Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


KORXONA BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI


Download 0.66 Mb.
bet2/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

KORXONA BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI
SIFATIDA
Tadbirkorlik va korxona

Mamlakatda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda jamiyat oldida turgan masalalar ichida tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning faol shakli sifatida muhim o‘rin egallaydi.


Tadbirkorlik deganda shaxslar va korxonalarning o‘zaro manfaatdorligiga yo‘naltirilgan xarakatlari va mulkiy mas’ulligi asosida amalga oshiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbuskor mustaqil xo‘jalik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlik koordinatsiya, bozor va raqobat orqali rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmlarini yaratadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatadi. Tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy omillar (o‘z ahvolini yaxshilash bo‘yicha izlanishlar olib borish) bilan ham shart-sharoitlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati deganda ketma-ket yoki parallel ravishda amalga oshiriladigan kelishuvlar jamlanmasi tushuniladi, bu kelishuvlardan har biri puxta aniqlangan vaqt oraliqlari bilan chegaralanadi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari: mamlakat fuqarolari, xorijiy davlat fuqarolari va birlashgan hamkorlar bo‘lishi mumkin.
Fuqarolar yuridik shaxslar tashkil etmasdan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan momentdan boshlab yakka tadbirkor sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Birlashgan hamkorlar tadbirkorlik sub’ektlari sifatida turli xo‘jalik birlashmalari shaklida o‘zlarining xususiy va qonuniy asosda to‘plagan mulkidan foydalangan holatda maydonga chiqishlari mumkin.
Tadbirkorning rasmiy maqomi jismoniy shaxsni yollangan mehnatsiz yakka tadbirkorlik ishtirokchisi sifatida yoki qonun orqali aniqlanadigan ramkada jalb qilingan yollanma mehnat bilan korxona sifatida yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti quyidagi huquqlarga ega:

  • muassasa, korxona tuzish va qayta tashkil etish, shuningdek, korxona mulk egasi bilan shartnoma tuzish, bank muassasalarida hisob raqamlari ochish, hamma turdagi hisob, kredit va kassali operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yurgizish;

  • moliyaviy mablag‘lar, intellektual mulk ob’ektlari, fuqarolar va yuridik shaxslar mulklari hamda alohida mulkiy huquqlarni shartnomali asosda jalb qilish va ulardan foydalanish;

  • ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, etkazib beruvchilar va o‘z mahsuloti iste’molchilarini tanlash, mahsulotga narx qo‘yishni mustaqil ravishda shakllantirish va amalga oshirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, valyuta operatsiyalarini olib borish;

  • korxonani boshqarish bo‘yicha ma’muriy-tartiblash faoliyatini amalga oshirish;

  • korxona nomidan yoki amaldagi qonunlar va korxona ustaviga muvofiq ishchilarni yollash (ishga qabul qilish) va ishdan ozod etish;

  • qonunchilik, korxona shartnomasi va ustaviga muvofiq soliqlarni to‘lagandan keyin va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng korxona tadbirkorlik faoliyati orqali erishilgan foyda o‘stida erkin ish yuritish;

  • davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta xizmatlaridan foydalanish;

  • tadbirkorlar ittifoqlari, assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarini tashkil etish;

  • qonunda belgilangan tartibda fuqarolar, yuridik shaxslar, boshqaruv organlari harakatlarini sudda (arbitrajda) qayta ko‘rish.

SHu bilan birgalikda qonun bir vaqtning o‘zida tadbirkorning burchlarini ham aniqlab beradi.
Tadbirkorning burchlari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va tadbirkor tomonidan tuzilgan shartnomalar, jumladan korxona mulk egasi bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan burchlarni bajarish;
-qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yoki korxona nomidan fuqarolarni yollash bo‘yicha ishchilar yoki tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari tuzish;
- tuzilgan shartnomaga muvofiq korxonaning moliyaviy holati (ahvoli) ga bog‘liq bo‘lmagan holda hamma ishchi-xodimlar bilan hisob-kitob qilish;
- qonunchilik va jamoa shartnomasiga muvofiq yollanma asosda ishlayotgan fuqarolar uchun ijtimoiy, tibbiy va boshqa turdagi majburiy sug‘urtalarni amalga oshirish;
-nogironlar va ishlash qobiliyati (ishlash imkoniyati) chegaralangan shaxslarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha markaziy va mahalliy hokimiyat organlari qarorlarini bajarish;
-korxona daromadlari haqidagi deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etish va qonunda beligilan soliqlarni ko‘rsatilgan tartib va o‘lchamda o‘z vaqtida to‘lab borish;
-kreditorlar oldida majburiyat va burchlarni ijro etishning imkoni bo‘lmagan vaziyatda korxonaning bankrotligi haqida ariza (xabar) berish.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli - bu korxonadir.
Korxona – bu bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi, ehtiyojbop (talab qilinayotgan) mahsulotni ishlab chiqarish, ijtimoiy ehtiyojlarni qoniqtirish maqsadida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish va foyda olish uchun moddiy va axborot resurslardan foydalanishga asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Korxona o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun mulchilik yoki to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishli bo‘lgan mulchilikni shakllantiradi. Quyida ko‘rsatilganlar korxona mulki manbalari deb hisoblanadi: muassislarning pul va moddiy jamg‘armalari; mahsulot sotilishidan, ishlar va xizmatlardan keladigan daromadlar; qimmatli qog‘ozlar, kapital qo‘yilma (ajratma)lar, turli darajadagi buyudjetlardan tushadigan daromadlar; aksiyalar, tanlovlar, auksion, tender va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar orqali davlat korxonalari mulklarini sotib olish, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga binoan turli-tuman tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish va taqsimlash, tarqatish bo‘yicha bir yoki bir nechta spetsifik funksiyalarni bajaradigan zavod, fabrika, kombinat va boshqa shu kabi shakldagi tashkilotlar yoki muassasalar korxonalar deb tan olinadi.
Tuzilmasi bo‘yicha korxonalar xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarishda asoslangan mulkka egalik qiladi va o‘zining majburiyatlari bo‘yicha bu mulkchilikka javob beradi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy, nomulkiy huquqlarga ega bo‘ladi, javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi, sudda haqiqiy mulk egasi va javobgar shaxs sifatida ishtirok etadi.
Korxonani har xil parametrlar bo‘yicha sinflashtirish mumkin:
tarmoqli mulklar bo‘yicha:
a) moddiy ishlab chiqarish sohasi yoki tarmog‘i (sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi);
b) noishlab chiqarish sohasi tarmoqlari (turar-joy - kommunal xo‘jaligi, transport, aloqa va h.k.);
v) aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalari (sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va san’at, madaniy-maishiy soha, mudofa va sh.o‘.);
sonli parametrlar bo‘yicha:
a) kichik korxonalar yoki kichik biznes – 100 kishigacha;
b) o‘rta korxonalar yoki o‘rta biznes – 500 kishigacha;
v) yirik korxonalar yoki yirik biznes – 500 kishidan ortiq;
sifat parametrlari bo‘yicha:
a) mulkchilik turi (xususiy, qo‘shma, davlat, munitsipial, diniy, kooperativ);
b) chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimenti (turlari);
v) tadbirkorlik faoliyati tashkiliy-huquqiy shakllari.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling