Asosiy tayanch tushunchalar
Moliya — pul mablag’larining harakati, ya’ni ularning shakl-lanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog’liq bo’lgan munosabatlardir.
Moliya tizimi — moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshi-rishga xizmat qiluvchi turli darajadagi moliyaviy muassasalardir.
Davlat byudjeti — davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta’-minlash manbalariningtartiblashtirilgan rejasi.
Byudjettaqchilligi — byudjetxarajatlariningdaromadlar qis-midan ortiqcha bo’lishi natijasida vujudga kelgan farq.
Davlat qarzlari — byudjet taqchilligini qoplash maqsadida davlat tomonidan tashqi va ichki mablag’lardan qarzga jalb qilin-gan moliyaviy resurslar.
Davlat qarzlari qator yillarda surunkali byudjet taqchilligi natijasida vujudga keladi.
Soliqlar — davlatning markaziy va mahalliy hokimiyat organ-lari tomonidan huquqiy va jismoniy shaxslar daromadnining bir qismini byudjetga jalb qilish shaklidir.
Soliq stavkasi — soliqsummasiningsoliqolinadigan summa-ga nisbatining foizdagi ifodasi.
Loffer egri chizig’n — davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o’rtasidagi bog’liqpikning fafikda tasvirlanishi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo’g’inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat byudjetining o’rni qanday?
O’zbekiston davlat byudjetimablaьlarining shakllanish va taqsimlanish xususiyatlari to’g’risida mulohaza yuriting.
Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rolь o’ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini tushuntiring.
Soliqlarni iqtisodiy mohiyatini tushuntirng va uning turlarini asosiy vazifalarini ko’rsating.
O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini islox qilish qanday yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |