Iqtisodiyot


Download 116.5 Kb.
bet1/4
Sana10.11.2021
Hajmi116.5 Kb.
#173308
  1   2   3   4
Bog'liq
КУрс иши бўйича услубий кўрсатма


O'ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIYOT” FAKULTYETI

IQTISODIYOT” KAFYEDRASI
MIKROIQTISODIYOT”

FANIDAN KURS ISHI YOZISH BO'YICHA

USLUBIY KO'RSATMA

5 340100 –“IQTISODIYOT” TA'LIM YO'NALISHI TALABALARI UCHUN


QARSHI-2019
Tuzuvchilar: i.f.n. A.B.Qurbonov


Taqrizchilar: QMII “Iqtisodiyot” kafedrasi . i.f.n., dos. Sh.Sh Fayzieva

Ishlab chiqarishda menejment” kafedrasi mudiri i.f.n.dos I.Tursunov


Mazkur uslubiy ko'rsatma «Iqtisodiyot» kafedrasining ___ ___2019 yil № sonli majlisida, «Iqtisodiyot» fakul'teti uslubiy komissiyasining __ ___2019 yil № sonli majlisida kurib chikilgan va va institut o'quv uslub kengashining __ __2019 yil №__-sonli qarori bilan ma'qullangan

1.Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari
«Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi tayyorlash 5340100-Iqtisodiyot ta'lim yo'nalish o'quv rejasiga ko'ra 4 semestrda ko'zda tutilgan.

«Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishini yozishdan maqsad talabalarda mustaqil ilmiy izlanish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali ta'minlanadi:

- talabalarning ma'ruza va seminar mashg'ulotlari va mustaqil ta'lim mobaynida olgan nazariy bilimlarini ma'lum bir mavzu yoki muammo bo'yicha chuqurlashtirish;

- o'quv va ilmiy adabiyotlardan mustaqil o'rganish, axborot to'plash tajribasini hosil qilish;

- iqtisodiy tahlil, jumladan, qiyosiy tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko'nikmalarini shakllantirish.

Kurs ishi ustida ishlash, shuningdek talabalarni kelajakda bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash bo'yicha zarur bilim va ko'nikmalarni hosil qilishga ham yordam beradi.
2. Kurs ishini tashkillashtirish

2.1. Ishning mavzusini tanlash

“Mikroiqtisodiyot” fani bo'yicha kurs ishi mavzusi ushbu uslubiy ko'rsatmada tavsiya sifatida keltirilgan mavzular ro'yxatidan tanlab olinishi mumkin. Shuningdek, kafedra bilan kelishilgan holda, mazkur ro'yxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham kurs ishi uchun talaba tomonidan tanlanishi mumkin.

Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqishi sohasi, tanlangan mavzuning dolzarbliligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudliligi, mavzuning aynan “Mikroiqtisodiyot” fani predmeti doirasida bo'lishiga e'tibor qaratiladi.


2.2. Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish

Kurs ishining rejasi talaba tomonidan kafedra tomoniban biriktirilgan ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda tuzilishi kerak. Kurs ishning tayrlangan rejasi kafedra mudiri yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olinishi lozim.

Kurs ishida belgilangan reja topshiriqlarini bajarilish muddatlari ilmiy rahbar tomonidan talabaga belgilab beriladi.

Talaba tasdiqlangan rejaga qat'iy amal qilishi, unda belgilangan vazifalarni (reja savollarini) bosqichma-bosqich hamda ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak.

2.3. Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar

2.3.1. Kafedraning asosiy vazifalari

Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:

kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko'rib chiqish;

mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko'rsatmalar va amaliy yordam berish;

talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;

talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;

kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish;

talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo'ladi.

2.3.2. Ilmiy rahbarning vazifalari

Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi;

ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko'mak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi;

reja bo'yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko'rsatmalar berishi;

kurs ishiga taqriz berishi.
2.3.3. Talabaning vazifalari

Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:

ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;

mavzuga oid o'quv va ilmiy adabiyotlarni va statistik axborotlarni jamlashi;

ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda tuzilgan kurs ishi rejasi asosida berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishi;

o'rnatilgan tartib bo'yicha kurs ishning hisobotini o'z vaqtida kafedraga taqdim etishi kerak.


2.3.4. Talabalarning bilim darajasini tekshirib ko'rish

Talabaning kurs ishini bajarishga tayyorgarligini tekshirib ko'rish uchun quyidagi savollar berilishi maqsadga muvofiqdir:

1.Mikroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullarini tushuntirib bering.

Mikroiqtisodiyot fani nimani o'rganadi? Iste'molchilar, firmalar, uy xo'jaliklari, resurs egalari.

Iqtisodiyotning bosh muammosi. Resurslar cheklanganligi, nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarish kerak.

Noyob resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari. Al'ternativ xarajatlar, talab va taklif modeli, tovarlar aylanmasi modeli, uy xo'jaliklari, firmalar.

Ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i. Al'ternativ xarajatlar, ishlab chiqarish imkoniyati, ishlab chiqarish imkoniyati chizig'i,

Bir-birini o'rnini bosuvchi ne'matlar. O'rindosh tovarlar tushunchasi, mol go'shti, qo'y go'shti, mis, alyuminiy.

To'ldiruvchi tovarlar. To'ldiruvchi tovarlar tushunchasi, benzin, avtomobil, daftar, ruchka.

Talab va talab chizig'i. Talab, tovar narxi, talab chizig'i, talab konuni.

Taklif va taklif chizig'i. Taklif, tovar narxi, taklif chizig'i, taklif konuni.

Talabga ta'sir etuvchi omillar. Moda va didlar, iste'molchilar soni, iste'molchilar daromadi, o'rindosh tovarlar narxi, to'ldiruvchi tovarlar narxi, inflyasiyaning kutilishi.

Taklifga ta'sir etuvchi omillar. Texnologiya, resurslar narxi, soliqlar, dotasiyalar,ishlab chiqaruvchilar soni.

Bozor muvozanati. Talab chizig'i, taklif chizig'i, bozor muvozanati tushunchasi, muvozanat narx, muvozanat mahsulot miqdori, muvozanat nuqta.

Minimal va maksimal narxlar. Davlatning narx siyosati, minimal va maksimal narx tushunchalari, tovarlar taqchilligi tovarlar ortiqchaligi; chayqov bozori.

Talabning narxga ko'ra elastikligi. Elastiklik tushunchasi, narx elastikligi, narx elastikligini hisoblash formulasi.

Talab elastikligi turlari. Nuqtaviy elastiklik, yoysimon elastiklik, kesishgan talab elastikligi.

Talabni elastiklik koeffisienti qiymatiga ko'ra turlarga bo'linishi. Elastik talab, elastik bo'lmagan talab, birlik elastik talab, absolyut elastik talab, absolyut elastik bo'lmagan talab.

Talabni daromadga ko'ra elastikligi va tovar turlari. Daromadga ko'ra talab elastikligi tushunchasi, formulasi, normal tovarlar, kundalik tovarlar, past va oliy kategoriyali tovarlar, Giffen tovarlari.

Iste'molchi tanlovi. Extiej, naflik; umumiy naflik, naflik funksiyasi, chekli naflik, chekli naflikning kamayish konuni.

Befarqlik egri chizig'i. Befarqlik egri chizig'i, tushunchasi, befarqlik egri chiziqlar kartasi, befarqlik egri chiziqlar kartasining xossalari.

Byudjet chegarasi va byudjet chizig'i. Byudjet chizig'i tenglamasi, byudjet chizig'i, iste'molchining tanlov soxasi, byudjet chizig'ining yotiqlik burchagi va uning mazmuni.

Daromad samarasi va almashtirish samarasi. Byudjet chizig'i, byudjet chizig'ini narx bo'yicha o'zgarishi, byudjet chizig'ini daromad bo'yicha o'zgarishi, daromad samarasi tushunchasi, almashtirish samarasi tushunchasi, umumiy samara.

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish omillari. Ishlab chiqarish tushunchasi, ishlab chiqarish resurslari, ishlab chiqarish funksiyasi.

Ishlab chiqarishning asosiy ko'rsatkichlari. Ishlab chiqarish omilining yalpi mahsuloti, ishlab chiqarish omilining o'rtacha mahsuloti, chekli mahsulot.

Izokvantalar. Izokvanta tushunchasi, izokvantalar kartasi, izokvantalar kartasi xususiyatlari.

Individual talab va bozor talabi. Bozor tushunchasi, shaxs talabi va ularni qo'shish, bozor talabi tushunchasi.

Izokosta. Resurslar narxi, yalpi xarajat, izokosta tushunchasi, izokosta tenglamasi, izokosta chizig'ining yotiqlik burchagi va uning iktisodiy mazmuni, izokostaning o'zgarishi.

Ishlab chiqarish xarajatlari. Firmaning qisqa muddatli oraliqdagi faoliyati, firmaning uzoq muddatli orlikdagi faoliyati, o'zgarmas xarajatlar, o'zgaruvchan xarajatlar, umumiy xarajatlar.

Ishlab chiqarish xarajatlari turlari. Umumiy xarajatlar, o'rta xarajatlar, chekli xarajatlar.

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish omillari. Ishlab chiqarish tushunchasi, kapital, mehnat, materiallar.

Tadbirkorlik shakllari. Xususiy tadbirkorlik, mas'uliyati cheklangan jamiyat, aksionerlik jamiyati, qo'shma korxonalar.

Firmaning foydasi va daromadlari. Foyda, yalpi daromad, yalpi xarajat, o'rtacha daromad, chekli daromad.

Doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar. Doimiy xarajatlar tushunchasi, o'zgaruvchan xarajatlar tushunchasi, amortizasiya xarajatlari, ishchilar ish xaqi, xom-ashyo sarfi.

O'rtacha xarajatlar va ularni hisoblash. Ishlab chiqarish xajmi, o'rtacha o'zgarmas xarajatlar, o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar, o'rtacha umumiy xarajatlar.

Mukammal raqobatlashgan bozor. Shartlari, narxlarga ta'sir ko'rsata olmaslik, bozorga kirishning erkinligi, raqobatlashgan firma, raqobatlashgan firmaning talab chizig'i, bozor narxi.

Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanati. Firma foydasi, chekli daromad, chekli xarajat, firmaning muvozanat nuqtasi.

Firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig'i. Tovar narxi o'rtacha yalpi xarajatdan katta bulgan xol, firmaning bezarar ishlash nuqtasi, firmaning yopilish nuqtasi.

Raqobatlashuvchi firmaning foydasi va daromadlari. Foyda, yalpi daromad, o'rtacha daromad, chekli daromad.

2.4. Ishga tayyorgarlik

2.4.1. Adabiyotlarni tanlash

Fanga ta'luqli bo'lgan barcha turdagi adabiyotlarni va manbalarni ko'rib chiqish lozim.

- maxsus:

- ilmiy;


- ilmiy-ommabop;

- ma'lumotnomalar, shu singari statistik;

- umumiy.

2.4.2. Adabiyotlarni o'rganish va asosiy ma'lumotlarni yig'ish

Adabiyotlarni o'rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to'g'ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusi bo'yicha, unga mos tarzda tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan manbalarni qayta ko'rib asosiylarini qoldirishdir.

Manbalarni to'plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e'tibor berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma'lumotlar bugungi kundagi dolzarb hisoblangan muammolarni echishda unchalik ahamiyatli bo'lmay qoladi.

Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o'ziga eng ma'qul deb topgan ma'lumotlarni olgandagina olib borgan tadqiqoti samarali bo'ladi.
3. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi

Kurs ishi mavzusi tanlanib, unga ilmiy rahbar tanlanib, tasdiqlangandan so'ng, talaba ushbu mavzu bo'yicha adabiyotlar, ilmiy maqolalar, adabiy manbalari, hujjatlarni o'rganishga kirishadi.

To'plagan materiallar asosida ishning to'liq rejasi tuziladi.

Kurs ishi rejasi kirish, asosiy qism (3 yoki 4 ta bobdan paragrafdan iborat) xulosa (fikr-mulohaza va takliflardan iborat), foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalarni o'zichiga oladi.

Paragraflar nomi mavzu nomini takrorlamasligi kerak.

Kurs ishi titul varag'i yagona nusxa bo'yicha rasmiylashtiriladi (1-ilovaga qarang).

Titul varag'idan keyin ishning mundarijasi beriladi (tarkibiy tuzilishi). Bunda har bir

paragraflar nomi va varaqlar soni yoziladi. (2-ilovaga qarang).

Ishning kirish qismida ishning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarbligi, ilmiy,

amaliy va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni beriladi.

Asosiy qismda har bir paragraflarning to'liq mazmunini, statistik ma'lumotlarning iqtisodiy tahlillari qonuniy asoslari qo'yilgan muammolar bo'yicha iqtisodiy hisob-kitoblar, tashkilot va korxonalarning tajribalari, hozirgi vaqtdagi mavjud muammolar tahlili va ularni bartaraf etish yo'llari yoziladi.

Bularning barchasi qo'yilgan talablarga javob berishi, ish ilmiy, aniq, asoslangan xarakterga ega bo'lishi kerak. Har bir paragraflar qisqa xulosalar bilan tugallanishi kerak.

Kurs ishining asosiy qismi, ish umumiy hajmining 60 % ni tashkil qilishi kerak. Ishda izlanish ob'ektlarining tashkiliy va iqtisodiy xarakteristikalari, boshqaruv sxemalari va ularning bog'liqligi ko'rsatiladi.

Statistik ko'rsatkichlar, jadvallar, sxemalar, diagrammalr ko'rinishida beriladi va ular iqtisodiy tahlil etiladi, ular yuzasidan izohlar beriladi.

Ishda iqtisodiy ko'rsatkichlar bir necha yillar misolida tahlil etilishi, ular o'zgarishidagi tendensiyalar, qonuniyatlar va sabab oqibat bog'lanishlari ochib berilishi kerak.

Kurs ishining xulosa qismida ish yuzasidan barcha xulosalar umumlashtiriladi, o'z fikr-mulohazalari bildiriladi, amaliy taklif va tavsiyalar beriladi. Taklif va mulohazalar talabaning o'ziniki bo'lib, u ishda qayd etilgan takliflarni takrorlamasligi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida talaba kurs ishida foydalangan adabiyot va hujjatlarnigina keltirishi lozim.

Adabiyotlar ro'yxatini berishda hujjatlarni joylashishi va bibliografik yozuvlarning to'g'ri yozilishiga ahamiyat berish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini tuzishda ularni bir necha guruhlarga bo'lish tavsiya etiladi. Hujjatlarni va adabiyotlarni guruxlar bo'yicha joylashtirish misoli ilovada ko'rsatilgan.
4. Kurs ishini texnik rasmiylashtirish.
Ish standart A4 formatli oq qog'ozning faqat 1 yuzasiga yoziladi. Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan hoshiya qoldirilish kerak.

Chap tomondan – 30 mm;

Yuqoridan - 20 mm;

O'ng tomondan – 10 mm;

Pastdan – 25 mm.

Har bir varaq 10 mm, oraliqdagi 28-32 qatordan (satr) iborat bo'lishi, har bir satr 60-65 belgidan (tinish belgilar va oraliqlarni qo'shib hisoblaganda) va 3600 so'zdan iborat bo'lishi kerak.

Savollar (paragraflar) nomlari asosiy tekstdan oraliqlar bilan ajratiladi (10 mm).

Varaqlarni nomerlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan hoda 3-varaqdan (kirish) boshlab belgilanadi, ya'ni titul varag'i va mundarijadan so'ng.

Agar kurs ishida muallif ishga taalluqli bo'lgan iqtibos(sitata)lardan foydalansa, u holda iqtibos olingan manbaning o'ziga xos xususiyatlari to'liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuasiya, abzaslar joylanishi, shriftlar ajratilishi. Iqtiboslar matnning ichida berilsa, qoidaga muvofiq holda qo'shtirnoq “ ” ichiga olinadi. Iqtiboslarga havolalar matn ichida, satrlardan keyin va matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin berilishi mumkin.

Agar talaba iqtibos (sitata) bo'yicha havolalarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarga bersa, unda matnda bu adabiyotlarning tartib nomerlari ko'rsatilishi kerak.


5. Kurs ishini himoya qilish.
Kurs ishini himoya qilish kafedra tomonidan tayinlangan komissiyasining ochiq majlisida amalga oshiriladi.

Himoya talabaning o'z ishi yuzasidan tayyorlagan qisqa (10-12 daq.) ma'ruzasidan iborat. Ma'ruzada mavzuning dolzarbligi, foydalanilgan manbalarning xarakteristikalari, umumlashtirilgan xulosalar, muallifning bu masala yuzasidan qilgan fikr-muloxazalari va takliflari bayon etiladi. Illyustrasiya sifatida talaba oldindan tayyorlangan sxema, jadval, grafik, diagramma, rasmlardan foydalanishi mumkin. Dokladni tugatgach talaba komissiya a'zolarining savollariga javob beradi.



Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling