Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 0.52 Mb.
bet14/50
Sana01.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1240552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
Iqtisodiyоt nazariyasi

Asosiy tayanch tushunchalar


O’tish davri — bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari — bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar — iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad — turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish — nima va qancha ishlab chiqarishni, qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o’zi belgilashi uchun imkon berish. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar kontseptsiyasi — ijtimoiy—iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo’nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo’llarining umumiy g’oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish — tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jaxon tajribasida sinalgan asosiy yullari (modellari)ni ta’riflab bering.Ularning umumiy va uziga xos tomonlarini ko’rsating.

  2. O’zbekistonnning bozor munosabatlariga utish yuli qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini islox qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?

  3. Bozor munosabatlarini boskichma bosqich qaror toptirish printsipining mazmunini batafsil tushuntiring. Xar bir boqichning maqsad va vazifalarini to’laroq bayon qiling.

  4. Respublika iqtisodiyotni islox qilish qanday yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi. Xar bir yo’nalish bo’yicha o’zingizning fikr muloxazalaringizni bildiring.

  5. Bozor munosabatlariga o’tishda iqtisodiy isloxotlar o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yadi. Bu vazifalarning tularoq tavsifini bering.

  6. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning yetakchilik faoliyati nimadan iborat ekanligini tushuntirib bering.

  7. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning qanday davlat dasturlarini bilasiz? Ular bir birlari bilan qanday boьg’langanligini tahlil qiling.

  8. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloxotlarning chukurlashtirishning mazmunini tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yadi?

  9. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini bayon qiling. Mulkka egalik qilish, undan foydalanish va mulkni tasarruf qilish tushunchalarini izohlang.

10. Mulkchilikni iqtisodiy va huquqiy mazmuni nimadan iborat? Mulkchilik qachon «xuquqiy»kategoriya sifatida qoladi?
11. Mulk ob’ektlariga tushuncha bering va ularning asosiy turlarini sanab kursating. Mulk sub’ektlarini ta’riflang. Kimlar mulk sub’ektlari bo’lib, chiqishi mumkin?
12. Xususiylashtirish tushunchasining mazmunini ta’riflang. Xususiylashtirish qanday usullarda amalga oshiriladi?
13. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish asosida qanday nodavlat mulk shakllari vujudga keltiriladi?
14. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? Bu jarayonlarning hozirgi bosqichidagi xususiyatlari nimalardan iborat?

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling