Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)/Sirtqi


III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI


Download 0.91 Mb.
bet3/7
Sana11.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1766626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SI 23813710

III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Universitetning majburiyatlari:
O‘qitish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirgandan so‘ng, “Talaba”ni buyruq asosida talabalikka qabul qilish.
• Talabaga o‘qishi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Universitet” Ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarga muvofiq sharoitlarni yaratib berish.
• Talabaning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda ta’lim muassasasi Ustaviga muvofiq professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarining funksional vazifalarini to‘laqonli bajarishini ta’minlash.
• Talabani tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash.
• O‘quv yili boshlanishida Talabani yangi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risida o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin xabardor qilish.
• Universitetda to'lov shartnoma miqdori o'zgarishi natijasida, o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda Talabaga ta’limning qolgan muddati uchun to‘lov miqdori haqida xabar berish.
3.2. Talabaning majburiyatlari:

  • Kontraktning 2.2. bandida belgilangan to‘lov summasini shu bandda ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lab borish;

  • Respublikada belgilangan Bazaviy hisoblash miqdori yoki tariflar o‘zgarishi natijasida o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda, o‘qishning qolgan muddati uchun ta’lim muassasasiga haq to‘lash bo‘yicha bir oy muddat ichida kontraktga qo‘shimcha bitim rasmiylashtirish va to‘lov farqini to‘lash;

  • Talaba o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdorini to‘laganlik to‘g‘risidagi bank tasdiqnomasi va kontraktning bir nusxasini o‘z vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ta’lim muassasasiga topshirish;

  • Tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishining (mutaxassisligining) tegishli malaka tavsifnomasiga muvofiq kelajakda mustaqil faoliyat yuritishga zarur bo‘lgan barcha bilimlarni egallash, dars va mashg‘ulotlarga to‘liq qatnashish;

  • Ushbu shartnomaning 4.3.10-bandini buzgan taqdirda, talaba qonun hujjatlariga muvofiq, uchinchi shaxslarga berilgan majburiyatlar bo'yicha shaxsan javobgar bo'ladi;

  • Professor o‘qituvchilar va xodimlarga hurmat bilan qarash, “Universitet” obro‘siga putur yetkazadigan harakatlar qilmaslik, moddiy bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, ziyon keltirganda o‘rnini qoplash.

3.2.1 2.2-bandga muvofiq to'lovni o'z vaqtida to'lamagan taqdirda, Talabaga Universitetga kirish cheklanadi, har qanday xizmat ko'rsatish to'xtatiladi, ma'lumotnomalar/ma'lumotlar beriladi, shuningdek, talabaning Universitet hududiga kirishi ta’qiqlanadi.
3.2.2 To'lov kechiktirilgan taqdirda, talaba kechiktirilgan har bir kalendar kuni uchun to'lanmagan qismning 0,5% miqdorida, qarzning 10% dan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima (penya) to'lashga majbur bo'ladi;
3.2.3 O'qish uchun to'lovi 15 kalendar kundan ortiq kechiktirilgan taqdirda, Universitet Talabani o'qishdan chetlashtirish to'g'risida qaror qabul qilish huquqiga ega;
3.2.4 Talabani Universitetda o'qishdan chetlashtirish, yoki ro’yhatdan chiqarilishi, Talabaga taqdim etilgan ta'lim xizmatlari uchun haq to'lash bo'yicha moliyaviy majburiyatlardan ozod qilmaydi;
3.2.5 Mazkur shartnomaning amal qilish muddati mobaynida xizmatlar ko'rsatish, majburiyatlarni bajarish va mazkur shartnomani bajarish bo'yicha o'zaro e'tirozlar mavjud emasligi Universitet va Talaba tomonidan qog'oz yoki elektron shaklda imzolangan hisobot-fakturani va bajarilgan ishlar dalolatnomasini majburiy rasmiylashtirish bilan tasdiqlanadi;
3.2.6 Talaba universitetning ichki tartib qoidalari va odob-axloq kodeksiga to'liqligicha rioya qilishi lozim bo'ladi. Ichki tartib qoidalari va odob-axloq kodeksiga talabalar tomonidan rioya qilmaslik ularga nisbatan universitet tomonidan qat'iy chora ko'rilishiga sabab bo'ladi.
3.3 Mazkur shartnomada ko'zda tutilmagan boshqa javobgarlik choralari O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling