“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
2.2.3-jadval
“Uch tom” Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalarining yaroqlilik darajasining tahlili.(ming so„m) 24 Ko‗rsatkichlar 2014 y 2015 y 2016 y 2016 y 2014 y.ga nisbatan 24 ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasining moliyaviy ma‘lumotlari asosida muallif tayyorladi. Ming so‗mda % Asosiy vositalarning boshlangich kiymati 3 708 112.5 3 893 518,2 3 743 989,2 -149 529 96.2 Asosiy vositalarning eskirish qiymati 2 458 016.5 2 580 917,4 2 695 179,2 114 261.8 104.5 Asosiy vositalarning qoldiq qiymati 1 250 096 1 312 600.8 1 048 810 -2637 90.8 125.1 Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi % da (3:1) 33.7 33.7 28 -5.7 - 2.2.3-jadval ma‘lumotlariga ko‗ra, korxonada asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi 2014 yilda 33.7% ni tashkil qilgan bulsa, bu ko‗rsatkich 2016 yil oxiriga kelib 28 % ni ko‘rsatgan. Ya‘ni 5.7 % ga pasaygan. Bu ko‗rsatkichning past bulishligi korxona asosiy vositalari tarkibida eskirgan asosiy vositalar mavjudligidan dalolat beradi. Korxonada asosiy vositalarning qoldiq qiymati 2014 yilda 1250096 ming so‗mni, 2016 yilda esa 1048810 ming so‗mni tashkil qilgan. Asosiy vositalarning yaroqliligi 28 foizni tashkil etishi korxona rahbarlarini o‗ylantiradigan holdir, chunki asosiy vositalar tarkibini vaqtida yangilash choralari ko‗rilmasa texnologiya eskirib xizmat ko‘rsatish hajmi keskin kamayishi mumkin. Natijada korxonaning moliyaviy holati yomonlasha boradi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‗rsatkichlari sifatida bitta ishchiga to‗g‘ri keladigan mehnat vositalari, bir ish o‗rniga to‗g‗ri keladigan asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‗rsatkichlarini o‗rganish asosida to‗ldiriladi. Ya‘ni, korxona faoliyatiga faqat miqdor ko‗rsatkichlar orqaligina emas balki sifat ko‗rsatkichlarini ham o‗rganish asosida baho beriladi. Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki qo‗shimcha qurish, qo‗shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar obektining o‗zgarishi, amalga oshirilgan ishlar ko‗lami va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo‗lgan ishlar kiritiladi. Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‗zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo‗yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar obektlarini qayta qurish kiritiladi. Modernizatsiya qilishga ilg‗or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma‘nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo‗lganlari bilan almash tirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini oshirish bo‗yicha chora- tadbirlar majmuasi kiradi. Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish ularni ta‘mirlash 3 xil ko‗rinishda, ya‘ni joriy, o‗rtacha va kapital tarzda amalga oshiriladi. Joriy ta‘mirlash – asosiy vositalar obektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta‘mirlashdir. O‗rtacha ta‘mirlashda ta‘mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. Uskunalar va transport vositalarini kapital ta‘mirlash – agregatni to‗liq ajratib yig‗ish amalga oshiriladigan ta‘mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta‘mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‗ish, sozlash va sinab ko‗rishdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling