Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi
Download 0,52 Mb.
|
Iqtisodiyоt nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik usul
- Mulkni tasarruf etish
- Xususiylashtirish
Ishlab chiqarish usuli — ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar — ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar — bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga qeladigan munosabatlar. Texnologik usul — mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. Mulkchilik munosabatlari — bu mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish, undan foydalanish va o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Mulkdan foydalanish — bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi. Mulkni tasarruf etish — bu mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish — mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishining ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Mulk ob’ektlari — bu mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari — bu mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari. Xususiylashtirish — mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi. Davlat tassarrufidan chiqarish — bu davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Download 0,52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling