“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
III bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar hisobi va
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
III bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar hisobi va
tahlilini takomillashtirish 3.1. «Uch tom» Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalar hisobini takomillashtirish. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida iqtisodiyot taraqqiyot sari ilgarilab bormoqda. Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida muxtaram yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, ‖Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni islox etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta‘siridan ximoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi . Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar ham ishlab chiqarishning muhim omili sifatida xizmat qiladi. Ularni xisobini oqilona tashkil etish xam muxim axamiyatga ega. Ba‘zi korxonalarda asosiy vositalarni xisobga olishda asosan avvaldan foydalanib kelinayotgan usullar qo‘llaniladi, ayniqsa, asosiy vositalarga amortizatsiya xisoblashda amortizatsiya xisoblashning bir tekis, ya‘ni to‘g‘ri chizikli usulidan foydalaniladi. Bizningcha endi asosiy vositalarning xususiyatidan kelib chiqib, amortizatsiya xisoblashning bajarilgan ish xajmiga mutanosib amortizatsiya xisoblash usuli, yoki tezlashtirilgan, kamayib boruvchi qoldiq yoki, kumulyativ usullarini ham qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bundan tashqari uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning amortizatsiyasini xam ma‘lum xususiyatlariga qarab xisoblashni yo‘lga qo‘yish kerak. Obodonlashtirilgan yerning eskirishi schyoti ajratilagn lekin adabiyotlarda uning qaysi xususiyatiga qarab qanday tartibda amortizatsiya xisoblash tartibi ko‘rsatilmagan. Bizningcha mazkur masalani xam buxgalteriya xisobini va amortizatsiya xisoblash tartibini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ko‗p yillik ekinlar amortizatsiyasini xisoblash tartibi xaqida xam iqtisodchi olimlarning aniq tavsiyalari ishlab chiqilmaganligi asosiy vositalar amortizatsiyasi borasida xali yechimini kutayotgan muammolarning mavjudligidan dalolat beradi. Asosiy vositalarni xolatini, samaradorlik ko‗rsatkichlarini taxlil qilishdan maqsad asosiy vositalardan imkon darajada unumlirok foydalanish va ularning samaradorlgini oshirish hisoblanadi. Asosiy vositalarning samaradorlik ko‗rsatkichlari va ularning o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillaridan biri fond qaytimi xisoblanadi. Fond qaytimini oshirish imkoniyatlari. Fond qaytimini oshirish imkoniyatlarini umumlashtirish tahlil etish bosqichining yakuni xisoblanadi. Unda tahlil etish natijalaridan kelib chiqqan xolda korxonada asosiy vositalarning samaradorligini oshirishning yo‘nalishlari belgilanadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling