Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)/Sirtqi


IV. TOMONLARNING HUQUQLARI


Download 0.91 Mb.
bet4/7
Sana11.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1766626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SI 23813710

IV. TOMONLARNING HUQUQLARI
4.1 Universitet huquqlari:

  • O‘quv jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish, “Talaba”ning oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish, qayta topshirish tartibi hamda vaqtlarini belgilash.

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, “Universitet” nizomi hamda mahalliy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq “Talaba”ga rag‘batlantiruvchi yoki intizomiy choralarni qo‘llash.

  • Agar “Talaba” o‘quv yili semestrlarida yakuniy nazoratlarni topshirish, qayta topshirish natijalariga ko‘ra akademik qarzdor bo‘lib qolsa uni kursdan-kursga qoldirish huquqiga ega.

  • “Universitet” “Talaba”ning qobiliyati, darslarga sababsiz qatnashmaslik, intizomni buzish, “Universitet”ning ichki tartib qoidalariga amal qilmaganda, respublikaning normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra hamda o‘qitish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda “Talaba”ni talabalar safidan chetlashtirish huquqiga ega.

4.2. Talabaning huquqlari:

  • O‘quv yili uchun kontrakt summasini semestrlarga yoki choraklarga bo‘lmasdan bir yo‘la to‘liqligicha to‘lash mumkin.

  • Ta’lim oluvchi mazkur kontrakt bo‘yicha naqd pul, bank plastik kartasi, bankdagi omonat hisob raqami orqali, ish joyidan arizasiga asosan oylik maoshini o‘tkazishi yoki banklardan ta’lim krediti olish orqali to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

  • Professor-o‘qituvchilarning o‘z funksional vazifalarini bajarishidan yoki ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlardan norozi bo‘lgan taqdirda ta’lim muassasasi rahbariyatiga yozma shaklda murojaat qilish.

  • Universitetning moddiy-yexnik bazasidan kelib-chiqib kredit-modul tizimiga asosan, tahsil olayotgan ta'lim yo'nalishi o'quv rejasida ko'rsatilgan tanlov fanlarini tanlash;

4.3 Talaba quyidagilarni o'z zimmasiga oladi:
4.3.1 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oliy o'quv yurtlari talabalariga qo'yiladigan talablarga muvofiq, shuningdek Universitet o'quv jarayoni va faoliyatini tartibga soluvchi Universitetning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq tahsil olish.
4.3.2 Universitetning nizomlarida ko'rsatilgan talablarga, shuningdek, Talabaning Universitet hududida va undan tashqarida bo'lgan xatti-harakatlarini tartibga soluvchi boshqa qoidalar va normativ hujjatlar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish va ularga rioya qilish.
4.3.3 Universitetning texnik va boshqa vositalariga, jihozlariga va boshqa mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish, agar ziyon yetgan taqdirda Universitet mol-mulkini to'liq qoplash.
4.3.4 Shaxsiy talaba profilini Universitet ichki nazorat bazasi orqali rasmiy veb-saytda zarur shaxsiy ma'lumotlar bilan o'z vaqtida to'ldirish va yangilab borish.
4.3.5 Universitetning ichki nizomida ko'rsatilgan keyingi o'quv yili uchun ro'yxatdan o'tish bo'yicha yo'riqnomalarni, shuningdek uning akademik xodimlar tomonidan taqdim etilgan yo'riqnomalarni o'z vaqtida bajarish.
4.3.6 Universitetning ma'muriy va o'qituvchilik tarkibiga hurmat bilan munosabatda bo'lish, shuningdek, Universitetning nizomlarida bayon etilgan boshqa xulq-atvor qoidalariga rioya qilish.
4.3.7 Barcha akademik va intizomiy masalalar bo'yicha ustavlarga, shuningdek Universitetning ichki tartib qoidalari va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qarorlar qabul qilish yakka tartibda (Talaba faqatgina o’zi) amalga oshiradi va javobgar hisoblanadi.
4.3.8 Universitetda o'qish uchun talab qilingan to'lovni o’z muddatida va ushbu shartnomaga muvofiq to'liq to'lanishini ta'minlash.
4.3.9 Universitet Buxgalteriya bo'limiga o'qish uchun to'lov to'langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish.
4.3.10 Tijorat banki (yoki boshqa To'lovchi) bilan ta'lim olish uchun kredit shartnomasi tuzilgan taqdirda, u barcha tomonlar tomonidan rasmiylashtirilgandan so'ng mazkur shartnomaning haqiqiy nusxasini Universitet yuridik bo’limiga taqdim etish.
4.3.11 O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan siyosiy, diniy va boshqa tashkilotlarda yoki harakatlarda ishtirok etmaslik.
4.3.12 O'zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi (yoki Universitet) tomonidan karantin izolyatsiyasi e'lon qilinganida va boshqa cheklovli holatlarda, onlayn / masofadan o'qish uchun sharoitlarni mustaqil tashkil etish (barqaror Internet aloqasi, uskunalar va boshqalar).
4.3.13 Tomonlarning kelishuvi bo'yicha boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling