“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


IV bob. «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasida hayot faoliyat xavfsizligi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

IV bob. «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasida hayot faoliyat xavfsizligi 
Hayot-faoliyati va mehnatning shakllari xilma xildir. Ular turmushda, 
jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa xayot soxalarida 
kechadigan amaliy, aqliy va ma‘naviy jarayonlarni o‗z ichiga oladi. Faoliyat 
jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash 
mumkin, ya‘ni bir-biri bilan to‗g‗ri va qaytma aloqada bo‗ladigan inson va muhit 
elementlaridir. 
Ko‗ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, ta‘sir va boshqa jarayonlar 
xavflar deb ataladi. Xavflar yashirin (potensial) va real turlarga ajratiladi. Xavflar 
uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: xayotga taxlika, sog‗likka zarar, inson 
a‘zolari ishlashining qiyinlashishidir. 
Tajriba shuni ko‗rsatadi, har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu 
tasdiqlanish aksiomal xarakterga egadir va bir vaqtning o‗zida tan olinadiki, xavf 
(tavakkal) darajasini boshqarsa bo‗ladi, ya‘ni kamaytirsa bo‗ladi. Bu tasdiqlanish 
esa ma‘qul bo‗lgan tavakkal konsepsiyasiga olib keladi. U absolyut xavfsizlikga 
erishib bo‗lmasligini tushunishga asoslanadi. Xavfsizlik - bu faoliyatning holati 
bo‗lib, ma‘lum ehtimolikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir. 
Xavfsizlik - bu insonlar oldiga ko‗yilgan maqsaddir. Hayot faoliyati xavfsizligi esa 
maqsadga erishishning vosita, yo‗l va usullaridir. ―Hayot-faoliyat xavfsizligi‖ - 
xavflar va ulardan himoyalanishni o‗rganadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson 
faoliyatidir.Insonning hamma faol harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda 
hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi.HFX fanining diqqat markaziga 
qo`yilganmaqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi roli. 
Faoliyat-insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli sharoitga 
aytiladi. 
Xavfsizlik – bu ayrim ehtimollarga asoslanib paydo bo`ladigan xavf hatarlarni 
istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavflar-yashirin (potentsial) va haqiqiy bo`ladi. 
Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo`lishi lozim. Bu shartlar 


sabab deb ataladi. Hayot faoliyatining xavfsizligining maqsadi xavf-xatarlarni 
o`rganish va insonni himoya qilishdan iborat harakatlar majmuidir. 
Mehnat havfsizligi – mehnat sharoitining shunday holatiki, unda 
ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan. 
Ishlab chiqarish sharoitida insonga jarohat etkazilishi bu fizikaviy va 
kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi. 
Mehnat 
sharoitining 
yaxshilanishi 
ijtimoiy 
natijalarga-ya'ni 
mehnatkashlarning sog`lig`ini yaxshilash, o`z ishidan mamnunlik darajasini 
oishirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faoliyatini 
oshirishga olib keladi.Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan korxona 
ekspluatatsiyasiga tushirilmasligi kerak.O`zbekistonda mehnat muhofazasi ko`plab 
qonun chiqaruvchi rasmiy hujjatlar bilan belgilab qo`yilgan bo`lib, tartibga solib 
va boshqarib turiladi. O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida, mehnat haqidagi 
qonunlar asoslarida mehnat muhofazasiga oid asosiy nizomlar keltirilgan. 
Korxonalarda sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat 
ahamiyatiga molik ishdir. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlatimiz fuqarolari
millati va irqidan qat'iy nazar, teng huquqlidirlar. Ayollarga erkaklar bilan teng 
huquqi berilgan. Sharoiti og`ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan 
foydalanish ta'qiqilanadi. Homilador ayollarning tunda va ishdan tashqari vaqtda 
ishlashlari cheklangan. Homilador ayollarga bola tug`ilishidan oldin 70 kun, 
tug`ilishdan 56 kun ta'til beriladi. 2 va undan ortiq bola tug`ilsa yoki tug`ilish 
me'yorli bo`lgan hollarda70 kun ta'til beriladi. Hozir haq to`lanadigan ta'til vaqti 2 
yilgacha, o`z hisobidan olinadigan ta'til 3 yilgacha cho`zilgan.Homilador ayollar 
yengil ishlarga yoki to`liqmas ish joylariga o`tkaziladilar. 16 yoshga to`lmagan 
yoshlarni ishga qabul qilish ta'qiqlangan. 
Fuqarolar muhofazasi- umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo`lib, u har 
qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, xalq xo`jaligi tarmoqlarini muhofaza 
qilishda, ularning muttasil ishlashini ta'minlashda hamda qutqarish va tiklash 
ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Favqulodda vaziyat -ma'lum 


hududda yo`z bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida 
kishilarning o`limiga, salomatligiga, tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli 
moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib 
keladigan holatdir. 
Favqulotda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof 
tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda 
odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki 
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida 
muayyan hududda kelgan vaziyat. 
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko`ra (kelib chiqish manbaiga ko`ra): 
1. Tabiiy tusdagi FV; 
2. Texnogen tusdagi FV; 
3. Ekologik tusdagi FVlarga bo`linadi. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqoralar hayoti va salomatligini 
muhofaza qilish, 
Favqulodda vaziyatlar yo`z berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda 
zararini kamaytirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishni tashkil 
etish va uning faoliyatini ta'minlash, fuqaro muhofazasiga javob beradigan barcha 
shart- sharoitlar korxonada ko`rib chiqilgan. Yonuvchi modda bilan havodagi 
kislorodning o`zaro ta'siri natijasida juda tez kechuvchi va ko`pmiqdorda issiqlik 
ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Shuni aytish kerakki, 
havodagi kislorod miqdori 15 % dan yuqori bo`lgandagina oksidlovchi vazifasini 
bajara oladi, undan past konsentrasiyadaesa yonish sodir bo`lmaydi. 
―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasi binolarida ishlovchilarni mehnat 
muxofazasi – ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobilyatini 
oshirishni ta‘minlovchi qonunlar sistemasi hamda ularga muvofiq keladigan
sotsial - iqtisodiy, tashkiliy texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi 
tadbirlari hamda vositalari. 


Binolarda to‗liq zararsiz va xavfsiz ishlash uchun sharoit yaratish mumkin 
emas. Shu sababli mehnat muhovazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab – 
chiqarish omillarining ishlovchilarga ta‘siri eng kam darajaga keltirishga imkon 
beradigan chora - tadbirlarni ko‗rishdan, xodimlarning shikastlanishini oldini
olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulayliklarni 
yaratishdan iborat. 
Uch tom irrigatsiya tizimi boshqarmasi binolarida ishlovchilarni 
jarohatlanish 
va 
kasallanishlarning 
barcha 
sabablarini 
shartli 
ravishda 
quyidagilarga birlashtirish mumkin texnik, tashkiliy sanitariya – gigienik, 
psixofiziologik, iqtisodiy va xodimning aybi bilan yuz beradigan kasalliklar. 
Texnik sabablar: uskuna va moslamalarning, to‗siq qurilmalarning tormoz 
sistemasining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik sistemaning zich emasligi 
tufayli kelib chiqadi. 
Tashkiliy sabablar: ish joylarining uskuna moslama va yordamchi asboblar 
bilan etarli ta‘minlanganligi, yuk ko‗tarish vositalari, bog‗lab qo‗yuvchi 
moslamalarning yo‗qligi, yo‗l yo‗riqning o‗z vaqtida berilmaganligi va mehnat 
muhovazasi bo‗yicha o‗qitish ishlarining sust olib borilganligi, mexnat xavfsizligi 
bo‗yicha ko‗rsatmalari yo‗qligi, xodimlarlarning o‗z vaqtida maxsus kiyimlardan 
bilan ta‘minlanganligi, dam olish va mexnat qilish tartibini buzilishi tufayli kelib 
chiqadi.
Ruxiy xolat sabablariga: ishning hamisha bir xilligi, qattiq jismoniy mexnat 
tufayli zo‗riqishi kishi organizmiga ish joyining ruxiy analitik, fiziologik jixatdan 
mos kelmasligi, charchashi, jamotchilik orasidagi nosog‗lom muxit tufayli kelib 
tushadi.
Iqtisodiy sabablari: mehnat muhovazasi masalalariga sovuqqonlik bilan 
qarash, shuningdek oylik maoshlarini o‗z vaqtida bermaslik va xodimlarlarining 
yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga 
etarli mablag‗ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi.
Xodimlarning aybi bilan sodir bo‗ladigan baxtsiz xodisalar qatoriga 
xodimlarning intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi.. 


Baxtsiz xodisalar va kasbiy kasallanishlar natijasida jarohatlanuvchi ziyonni 
qoplash. 
Xodimlar va xizmatchilar mexnat vazifalarini bajarish paytida ularning 
sog‗lig‗iga ziyon keltirilsa yoki mayib bo‗lib qolsa, moddiy javobgarlik to‗liq bank 
zimmasiga yuklanadi. 
Ish bilan ta‘minlovchilar tomonidan xodimlarlarni mehnat vazifalaridan 
foydalanishda ularni shikastlanishi kasbiy kasallanish yoki salomatligiga boshqa 
keltirilgan ziyonni qoplash O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
1994 yil 1 fevralda (48 sonli) ―Qoidalar‖iga asosan amalga oshiriladi. 
Jarohatlanuvchiga bank tomonidan to‗lanadigan pulning miqdori jabrlangan
odamning o‗rtacha oylik ish haqiga bog‗liq, uni kasbiy qobiliyatini yo‗qotganlik 
darajasi (TMEK) – tibbiy mehnat ekspert komissiyasi va va kasaba uyushmasi 
qoshidagi mehnatni muhovaza qilish komissiyasi xulosasini xisobga olgan xolda 
ma‘muriy tomonidan belgilanadi. Mehnat mayibligi tufayli belgilangan nogironlik 
nafaqasining miqdori – qoplash uchun ajratilgan mablag‗ hisobidan olinadi. 
Yong‗in xavfsizligi: Yong‗innig sabablari va oldini olish chora – tadbirlari. 
Yong‗in – maxsus manbada bo‗lmagan va moddiy zarar keltiruvchi nazoratsiz 
yonishdir. 
Xo‗jalikda yong‗inga quyidagilar isitish pechlarini qurish yoki ishlatish 
qoidalarini buzish ishlab chiqisharishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan 
ishlatish, kerasinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto‗g‗ri 
o‗rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish ya‘ni, yashin yoki statik 
elektr razryadlar, mashinalar va ishlab chiqarish jixozlarining nosozligi hamda 
ularni ishlatish koidalariga rioya etmaslik, elektr kurilmalaridagi qisqa tutashuvlar 
yoki ularni erga ulanib qolishi, elektr ishlarida nagruzkaning yo‗l qo‗yilmaydigan 
darajada ortib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, yong‗inning o‗z-o‗zidan yonib 
ketishi sabab bo‗ladi.
Yong‗inning olidini olish tadbirlari: tashkiliy (ko‗ngilli o‗t o‗chiruvchi 
drujinalari yoki yong‗indan muxofazalash drujinalari tuzish, omma orasida 
tushuntirish ishlarini olib borish).


Texnikaviy tadbirlarga quyidagilar kiradi: yong‗in yoki portlash jixatdan 
xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektrjixozlaridan foydalanish, nosoz 
peyalar, mashinalar, elektr jixozlardan, shuningdek oson alangalanadigan 
suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni 
ta‘qiqlab qo‗yish, yashin ko‗targichlar o‗rnatish, chiqqan yong‗inning tarqalishiga 
yo‗l qo‗ymaslik choralarini ko‗rish. (Ob‘ektlarni o‗tga chidamli materiallardan 
qurish yong‗in aloqasi hamda signalizatsiyasini o‗rnatish.) 
Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish. 
Kuyganda birinchi yordam. Kuyish teriga yuqori haroratlarning (termik) 
shuningdek kislota, ishqor, fosfor va boshqalarni, (kimyoviy) ta‘siri natijasida 
sodir bo‗ladi. Kuyishning og‗irligiga qarab ularni 4 darajaga bo‗lish mumkin. 
Birinchi darajali kuyishda terini qizarib shishishi kuzatiladi; ikkinchisida 
suyuqlikka tulgan, pufachalar hosil bo‗ladi; uchinchisida teri jonsizlanadi; 
to‗rtinchisida teri kuyib ko‗mirga aylanadi.
Birinchi darajali kuyishda kuygan joylari toza suvda yuviladi, undan keyin 
spirt, odekolon yoki kaliy permanganatning kuchsiz aralashmasi bilan hullanadi.
Ikkinchi 
darajali 
kuyishda 
terining 
kuygan 
qismlariga 
pufaklari 
kuchirilmasdan sterilllangan bogich kuyiladi. Konsentrlangan kislatalardan 
kuyganda (sulfat kislatalardan tashqari) terining kuygan yuzi 15 – 20 minut 
davomida sovuq suv, sovunli suv va ichimlik (3 %li ) soda aralashmasi bilan 
yuviladi. Ishqordan kuygan teri suv bilan yuviladi., so‗ng 2 %li sirka yoki limon 
kislata aralashmasi bilan ishlov beriladi. Ishlov berilgandan keyin terining kuygan 
yuzasiga zararsizlantirilgan bog‗ich quyiladi.
Aptechkada quyidagilar bo‗lishi zarur: 
a) 
ichimlik soda – 200 gr 
b) 
validol – 30 dona 
c) 
barot kislata-60 gr 
d) 
leykoplaster-(1x15 sm)-5 dona 
e) 
vazelin – 50 gr 
f) 
rezina arqon -1 dona 


g) 
shaxsiy paket – 10 dona 
h) 
bint-10 dona 
i) 
naftadel spirti – 20 gr 
j) 
paxta -100 gr 
k) 
shinalar-komplekt 
l) 
yod eritmasi.
Aptechkalardagi tibbiy preparatlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: ichimlik 
soda-kislata kuydirilganda ko‗zni yuvish va og‗izni chayish maqsadida ichimlik 
sodanining 2-4 %li eritmasini tayyorlash uchun; validol-asab sistemasini 
tinchlantirish va yurak atrofidagi og‗riqlarni yo‗qotish uchun; borat kislatasi ishqor 
ta‘sirida kuyganda ko‘zni yuvish va og‗izni chayish maqsadida 2-4 %li eritma 
tayyorlanadi. 
Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishning umumiy qoidalari. 
Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishdan oldin kuyidagi 
ishlarni bajarish lozim. 
-jarohatlanish sabablarini yo‗qotish (masalan, jarohatlanuvchini gazlar, 
zaxarlar to‗lgan xonadan olib chiqish), elektr simini olish elektr toki urganda 
jaroxatlanuvchining ahvolini yomonlashtiradigan barcha narsalarni yo‗qotish 
jarohatlanuvchi ustidagi yukni, devor parchalarini olish, yonayotgan joydan olib 
chiqish; 
-jarohatlanuvchining umumiy ahvolini aniqlash va birinchi navbatda odam 
xayoti va salomatligiga eng ko‘p xavf tugdirayotgan narsani yo‘qotish (masalan, 
arteriyalar kesilganda qon oqishini tuxtatish, nafas olish tuxtab qolganda va yurak 
faoliyati buzilgan bulsa, sun‘iy nafas oldirishni yoki yurakni uqalashni boshlash va 
x.k. 
Elektr tokidan shikastlanish. Ehtiyotsizlik, komoyuter texnikasining nosozligi 
yoki tabiiy ofat sodir bo‗lganda ko‗pincha odamlarni tok urib shikastlanishi 
mumkin. Bunday hol shikastlangan kishilar va qutqaruv ishlarini olib 
borayotganlar Bilan ham yuz berishi mumkin. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling