Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 0.52 Mb.
bet12/50
Sana01.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1240552
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
Iqtisodiyоt nazariyasi

Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor qitisodiyotining amal qilinishi tartibga solishda va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishda qo’llaniladigan dastak va vositalar ya’ni muruvatlar to’plamidir.
Bozor- ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor sub’ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.

Darsning mazmuni.


Bozor tovar ishlab chiqarish va muomala qonuni asosida tashkil etilgan ayirboshlashda, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida tovar-pul munosabatlari asosida amalga oshadigan murakkab mexanizmdir. Bozor iqtisodiyotining mohiyatini anglash uchun uning asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz.
Bozor iqtisodiyotiga erkinlik xos bo‘lib, uni mulkchilik shakli ta’minlaydi. Bunda iqtisodiyotda xususiy mulk, jamoalar mulki va davlat mulki mavjud bo'lih, u yoki bu mulkning monopoliyasi bo‘lmaydi.
Barcha mulklar teng, ular cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulkchilikning asosini xususiy mulk tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat erkin amalga oshadi, bir-birlari bilan olib boriladigan iqtisodiy aloqalar ham erkin bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagina raqobat kurashi amal qiladi. Bozor iqtisodiyotida faqat raqobat emas, manfaatlar uyg‘unlashgan sharoitda hamkorlik ham yuz beradi.
Bozor iqtisodiyotining o'ziga xos rivojlanish mexanizmi bor, u iqtisodiy qiziqishga kishilami to‘q va xotiijam manfaatlarini yuzaga chiqarishga asoslanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmidir.
Bozor sharoitiga xos belgilardan yana hiri erkin narxlarnmg bo'lishi va hamisha narxni hisobga olib, foyda zarami nazarda tutgan holda ishlashdir. Bozor iqtisodiyoti taqchilsiz iqtisod hisoblanadi. U kishilar oladigan daromadni cheklab qo'ymaydi.
Bozorda tovarlar emas, balki xizmat ko'rsatishlar ham taklif etiladi. Bozorning turlari shartli ravishda quyidagi sinflarga ajratiladi. Ularning ba’zilarini ко‘rib chiqamiz.

  1. Geografik joylashishiga qarab:

  • mahalliy bozor - shahar yoki qishloqdagi hozorlar;

  • milliy yoki ichki hozor - bu ma’lum bir davlatning bozori hisoblanadi;

  • mintaqaviy bozor - bu har xil davlatlar bozori va uning birlasbmalari hisoblanadi.

Masalan: Evropa iqtisodiy hamkorligi, Markaziy Osiyo mintaqasi, Arab davladari birlashmasi va h.k.

  1. Faoliyat ko'rsatish, darajasiga qarab:

  • asosiy bozor - bunda ishlab chiqarilgan tovarlarning asosiy qismi sotiladi;

  • qo'shimcha bozor - mahsulotlaming birqismi sotiladi; samarasiz bozor - vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatadi;

  • salohiyatli bozor - ma’lum sharoitdagina rivojlana oladigan bozor;

  • sust bozor - yashashi yoki yashamasllgi noma’lum bozor.

  1. Mahsulotlaming sotilish turiga qarab:

  • ulgurji bozor;

  • chakana hozor.

  1. Tovarlar bilan ta’minlash darajasiga qarab:

  • muvozanatli bozor;

  • muvozanatsiz bozor;

  • taqchil bozor.

  1. Qonunga qarab:

  • qonuniy bozor;

  • xufiya bozor.

  1. Raqobat kurashiga qarab:

  • erkin raqobat bozori; .

  • monopolistik bozor; oligopolik bozori;

  • sof monopolistik bozori.

  1. Tarmoq turiga qarab:

  • avtomobil bozori;

  • kompyuter bozori;

  • samolyot bozori va hokazo.

  1. Mazmuni va ishlatilishiga qarab:

-iste’molchilar bozori
-xizmat ko‘rsatish bozori
-uy-joy bozori
-isb kuchi bozori (mehnat hozori).
-investisiya bozori
-innovasiya bozori


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?

  2. Klassik va xozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va farqlarini tushuntirib bering.

  3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

  4. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy vazifalarini ko’rsating.

  5. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab ko’rsating.

  6. Etuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling