Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari
Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni o`lchash uslublari
Download 32.86 Kb.
|
referat sevinch
2. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni o`lchash uslublari
Shartli natural usul qo’llanilishi uchun qulaydir, chunki ko’pgina xixma-xil tovarlarning, xizmatlarning aylantrish koeffitsentlari yordamida ishlab chiqarishni qiyoslaydigan turga kirish mumkin. Masalan, un, non va makaron mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli kilogramiga aylantirish orqali ifodalash mumkin. Mehnat unumdorligini o’lchashning yana bir keng tarqalgan usuli mehnat usulidir. Mehnat unumdorligini mehnat usuli bilan o’lchashda mahsulot birligini ishlab chiqarish yoki tovar birligini sotishga doir normative vaqtdan foydalaniladi: pul ko’rsatkichlari bo’lgan so’mda hisoblanadi, u hajm ko’rsatkichlarini tegishli ulgurji narxlarga ko’paytirish bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligini o’lchashning qiymat usuli turli kasb va malakaga ega bo’lgan hodimlarning mehnat unumdorligi masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat unumdorligini taqqoslash imkonini beradi. Mehnat unumdorligi o’lchash usullarining har uchalasi ham o’z afzalliklari bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. Mehnat unumdorligini qiymat usulida aniqlash uchun foydalanilagan shartli sof mahsulot ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan xom-ashyo, butlovchi ashyolar, energiya, yoqilg’I va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni chegirib tashlanadi. Shu bilan birga bu ko’rsatkichlardan ish haqi asosiy fondlarning eskirishi va foyda chegirilmaydi. Bu yerda moddiy xarajatlar o’zgarishi barham toptiriladi, lekin foydaning salmog’I va amortizatsiyaning salmog’i ortadi. Ularning o’zgarishi esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarini birmuncha sohtalashtirishi mumkin. Mehnat unumdorligi aniqlashda foydalanilgan sof mahsulot ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan barcha moddiy xarajatlarni, shu jumladan amortizatsiya ajratmalarini ham chiqarib tashlash yo’li bilan hisoblasb chiqadi. Xarajatlarni va mehnat unumdorligini hisoblashda avvalgi mehnat xarajatlarining sohtalashtiruvchi ta’siri to’la-to’kis barham toptiriladi, lekin foydaning salmog`i jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun turli mahsulot xillarining turlicha foydaberish sharoitida aynan foyda sof mahsulot va mehnat unumdorligini ko’rsatkichlarini sohtalashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda olingan foyda darajasi muhim farqlar yo’qligi tufayli sof mahsulot usulini mahsulot hajmlari va mehnat unumdorligini aniqlash uchun batamom maqbul deb hisoblaydilar. Lekin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof mahsulot ko’rsatkichi Tovar yoki yalpi mahsulot ko’rsatkichlariga nisbatan narxlarning tebranib turishi ancha ta’sir ko’rsatadi. Mehnat unumdorligini aniqlashdafoydalaniladigan normatisv sof mahsulot ko’rsatkichi sof mahsulot ko’rsatkichdan farqli o’laroq normative ish haqqini va unga qo’shib yozilgan haqqa, shuningdek o’rtacha tarmoq foydasini o’z ichiga oladi. Shuning hisobiga mahsulot har xil turlarining turlicha foyda keltirishiga barhamberadi. Ushbu usulni qo’llanish tajribasida muayyan qiyinchiliklar va kamchiliklar vujudga keladi. Download 32.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling