Asosiy tayanch tushunchalar
Talab — tovar va xizmatlarning ma’lum gurlarni istemolchi ma’lum vaqtda narxlarning ma’lum darajasida sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyojdir.
Talab egri chizig’i — grafikda narx va talabning hajmi o’rtasidagi teskari bog’liklikni ko’rsatadi.
Talab qonuni — tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlikni ifodalaydi.
Taklif — ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bo’lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.
Taklif egri chizig’i — narx va taklifning hajmi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikning grafikdagi tasviridir.
Taklif qonuni — narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bevosita yoki to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ifodalaydi.
Taklif (talab) ning egiluvchanligi — narx 1 foiz o’zgarganda talab necha foiz o’zgarishini ko’rsatadi. Bu talabning narx bo’yicha o’zgaruvchanligi ham deyiladi.
Daromad samarasi — narx pasayganda iste’molchi pul daromadlarining sotib olish layoqatining ortishidir.
Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan xar biri o’zgarsa, talab egri chizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi?
Taklif konunini tushuntiring. Taklifga kanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan xar biri uzgarsa, talab egri chizigida kanday uzgarish ruy beradi?
Don birjasida bug’doyga bo’lgan talab va taklifning umumiy xajmi kuyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi deb faraz kilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |