Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Download 0.66 Mb.
bet12/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

Boshqaruv tizimi deganda nimani tushunish lozim? Agar jamiyatning butun iqtisodiy tizimini oladigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi ko‘plab kichik tizimlarni - tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolarni ko‘rishimiz mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuritish nuqtai nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki tarmoqning (ishlab chiqarishning) bo‘linmasi, bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunga bog‘liq bo‘lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning vazifalari va funksiyalari shakllantiriladi
Amaliyotda shu narsa isbot qilinganki, boshqaruvning juda ham yirik tashkiliy strukturasi bozor iqtisodiyotida maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. U kutilgan natijalarni bermaslikdan tashqari, boshqaruv qarorlarini bajarishda muammolarning yuzaga kelishiga, boshqaruvning yakuniy maqsadini oraliq vazifalar bilan almashib ketish xavfi kuchayishiga olib keladi.
O‘zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo‘ysinuvchi bo‘lgan boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari faoliyatning alohida ko‘rinishi sifatida boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi. Bu aloqani quyidagi tarzda chizma yordamida ko‘rsatish mumkin:

Korxonada boshqaruvning ta’siri boshqaruv ob’ektiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish jarayonlari, ishab chiqarish uskunalarini ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar boshqaruv ob’ekti bo‘lishi mumkin. Boshqaruv sub’ekti esa qoidaga ko‘ra, korxona rahbari yoki boshqaruv ob’ektlarini maqsadli ravishda boshqarishni amalga oshiruvchi xizmat rahbarlaridir. Agar yuqorida keltirilgan misolga qaytadigan bo‘lsak, orkestr, bu – boshqaruv ob’ekti, dirijer esa, boshqaruv sub’ektidir.


Boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari doimo o‘zaro aloqada bo‘lib, bunda asosiy o‘rin boshqaruv ob’ektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi. Boshqaruv ob’ektining mazmuni, unda yuz berayotgan o‘zgarishlar boshqaruv sub’ekti vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va usullarini mukammallashtirishda aks etadi. Albatta, bu boshqaruv sub’ektlarining passivligini anglatmaydi, aksincha, boshqaruv tizimining bo‘limlari shu boshqaruv tizimining eng faol qismini tashkil etadi va tavsiflaydi. Aynan boshqaruv sub’ekti ishlab chiqarish resurslari va asbob-uskunalardan foydalanish siyosatini belgilaydi, ishlab chiqarish vositalarining ishchi kuchi bilan birlashuviga ko‘maklashadi. YA’ni korxonaning nima, qachon, qaerda, kimga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan siyosati, birinchi o‘rinda boshqaruv sub’ekti tomonidan hal qilinadi. SHu sababli, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bo‘lsa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko‘rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Boshqaruv amallari ishlab chiqarish jarayonining yakunlanishi uchun moddiy shart-sharoit vazifasini bajaradi. Aytish mumkinki, boshqaruv amallari boshqaruv faoliyati va natijalari o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Faoliyatning ushbu turi ahamiyati, aynan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida korxonaning joriy va istiqboldagi siyosati shakllanishida namoyon bo‘ladi. SHu jihatdan kadrlarni to‘g‘ri tanlash va joylashtirish, ularning malakasi, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘g‘ri tushunishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, hozirgi boshqaruvchilar uchun yaxshi muhandis, texnolog, konstruktor bo‘lishning o‘zigina kamlik qilib, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, biznes-strategiya, marketing, xo‘jalik huquqi va shu kabilarni bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat ushbu bilimlar majmuasiga va boy mehnat tajribasiga ega bo‘lgan taqdirdagina boshqaruvchilar bozor iqtisodyoti vazifalarini muvaffaqiyatli ravishda bajarishlari mumkin.
SHuni ham e’tiborga olish kerakki, boshqaruv faoliyati boshqaruv apparati (organi) tushunchasiga qaraganda keng talqin qilinadi. Boshqaruv faoliyati tarkibiga jamoatchilik tashkilotlaridagi faoliyat, ish joylarida ijodiy tashabbuskorlikning yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning taklif va maslahatlarini ham kiritish mumkin. Bu esa boshqaruv faoliyatini, bevosita boshqaruv (korxona boshqaruv apparatining faoliyati) va o‘zini-o‘zi boshqarish (boshqaruv faoliyatining jamoatchilik shakli) turlariga ajratilgan holda tasniflash imkonini yaratadi. Faoliyatning ikkala turi ham amalda birgalikda yuritilib, ularning o‘zaro aloqalari ishlab chiqarishni boshqarishning samaradoriligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarishning, jumladan, boshqaruv foliyatining o‘zining samaradorligini oshirishda, ishlab chiqarishning allohida elementlari va bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keluvchi boshqaruv munosabatlari muhim o‘rin egallaydi. Bu erda boshqaruv organi (sub’ekti) yoki boshqaruvchi shaxs tomonidan boshqariluv organiga nisbatan ta’sir ko‘rsatishning o‘zigina kamlik qiladi. Boshqarilayotgan ob’ektdan boshqaruv ob’ektiga javob tariqasida teskari aloqa ham bo‘lishi zarur. Agar bunda teskari aloqa bo‘lmasa yoki boshqaruv organi tomonidan qabul qilinmasa, boshqarilayotgan ob’ekt nazorat ostidan chiqishi hamda boshqarilmaydigan ob’ektga aylanishi mumkin.
Bu vazifa amalda boshqaruvning har bir elementi yoki bo‘g‘ini tomonidan ma’lum bir vazifani bajarishni ko‘zda tutuvchi bir-biriga bo‘ysinuvchanlik tizimi yordamida bajariladi. YA’ni gap korxona direktori, bosh muhandisi va boshqalardan, to sex boshliqlari va boshqa ishlab chiqarish bo‘linmalarining boshliqlarigacha - korxonaning boshqaruvchilari yoki maxsus xizmatlariga yuklatiluvchi funksional vazifalar haqida bormoqda. Munosabatlarning bunday ko‘rinishdagi bir-biriga bo‘ysinuvchanligi boshqaruv tizimining samarali tarzda faoliyat yuritishi uchun muhim shart hisoblanadi.
SHu tariqa, boshqaruv tizimi ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va korxonaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. SHu bilan bir paytda ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish sur’ati, qabul qilingan yoki amalga oshirilayotgan boshqaruv tizimi progressivligining o‘lchovi xizmatini ham o‘taydi. Bundan kelib chiqqan holda, qo‘yilgan maqsadga qisqa muddatda va ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalangan holda yaqinlashish darajasini korxonani boshqarish samaradorligining bevosita mezoni sifatida ko‘rsatish mumkin. Bugungi bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tizimi birinchi o‘rinda korxonaning barqarorligini ta’minlashi, xo‘jalik tavakkalchiligini kamaytirishi, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ko‘maklashishi zarur. SHuningdek, u xodimlarning o‘z mehnatlari natijasiga qiziqish darajasi ortishiga, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslikka hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.
Korxona yopiq tizim bo‘lmaganligi sababli, boshqaruv tizimiga korxonada yuzaga keluvchi ichki muhitdan tashqari, tashqi muhit, avvalo, aholining turmush tarzi, jamiyat qurilmasi, davlat siyosati va hokazolar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq har qanday holda ham boshqaruv tizimi, xo‘jalik hayotining zamonaviy talablari va korxonaning raqobatchilik muhitidagi barqarorligiga javob berishi lozim.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling