Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari
Mehnat unumdorligi o`zgarishining omillari
Download 32.86 Kb.
|
referat sevinch
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
3. Mehnat unumdorligi o`zgarishining omillari
Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko'rsatkichdir. U ko'pgina sabablar vaominar ta siridajloimiy ravishda o'zgarib turadi. Ulardan bir xil lari mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa, boshqalari uni pasaytirishga sabab bo lishi mumkin. Bundan tashqaris mehnat unumdorligi darajasi va o'sishiga mehnat jarayoni kechadigan sharoit ham ta’sir korsatishi mumkin. Shart-sharoitlar qulay bo'lsa, u yoki bu omilning ta'sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo'Isa, bu ta’siri zaiflashtiradi. Masalan, tabiiy iqlim sharoitlari qishloq xo'jaligidagi mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy ravishda ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari bilan bog’liq bo'lgan ijtimoiy shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan shart-sharoitlar boshqa teng sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta'sir ko’rsatishi mumkin. Korxonada mehnat unumdorligining oshishi quyidagi tarzda namoyon bo'ladi: 1. Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning sifati o'zgarmagan holdahajmi oshishi; 2. Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning hajmi o'zgarmagan holdasifati oshishi; 3. Ishlab chiqariladigan mahsult birligiga mehnat sarfining qisqarishi; 4. Mahsulot tannarhida mehnat sarflari ulushi kamayishi; 5. Tovarlar ishlab chiqarilishi va aylanishi vaqti qisqarishi; Foyda massasi va me'yori oshishi tarzida namoyon bo'ladi. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko'pgina omillar ta'sir qiladi. Omillar deb mehnat unumdorligining o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi.Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishigayordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. U o'z navbatida ishlab chiqarish ishtirokchilari bo'lgan insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Buiulan tashqari, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat qatnashchilari muayyan mehnat faoliyati natijasini qo’lga kiritishga intilishi bilan bir qatorda yetarli darajadagi mehnat qobiliyatiga, ishbilarmonlik va shijoatkorlik kabi zarur shaxsiy sifatlarga ega bo'lishlari, shuningdek, tadbirkor va hushyor bo’lishlari lozim. Mehnat unumdorligiga ta'sir ko`rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi: - mehnat natijalaridan moddiy va ma'naviy manfaatdorlik; - hodimlaming malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi sifati va umumiy madaniy-texnikaviy saviyasi; - mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi; -mehnat jamoalari o’z-o’zini boshqarishining rivojlanishi. Zahiralar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo'yicha zahiralariga va nobud bo’lish (bekorga sarflash)zahiralariga bo'linadi. Xulosa Mehnat unumdorlgini ishni tashkil etish va mehnat resurslaridan ish vaqtidan fogaydalanish ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq. Ishchilarni ish vaqti fondi ishchining yil davomida ishlagan kishi kunlar va kishi soatlari ko’rinishida hisobotlarda ifodalanadi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etish uchun ishchilar tomonidan ishlangan jami kishi kunlari va kishi soatlari rejasi bilan taqqoslanib, ish vaqtining yo’qotilishi va o’zgarish sabablari aniqlanadi. Mehnat unumdorligining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga hamda mahsulot tannarxining kamayishiga imkoniyat yaratadi. Mehnat unumdorigiga ta’sir qiluvchi mehnat omillarini o’rganish va tahlil qilish uni oshirish bo’yicha to’liq ishlatilmagan imkoniyatlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.R. BAKIYEV, S.N. XASHIMOVA, I.A. BAKIYEVA Тoshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2. Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G‘afiirov. “Iqtisodiyot nazariyasi” (darslik). Т ., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 3. B.Y. Xodiyev, SH. SH. Shodmonov Iqtisodiyot nazariyasi (Darslik) T.: ,,Barkamol fayz media” 4. B . Ruzmetov , B. A. Ibragimov, Sh .B. Ruzmetov, G. O’.Qurbonaliyev Download 32.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling