Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi


Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining 3-jadval


Download 299.68 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi299.68 Kb.
#1533061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Абдуллаев Шохрух Халк банк

Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialining 3-jadval
Kredit portfeli ko‘rsatkichlari

Kredit turi

Jami

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2020yil 2018 yilga nisb,+,-

2020yil 2018 yilga nisb.,%

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

92 ta

12

37

43

31




YaTT larga berilgan qisqa mud.kreditlar

14 ta

2

4

8

6




Xususiy korxonalar, biznes shirkatlari va kompaniyalarga taqdim etilgan qisqa muddatli kreditlar

48 ta

11

18

19

8




Jismoniy shaxslarga uzoq muddatli kreditlar

2193

520

870










Davlat korxonalari, tashkilotlar va muassasalariga uzoq muddatli kreditlar

9 ta

3

5

1

-1




Nodavlat notijorat tashkilotlariga uzoq muddatli kreditlar

13 ta

4

6

3

-1




Xususiy korxonalar, biznes shirkatlari va kompaniyalarga taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlar

129

35

27










Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga lizing

1 ta

1

-

-







Xususiy korxonalar, biznes shirkatlari va kompaniyalarga lizing taqdim etildi

3 ta

2

1

-







Bank muassasalarida mijozlarga hisob varaqalar ochishda quyidagilardan kelib chiqiladi;
1. Yuridik yoki jismoniy shaxs ro‘yxatga olingan joylarga istagan tijorat banklarda pul mablag‘larni saklash va hisob-kitob krediti hamda kassa operatsiyalarni amalga oshirish uchun hisob kitob yoki joriy hisob varaq ochishga haqlidir.
Banklar hisob-kitob kassa xizmatlari kursatishni asossiz rad etishga xao‘li emas va zarur hujjatlar bilan ariza berilgan kundan boshlab un kun ichida hisob kitob yoki joriy hisob varaq ochishga majbur.
2. Hisob - kitob yoki joriy hisob varaq ochishda banklar ushbu kullanmaga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarga rioya kiladilar.
3. Har bir yuridik shaxs yoki uning filiali ro‘yxatga olingan joyda fakat bitta hisob-kitob yoki joriy hisob varaqaga ega bo‘lishi mumkin.
4. Korxona bank muassasalarida hisob kitob yoki joriy hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirayotganida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga amal kilishi shart.
5. Varaqchada imzolar namunalari va muxr bilan kursatilgan manzil yuridik yoki jismoniy shaxsning manzili hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan manzil korxonani hokimliklarda ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan, xorijiy sarmoyali korxonalar manzili esa, Adliya vazirligining ro‘yxatga olish varaqchasida keltirilgan manzilga mos bo‘lishi kerak.
Hisob varaq egasining manzili o‘zgarganida u bu xaqida o‘zining hisobvarag‘i bor muassasasiga o‘n kun ichida yozma ravishda ma’lum kilishga majbur.
Hisob varaq ochilishini rasmiylashtirish uchun bank muassasasiga quyidagilar takdim etiladi:
-hisob varaq ochish haqida 0401025-vakillik ariza yuridik shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak:
-korxona O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat;
-yuridik shaxs ustavining notarial tartibda tasdiqlangan yuridik shaxs hisoblangan tadbirkor tomonidan imzolangan nusxasi;
-imzolar namunalari bo‘lgan, muhr bosilgan va notarial tartibda tasdiqlangan 0401026 shaklli varaqcha.
Yuridik shaxsni vujudga keltirmasdan o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorga hisob-kitob varag‘i uning nomiga ochiladi.
Bank muassasalarida hisob varaq ochilganini rasmiylashtirish uchun ushbu hujjatlar takdim etiladi:
-hisob varaq ochish haqida tadbirkor tomonidan imzolangan (0401025 shaklli) ariza
-tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan utganligini tasdiqlovchi hujjat;
- tadbirkor imzosini namunasi keltirilgan, notarial tar­tibda tasdiqlangan varaqcha ikki nusxada;
-tadbirkorning notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonch asosida uning hisob varagidan boshqa shaxslar ham foydalanishi mumkin. Bu holda bank muassasasiga ana shu shaxs imzosining namunasi bo‘lgan hisob varaqning egasi imzolagan, ishonchnomaning sanasi, ro‘yxatdagi raqami va amal kilish muddati kursatilgan vaqtinchalik varaqcha takdim etiladi. Bu varaqcha notarial tartibda tasdiqlanmaydi. Hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi ariza va imzolar namunalari keltirilgan varaqchada muxr bo‘lsa ham bank rahbarining ruxsati bilan bank tomonidan qabul kilinishi mumkin.
Hisobvaraq ochish uchun yuqorida keltirilgan hujjatlarga kushimcha kilib quyidagilar bank muassasasiga takdim etiladi:
-qo‘shma korxona tomonidan - qo‘shma korxona tuzish haqidagi tomonlar bitimining notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi, O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa vakolatli idorada ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi hujjatdir.
Kichik korxona tomonidan - uni tashkil kilish to‘g‘risidagi ta’sischi buyrug‘ining nusxasi va ustavning ta’sischi tomonidan tasdiqlangan nusxasi:
-jamoat tashkiloti bilan ijara shartnomasi tuzgan ijarachi korxona tomonidan-ijara shartnomasi va ustavning jamoat tashkiloti ko‘zda tutgan tartibda tasdiqlangan notarial tartibda yoki ijara beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi, ro‘yxatga olinganlik haqida ma’lumotnoma (jamoat tashkilotida ijaraga beriladigan korxonalarni ro‘yxatga olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa), ijarachi tomonidan ijara shartnomasining notarial tartibda tasdiqlangan nusxa, fermer xo‘jaligi tomonidan yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatning nusxasi, kooperativ tomonidan kooperativ a’zolari umumiy majlisning uni tashkil etish haqidagi qaror nusxasi, aksiyadorlar jamiyati va javobgarligi cheklangan jamiyat to­monidan ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi.
Tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar boshlang‘ich badallarni to‘lash uchun ikki oy muddatda vaqtinchalik hisob-kitob varag‘i oladi. Bunday hisob varaqni ochish uchun bank muassasasiga hisob varaq ochish to‘g‘risida ariza va xususiy korxonaga doir faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi hujjatning nusxasi topshiriladi. Davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng vaqtinchalik hisobvaraq va umumiy tartibda hisob-kitob varag‘i ochiladi.
Banklarda hisobvaraqlarni ochish uchun mijozning arizasida bank rahbarining ruxsat beruvchi imzosi bo‘lishi shart.
Hisob varaqni ochishga doir hujjatlar hisobvaraqni rasmiylashtirishga oid hujjatlar jildida saqlanadi, lekin imzolar namunalari keltirilgan va muhr bosilgan varaqcha ma’sul ijrochi va nazoratchidagi maxsus kartotekada saqlanadi. Varaqchada hisobvarag‘ining raqami ko‘rsatiladi. Hujjatlar jildida yuqorida aytilganidan tashqari bank bilan mijoz o‘rtasidagi "Bank tomonidan hisob-kitob xizmati ko‘rsatish shartnomasi" ham saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari O‘zbekiston Respublikasining hisob-kitob markazi bo‘lib, hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlarga binoan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida tovar-moddiy boyliklar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun hamma boshqa to‘lovlar bo‘yicha bo‘ladigan hisob-kitoblarni uyushtiradi va ruyobga chiqaradi.
Tovar-pul munosabatlar rivojlanish sharoitida mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati shakllari turli tuman bo‘ladi. Bunday naqd pulsiz hisob-kitob kilish qoidalari xo‘jalik organlarining hisob-kitob shakllarini erkin tanlashi va ularning shartnomalariga mustahkamlab qo‘yilishi, xo‘jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bankning aralashmasligi tamoyilidan kelib chiqadi.
Hisob - kitoblar shakli deyilganda, odatda esa huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan mablag‘larni kreditorning hisob varag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi hamda hujjatlarni aylantirish tartibi bilan farq qiluvchi naqd pulsiz hisob-kitoblar shartlari tushuniladi. Hisob - kitob operatsiyalari banklar tomonida, ularda ochilgan korxonalar hisob varaqlaridan mijoz bilan hisob kitob xizmati ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnoma amalga oshiriladi.
Bank pul mablag‘larni xujalik yurituvchi sub’ektlar ochgan hisob varaqlarida saklaydi, ana shu hisob varaqlariga kelib tushgan pullarni ularga utkazadi. Ularni utkazish, hisob varaqlaridan pul berish to‘g‘risidagi va bank qoidalarida hamda bank bilan korxona urtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa bank operatsiyalarini amalga oshirish haqidagi farmoyishlarni ado etgan.
Bank muassasalarida pul muomalasi bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan "O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari tomonidan pul muomalasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 10 dekabrda N 564-raqam bilan ro‘yxatga olingan qo‘llanmasiga asosan olib boriladi.
Kassali banklar korxonalarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadilar. Bunda quyidagilar asosiy qoidalar hisoblanadi:
-mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar o‘z mablag‘larini bank muassasasida ochilgan hisob varaqlarida saqlashlari kerak;
-korxonalar naqd pul tushumini ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasi belgilagan muddatlar va usullarda, uning buyurtmanoma hisob-kitobiga muvofiq, ularga pul tushumlaridan bank belgilagan miqdorlarda, ammo naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xususiy korxonalarga zarur ehtiyojlari uchun naqd pul tushumidan sarflagan me’yorlari doirasidagina foydalanishlariga ruxsat etiladi;
- korxonalarga naqd pul tushumini ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga belgilagan muddatlar va usullarda, uning buyurtmanoma hisob-kitobiga muvofiq topshirishlari lozim. Ularga pul tushumlaridan bank belgilagan miqdordan ammo doimiy naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xususiy korxonalarga zarur ehtiyojlari uchun naqd pul tushumidan sarflash me’yorlari doirasidagina foydalanishlariga ruxsat etiladi;
- yuridik shaxs makomini olmagan o‘z mahsulotlarini, savdo qayta ishlay korxonalarga sotuvchi xususiy korxonalar, fermerlar hamda tadbirkorlarga zarur ehtiyojlar uchun bankda avvalgi oydagi mahsulot sotish va xizmatlar ko‘rsatish umumiy hajmining 5%gacha miqdoridan umumiy ovqatlanish korxonalariga 7% gacha markazlashgan fondlar hisobidan go‘sht oluvchi tashkilotlarga 10 % gacha naqd pul olishlarigacha ruxsat etiladi. Har kunning oxirida korxona kassasining naqd pul koldig‘i bank korxonalar bilan qo‘yilgan holda belgilagan kassa limitidan ortik bo‘lmasligi kerak. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, nafakalar, xizmat safari xarajatlari, dividendlar to‘lash uchun naqd pulni korxonalar bank muassasasidan oladilar va ularda fakat o‘z o‘rnida foydalanadilar;
-mulkchilik shaklidan kat’iy nazar xujalik birituvchi sub’ektlar urtasidagi hisob-kitoblar bank muassasasi orkali amalga oshiriladi. Korxona xar chorakda navbatdagi chorak boshlangunga 60 kun kolganda bo‘lgusi kassa oborotlari hisob-kitoblarini to‘zish uchun bankka kassa buyurtmasini topshiradi. Pul tushumiga ega bo‘lgan korxonalar naqd pullarini pul tushumini topshirishning belgilangan muddatlari va usullarida bank muassasasiga topshirishga majbur. Kun oxirida korxona ¤z kassasida limit doirasi mikdorida naqd pul koldirishi mumkin. Bu limitni bank bo‘limi belgilaydi. Korxona kassalari naqd pulni bank muassasasidan pul cheki bilan oladi. Banklar oluvchining nomi yezilgan cheklarni, ya’ni muayyan shaxs nomiga yezib berilgan cheklarni o‘abo‘l kiladi. Bank kassasi pulni chekda kursatilgan shaxsda, chekning orka tomoniga undan tilxat yezdirish orkali beradi. Bank nazoratchisi oluvchining pasportiga karab uning shaxsini aniqlaydi va chekning orka tomoniga pasport seriyasi va raqamini, kim tomonidan va kachon berilganini yezib qo‘yadi O‘zbekiston xalk xo‘jaligida kassa operatsiyalarini olib borish tartibi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan N 376-raqam bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 17 dekabrda N 565-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kassa tushumlarini inkassatsiya qilish usullaridan birinchisi:
- inkassatsiya apparatlari orqali tushgan tushumlarni bankka yetkazish;
- inkassatsiya tushumni tashkilotni o‘zi bankka olib kelib topshirishi;
- uchinchisi kassalar orqali yig‘ib olingan tushumlarni inkassatsiya orkali bankka topshirma (ob’edinennыy kassa).
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul biletlari va tangalarining zaxira fondlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan mintakaviy hisob—kitob-kassa markazlari va ularning filiallari pul omborlarida tashkil etiladi. Ruxsat olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki­ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga ruxsat berish to‘g‘risida zaxira fondini ochish zarurati asoslangan iltimosnoma bi­lan pul omborining to‘ldirilgan pasportini taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqarmasi zaxira fondlarini ochish to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqadi hamda boyliklar saqlanishini va ularga doir operatsiyalar bajarilishini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ ko‘rsatmalariga muvofiq ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha sharoit mavjudligini tekshiradi va zaxira fondlarini tashkil etish uchun bank muassasasining pasportini ro‘yxatga olish ko‘rinishida ruxsatnoma beradi hamda ayni paytda u uchun zaxira fondlarining limiti belgilanadi. Zaxira fondlarining belgilangan limitidan oshib ketishiga ruxsat etiladi. Zaxira fondlarini temir javonlarda va po‘lat seyflarda saqlangan hollarda, shuningdek pul omborlarining hajmi unda bank kassasidan bir oy sarflanadigan naqd pulning o‘rtacha miqdoridagi boyliklar aylanishini ta’minlaydigan taqdirda, zaxira fondlarini ochishga ruxsat berilmaydi. Zaxira fondlarini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarmasiga xabar berib sabablarini ko‘rsatadi. Mintaqaviy hisob-kitob-kassa markazlari, ularning filiallaridagi pul saqlash omborlarining pasportlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarmalarida saqlanishi lozim.
Kichik va o‘rta biznes subyektlarinikreditlash bo‘limi.
Bozor iqtisodiyoti biznes va tadbirkorlikka asoslangan iqtisodiyotdir. So‘ngi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo‘l berilgani tufayli mulkchilikning turli shakliga asoslangan firmalar, korxonalar soni o‘sib bormoqda. Yirik xorijiy investorlar bilan teng sherikchilik asosida ish olib borayotgan qo‘shma kor­xonalar soni yil sayin ko‘paymoqda.
Bugungi kunda Respublikamizda korxonalar mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmokda. Jismoniy shaxs sifatida, ya’ni yuridik shaxs maqomini olmay yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 300 o‘mingdan oshdi. Dexqon, oilaviy xujaliklarning soni esa 3 milliondan ko‘prok, bundan tashqari, 24 mingta fermer xo‘jaliklari fa­oliyat ko‘rsatmokda. Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarning soni esa yuz minglab hisoblanadi.
Ba’zi tadbirkorlarimiz yirikroq ish boshlash uchun kredit zarurligini qarz olishning o‘zi bo‘lmayotganligini ro‘kach qilishsa, boshqa biri keltirilgan mahsulotdan foyda emas, zarar ko‘rayotganligidan, yana biri esa boshqa firmaga katta mikdorda mablag‘ o‘tkazsada, na mahsulot, na puldan darak borligi, o‘rtada esa oylab ish to‘xtab qolayotganligidan nolishadi.
Muammolarni keltirib chiqarayotgan sabablarni axtaradigan bo‘lsak, bu sabablar fojiaviy holat emas. Ba’zi hollarda oddiy ichki bozor extiyoji, talab va taklif bilan hisoblashmaslik bozor infratuzilmasini yaxshi o‘rganmaslik sabab bo‘layotganga o‘xshaydi. Firmalarimiz rahbarlarida marketing va menejment asoslarining yetishmasligi ayon bo‘lib qolayapti. Na pul, na mahsulotdan darak yo‘qligi, o‘sha sheriklarni yaxshi o‘rganmaslik, ularning moliyaviy ahvoliga qiziqmaslik natijasidan boshqa hech narsa emas.
O‘zbekiston Respublikasi xududida mikrokreditlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 22 fevraldagi 3-bayonnomasi bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 29 fevralda N 902-raqam bilan ro‘yxatga olingan "Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dexqon xo‘jaliklarini milliy va chet el valyutasida mikrokreditlash", Adliya vazir­ligi tomonidan N 903-raqam bilan ro‘yxatga olingan "Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs makomini olib faoliyat ko‘rsata­yotgan fermer xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa sub’ektlarini milliy va chet zl valyutasida mikrokreditlash" to‘g‘risida”gi Qonun tartiblarga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu tartib asosida tijorat banklari tomonidan budjetdan tashkari jamg‘armalarining kredit liniyalari hisobidan yuridik shaxs makomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarini mikrokreditlashga ham tadbiq etiladi.
Mazkur tartiblar Fuqarolik kodeksi, "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 11 fevraldagi 1-sonli majlis bayoniga muvofik ishlab chiqilgan bo‘lib, u yuridik shaxs maqomini olmasdan va yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon fermer xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa subektlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Tijorat banklari tomonidan mmkrokreditlarni berish qaytarishlilik, to‘lovlilik, taminlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlari asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga beriladigan mikrokreditlar bu - kredit beriladigan kundagi birjadan tashqari valyuta bozori kursi hisobida 5000 (besh ming) AQSh dollariga ekvivalent mmkdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valyutasida beriladigan kreditlar tushuniladi.
Yuridik shaxs makomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa sub’ektlariga beriladi­gan mikrokreditlar bu - kredit beriladigan kundagi birjadan tashqari valyuta bozori kursi hisobida 10000 (o‘n ming) AQSh dollariga ekvivalent mikdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valyutasida beriladigan kreditlar tushuniladi.
Mikrokreditlar faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga beriladi. Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida 3 yil muddatga mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan manzili bo‘yicha beradilar. Mikrokreditlarning 50 foizi miqdorini, 1, 5 yilgacha bo‘lgan muddatga qaytarish sharti bilan naqd pulda berilishi mumkin. Yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan faqat dexqon va fermer xo‘jaliklarga mikrokreditlarning 50 % gacha 1,5 yilgacha bo‘lgan muddatda qaytarish sharti bilan naqd pulda berilishiga ruxsat beriladi. Maxsus mikrokreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladigan mikrokreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalarini belgilashlari mumkin.
Mikrofirma — bu mulkchilik shaklidan qat’iy nazap ish bilan band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni ishlab chiqarish sohasida 10 kishigacha, savdo xizmat ko‘rsatish noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida 5 kishigacha bo‘lgan korxonalardir.
Kichik korxona - bu mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ish bi­lan band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni sanoatda 40 kishigacha qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohasida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish soha tarmoqlarida 10 kishigacha band bo‘lgan korxonalardir.
Dehqon xo‘jaligi - bu oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida oila boshligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilgungacha berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni amalga oshiradigan oilaviy mayda tovar xo‘jalikdir.
Fermer xo‘jaligi - bu yuridik maqomga ega bo‘lgan fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi mehnati asosida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsu­lotlarini tovar ishlab chiqarishga asoslangan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.
Mikrokreditlar olish uchun yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari tomonidan bankka:
- so‘ralayotgan mikrokredit miqdori ko‘rsatilgan kredit arizasi;
- kreditni qaysi maqsadga ishlatilishi ko‘rsatilgan biznes-reja;
- qarz oluvchi uning pasport nusxasini yig‘ma jildga tikib qo‘yish uchun taqdim etishi kerak.

Download 299.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling