Asosiy tayanch tushunchalar
Natural ishlab chiqarish — bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish — bunda tovarlar o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Tovar — biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.
Naflilik — tovarlarning kishilarning biron-bir iste’molini qondirish layoqati.
Almashuv qiymati — bu biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.
Aniq mehnat — muayyan aniq shaklda sarflanib iste’mol qiymatlarning aniq turkni vujudga keltirishga qaratilgan mehnat.
Abstrakt mehnat — aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Mehnat unumdorligi — ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi.
Mehnat intensivligi — vaqt birligida mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
Pul — hamma tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalentdir.
Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori qanday omillarga bog’liq?
Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
Katta giperinflyatsiya qanday qilib turg’unlikka olib kelishi mumkinligini tushuntiring.
Kreditni nima zarur qilib qo’yadi? Kredit tushunchasining mazmunini bayon qiling.
Kreditning asosiy turlarini sanab ko’rsating va ularning tavsifini bering. Kredit qanday vazifalarni bajaradi?
Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko’rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |