kabi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar vakillari mavjud. Xizmatlardan foydalanayotgan jismoniy shaxslarning soni 2,0 mln. nafardan ortiq.
Bank tashqi iqtisodiy hamkorlikning faol ishtirokchisi. Mamlakatimiz iqtisodining strategik sohalarini rivojlantirishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etishga ko’maklashib kelmoqda. 370 dan ziyod yetakchi xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilgan.
Bank o’zining xalqaro maydondagi maqomiga katta etibor qaratadi. Hususan, bank doimiy tarzda xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori reyting baholariga sazovor bo’lmoqda.
Bank kredit qo’yilmalari va lizing xizmatlari hajmi so’m ekvivalentida 24 750,4 mlrd.so’mni tashkil qildi.
Kredit qo’yilmalarining 24 480,4 mlrd. som miqdoridagi qismi uzoq muddatli kreditlarni tashkil etadi, shundan 24 472,0 mlrd so’m miqdoridagi qismi investitsion kreditlardir.
O’z vazifalarini bajarich chog’ida bank quyidagi asosiy tamoyil va korporativ madaniyatga rioya qiladi: - Sarmoya loyihalarini amalga oshirish, xizmat ko’rsatish va iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini moliyalashtirish yo’li bilan mustaqil O’zbekiston iqtisodining samarali rivojiga ko’maklashish;
- Mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamdo’stligiga integratsiyasiga ko’maklashish maqsadida xalqaro moliyaviy institut va xorijiy banklar bilan unumli hamkorlik olib borish.
- Bozorda o’zini respublika bank tizimi sub’yektlari ichida barqaror yetakchi o’rinni egallayotgan yirik universal kredit-moliyaviy institut sifatida namoyish qilish;
- Hududiy bo’linmalar tarmog’ini samarali rivojlantirish hamda ilg’or texnologiyalardan foydalanish hisobiga butun mamlakat bo’yicha Bankning raqobatchilik imkoniyatlarini mustahkamlash. Mijoz va kontragentlar bilan oydinlik, oqilona va o’rinli bank tavakkalchilik shartlarida iqtisodiy o’sish va daromad darajasi ortishini ta’minlovchi yakuniy natijaga qaratilgan o’zaro foydali hamkorlik munosabatlari.
- Bank va axborot texnologiyalari sohasida yangi yutuqlarni muntazam ravishda joriy etish yo’li bilan zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish.
- Mijoz va hamkorlari oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish,
- qat’iy moliyaviy intizovga rioya qilish hamda tavakkalchilikni malakali boshqarish hisobiga benuqson ishbilarmon obro’sini saqlash
-Muvaffaqiyatga erishishga intilgan va umumiy korporativ qadriyatlar bilan birlashgan yuqori malakali va asoslangan jamoani shakllantirish.
Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filiali Boshqaruvi tomonidan tayinlangan filial boshqaruvchisi boshqaradi. Filialda bevosita boshqaruvchi o’rinbosarlari va bo’lim boshliqlari hamjihatlikda mijozlar uchun xizmat sifatini oshirish bo’yicha ish olib boradilar.

Download 299.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling