Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi


FAN MAVZULARI VA SEMINAR MASHG’ULOTLARI MAZMUNI


Download 0.52 Mb.
bet2/50
Sana01.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1240552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Iqtisodiyоt nazariyasi

FAN MAVZULARI VA SEMINAR MASHG’ULOTLARI MAZMUNI


I. BO’LIM. IQTISODIY TARAQQIYOTNING UMUMIY ASOSLARI


1-Seminar mashg’uloti
MAVZU: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


Seminar mashg’ulotining rejasi:
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi. Iqtisodiyotning doimiy muammolari.
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanish jarayoni: merkantalizm, va marjinalizm, Angliya klassik iqtisodiy maktabi. Marksizm va marjinalizm.
3. Xozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.
4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy xodisa va jarayonlar.
5. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar). Iqtisodiy qonunlar tizimi.
6. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatidagi vazifalari va boshka ijtimoiy va iqtisodiy fanlar bilan funktsional bog’liqligi. Iqtisodiyot nazariyasi- barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi ekanligi. Xozirgi zamon iqtisodiy tafakkurning shakllanishida.
7. O’zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish muammolarini bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanining axamiyati.

Seminar mashg’ulotining maqsadi


Talabalarda insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishida dastlabki iqtisodiy fikrlar va merkantalizm namoyondalarining tushunchalari, klassik siyosiy iqtisod namoyondalari davri, siyosiy iqtisod, ekonomiks va iqtisodiyot nazariyasi fanning predmeti va bilish uslublari haqidagi tushunchalarni shakllantirishdan iborat.
SHuningdek, moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chikarish, taqsimlash va ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar. Iqtisodiy rag’batlantirish va iqtisodiy mexanizmlar, iqtisodiy qonunlar va jarayonlarni ilmiy bilishning dialektik printsiplari. Iqtisodiy xodisalarni o’rganish usullari: ilmiy abstraktsiya, induktsiya va deduktsiya, emprik usul va farazlardan foydalanish. Mikro va makroiqtisodiy taxlil. Iqtisodiy taxlilda matematik, statistik va grafik usullardan foydalanish. Pozitiv va normativ usullar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekistonning 2009 yildagi iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2010 yildagi iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustivor yo’nalishlarini o’rgatishdan iborat.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling