“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
Xulosa va takliflar O‗zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashuvi bilan turli mulkchilikdagi korxonalar, kichik va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatlarini rivojlantirish uchun uzoq muddatli aktivlar, xususan asosiy vositalarning texnik holati, samaradorligi, fond qaytimi va ularni auditini tashkillashtirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Mamlakatimizning buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo‗yicha yetakchi tadqiqotchilarining ilmiy ishlarida uzoq muddatli aktivlarni asosiy qismini tashkil etuvchi asosiy vositalar hisobi keng qamrovda ko‗rib chiqilgan. Suv xo‗jaligi tashkilotlari o‗zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek, ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat‘iy nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo‗lgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi. Buxgalteriya hisobi oldiga qo‗yilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda shuni ta‘kidlash zarurki, asosiy vositalarni hisobga olishda ayniqsa ularni kirimini rasmiylashtirish, baholash va tegishli hujjatlarda qayd etish masalalariga katta e‘tibor qaratmoq lozimdir. Ushbu mavzu borasida izlanish olib borish davrida ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilining xozirgi zamon muammolari ko‗tarilib, ularni bartaraf qilishda tegishli taklif, tavsiya, fikr va xulosalar bildirildi. Ulardan birinchisi, asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilining nazariy asoslarini o‗rganib, bu boragi takliflarni keltirish, ikkinchisi, suv xo‗jaligi tarmog‗ida uning o‗ziga xos ishlab chikarish xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlil qilishning takomillashtirish natijasida samaradorlikka erishishdir. Keltirilgan fikrlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida olib borilayotgan hisob siyosatida buxgalteriya xisobi turlarining tutgan o‗rni va axamiyati bir xil emas va ularni o‗rnini belgilovchi ko‗rsatkich bo‗lib, tarmoq ishlab chikarishining o‗ziga xos xususiyati xizmat kiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xisobda o‗ziga xoslikka ega bo‘lgan asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilining nazariy va uslubiy masalalari bo‘yicha olib borilgan ishlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Suv xo‘jalik tashkilotlarini modernizatsiya qilish asosida ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizim boshqarmasining samaradorligini yanada oshirishda korxonadagi mavjud asosiy vositalarni xarakatini to‗g‗ri hisobga olish, ularga eskirish hisoblashni o‗z vaqtida amalga oshirish, foydalanishga yaroqsiz bo‗lgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va asosiy vositalar hisobini takomillashtirishga e‘tiborini qaratishi lozim; 2. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizim boshqarmasida mavjud asosiy vositalar ma‘naviy va jismoniy eskirgan (korxona 2003 yilda tashkil etilgan). Shuni hisobga olgan holda korxonadagi asosiy vositalar bazasini yangilash, mavjud asbob-uskunalarni lizing shartnomalari asosida yangilash; 3. Asosiy vositalar harakati to‗g‗risidagi hisobot shakli bugungi kunga kelib moliyaviy hisobotlar qatoridan olib tashlandi. Bizning fikrimizcha ushbu hisobot shakli xammada tuzilishi maqsadga muvofiq bo‗lar edi, chunki u orqali asosiy- vositalarni yangilash darajasi qilinadi. 4. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlil qilish jarayonidagi tavsiflashni qayta ko‗rib chiqish lozim. 5. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilini to‗g‗ri tashkil qilish va ularning o‗ziga xos tashkiliy– texonologik xususiyatlarini hisobga olishni taqozo qiladi. Bitiruv malkaviy ishda ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasining o‗ziga xos tashkiliy-texnologik xususiyatlari ochib berildi va asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilini to‗g‗ri tashkil qilish bilan bog‗lik xarajatlarini hisobga olishning o‗ziga xos xususiyatlari ochib berildi va asoslanildi. 6. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilini to‗g‗ri tashkil qilishda xarajatlarni tejash va maqsadga muvofik sarflashni va buning ustidan nazoratni tashkil etish uchun zarur ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va ularni rahbar hamda mutaxassislarga yetkazib berishda korxona amal qilayotgan asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilini to‗g‗ri tashkil qilish usulini to‘g‘ri tanlash aloxida ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Qilingan xulosalar va keltirilgan takliflar bizning fikrimizcha, ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasining buxgalteriya xisobini yanada takomillashishiga yordam beradi deb, hisoblaymiz va bu moliyaviy hisob ma‘lumotlaridan foydalanuvchilar uchun zarur ma‘lumotlar bilan yanada to‘lik va ishonchli ta‘minlanishlariga yordam beradi. Keltirilgan takliflarni suv xo‗jalik tashkilotlarining boshqaruv hisobida qo‘llanishi tashkilot faoliyatini rivojlantirish bilan bog‗lik tegishli qarorlarni to‗g‗ri qabul qilinishini ta‘minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling