Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)/Sirtqi


Ushbu kontrakt bo‘yicha ta’lim xizmatlari uchun to‘lov 12000000 (o‘n ikki million)


Download 0.91 Mb.
bet2/7
Sana11.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1766626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SI 23813710

2.2. Ushbu kontrakt bo‘yicha ta’lim xizmatlari uchun to‘lov 12000000 (o‘n ikki million) soʻmni tashkil etadi va quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Choraklarga bo‘lib to‘langanda quyidagi muddatlarda:

  • belgilangan to‘lov miqdorining kamida 20.00 foizini talabalikka tavsiya etilgan kundan boshlab 15 (o'n besh) ish kuni mobaynida;

  • belgilangan to‘lov miqdorining qolgan 20.00 foizini 20.09.2023 gacha;

  • qolgan 20.00 foizini 15.01.2024 gacha;

  • qoldiq 20.00 foizini 15.03.2024 gacha amalga oshirish shart.

  • qolgan 20.00 foizini 15.05.2024 gacha;

2.2.1 Talabani darsga qo'yish buyrug'i shartnoma to'lovining 50.00 foizi talaba tomonidan to'liq amalga oshirilganda rasmiylashtiriladi.
2.3 Ushbu kontraktning 2.2-bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish, universitet kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
2.4 Agar shartnoma uchun to'lov Talaba tomonidan shartnoma tuzilgandan (imzolanganidan) keyin 15 (o’n besh) ish kunidan kechiktirilsa, yoki o'qish uchun ro'yxatdan o'tish muddati tugagandan so'ng qilinsa, bu Universitetga kirish kafolatini bermaydi. To'lov muddati tugagandan so'ng, Talaba Universitetga qabul qilish uchun ariza berishga majburdir, ammo Talabani qabul qilish huquqi/qarori faqat Universitet zimmasida bo'lib qoladi.
2.5 Agar to'lovning oxirgi kuni ushbu shartnomaning 2.2-bandiga muvofiq dam olish kuniga to'g'ri keladigan bo'lsa, to'lovning oxirgi kuni keyingi ish kuni hisoblanadi.
2.6 O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, shuningdek boshqa tegishli qonun hujjatlariga sezilarli tarkibiy o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda, akademik yil uchun o'qitish narxi Universitet tomonidan bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi mumkin. Bunday holda, Universitet talabani kamida 15 kalendar kun oldin o'zgarish haqida xabardor qilish majburiyatini oladi.
2.7 Agar Talabaning qoniqarsiz o’zlashtirshi tufayli kursni yoki bir nechta fan qayta o’qitilsa, ushbu shartnomaning 2.2-bandiga muvofiq o'rganilayotgan (qayta o'qitiladigan) akademik kreditlar miqdori bo'yicha to'liq ta'lim xarajatlari Talaba tomonidan to'lanadi.
2.8 Talabani kursdan kursga o'tkazish to'g'risidagi buyruq Universitet tomonidan faqat to'lov shartnoma summasini to'liq amalga oshirganidan va oldingi o'quv yilini muvaffaqiyatli tugatganidan so'ng amalga oshiriladi.
2.9 Buyruq kuchga kirgandan so'ng, ushbu shartnomaning 2.8-bandiga muvofiq va o'qish davri boshlangandan so'ng, oldindan to'langan pul miqdori to'liq miqdorda qaytarilmaydi. Shartnoma miqdorini qaytarish tartibi ushbu shartnomaning 2.10-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
2.10 Shartnoma ushbu shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq bekor qilinganda, shartnoma summasini qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2.10.1 Talabalarga - akademik o’quv kreditlar uchun to’langan va hali boshlanmagan mashg’ulotlar (semestr) uchun pulni qaytarish arizasini bergan payt, hali boshlanmagan semestr to’lovini qaytarishi mumkin. Buning uchun talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan kamida 10 kalendar kuni oldin shartnoma summasini qaytarish to'g'risida yozma so'rov yuborishga majburdir. Bunda shartnoma summasi 30 kalendar kuni ichida to'lovning umumiy miqdoridan 10% chegirib qaytariladi;
2.10.2 O'qish davri (semestr) mashg'ulotlar boshlanishidan 10 kalendar kun oldin boshlangan hisoblanadi;
2.10.3 Agar talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan 10 kalendar kun oldin shartnoma miqdorini qaytarish to'g'risida so'rov yubormagan holatda, bu muddat uchun to'langan summa qaytarilmaydi;
2.11 Talabaning mazkur shartnomaning 5.3-bandiga muvofiq shartnoma o'z xohishiga ko'ra bekor qilingan taqdirda, talaba mazkur shartnoma bo'yicha o'qish uchun haq to'lash bo'yicha moliyaviy majburiyatlardan ozod etilmaydi;
2.12 Talabaning va shaxsning (to'lovchi, bank, homiy va h. k.) ta'limini to'lagan shaxsning yuridik va moliyaviy majburiyatlari ikki tomonning alohida shartnomalari bilan tartibga solinadi, uning bajarilishi uchun Universitet hech qanday majburiyatlarga ega emas;
2.13 Xizmat ko'rsatish joyi Universitet hududi hisoblanadi. Ba'zi hollarda Universitet masofaviy/onlayn ta'lim shakliga o'zgartirish huquqiga ega. Ushbu o'zgarish shartnoma to’lov miqdoriga ta'sir qilmaydi;

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling