Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi
Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining moliyaviy holatining hozirgi ahvoli
Download 299.68 Kb.
|
Абдуллаев Шохрух Халк банк
Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining moliyaviy holatining hozirgi ahvoli
O‘zbekiston Respublikasi aksionerlik tijorat “bank” filiali O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa tijorat banklari singari, asosiy maqsadi yuqori foyda olishga qaratilgan, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: - yuridik va jismoniy shaxslarga hisob raqamlari ochish; - yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish va belgilangan foizlar to‘lash; - qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi" qonunida ko‘rsatilgan hamda bank litsenziyasida ruxsat berilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi. Bank bo‘limida umuman olganda quyidagi operatsiyalar bajariladi: - muddatli va muddatsiz omonatlarni jalb kilish; - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini muddatsiz va muddatli depozit hisob raqamlarida shartnomaga ko‘ra haq to‘lash evaziga saqlash; - ustav kapitalini oshirish yordamida o‘z resurslarini boyitish maqsadida o‘z aksiyalarini sotish; - qimmatbaho qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi bilan shug‘ullanish; - mijozlarga qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarga shartnoma asosida kreditlar berish; - boshqa banklarga xat evaziga o‘z resurslarini sotish; mablag‘larni investitsiyalarga jalb qilish; Banklarning moliyaviy barqarorligiga ularning aktivlari va passivlarini samarali tarzda boshqarish yo‘li bilan erishiladi. Bank aktivlarining asosiy qismini yuqori likvidli aktivlardan iborat bo‘lib qolishi bankning daromadliligiga jiddiy putur yetkazadi. Chunki, yuqori likvidli aktivlarning daromadlilik darajasi past, ularning ayrimlari esa mutlaqo daromad keltirmaydi. Masalan, tijorat banklarida eng yuqori likvidli aktiv bo‘lib kassa (10101-schet) va bankning Markaziy bankdagi "Nostro" vakillik hisob varag‘i hisoblanadi (10301-schet), Lekin bu ikkala aktiv umuman daromad keltirmaydi. Ayni vaqtda, bank aktivlarining asosiy qismini yuqori riskli aktivlardan iborat bo‘lib qolishi bankni tahlikali ahvolga solib qo‘yadi. Masalan, ssuda operatsiyalari yuqori riskli aktiv hisoblanadi, agar bank resurslarining 85-90% kredit berish uchun sarflangan bo‘lsa bankni kredit va foiz riskiga bog‘liqligi kuchayadi. Bank aktivlarining likvidligi va daromadliligi tushunchalari bir-biriga qarama-qarshi ma’no kasb etadi va bank aktivlarini boshqarishning asosiy mezoni ular daromadliligining barkaror darajasiga likdivlilikka putur yetkazmagan xolda erishish hisoblanadi. Bank faoliyatining moliyaviy barkarorliligiga ular passivlarining strukturasi ham bevosita ta’sir kiladi. Banklarda muddatli va jamgarma depozitlarining yuqori saloxiyatiga ega ekanligi ular faoliyatining barkarorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Ayni vaqtda bank kapitali va banklararo kreditlar bank faoliyatini moliyalashtirishning qimmatroq shakli hisoblanadi. Kassadagi naqd pullar qoldig‘ining kichik salohiyatga ega ekanligi normal holat hisoblanadi. Chunki respublikamiz iqtisodiyotining hozirgi sharoitida naqd pullarga bo‘lgan talab yuqori, shu sababli, barcha tijorat banklarida naqd pullarning qoldig‘i kichik miqdorni tashkil etadi. Inkassatsiya jarayonidagi pul mablag‘lari miqdori va dinamikasining bank faoliyatining samaradorligi uchun moddiy ahamiyati. Chunki bular bank tomonidan qabul qilingan va to‘lov uchun jo‘natilgan pullik hujjatlardir. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida kassali aktivlar salmog‘ining yuqori bo‘lishining muhim sabablaridan biri Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan joriy likvidlilik koeffitsiyentini o‘rnatilganligidir . Download 299.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling