Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan
Download 0.66 Mb.
|
умк СМЕТА 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURILISHDA MEHNAT RESURSLARI VA MEHNAT UNUMDORLIGI Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati
Nazorat savollari
1. “Korxona” va “Tadbirkorlik faoliyati” tushunchalarining mazmun- mohiyatini tushuntirib bering. 2. Tadbikorlik faoliyatining asosiy shakllarini ayting. 3. Qurilish korxonalari turkumlanishi va ular faoliyatining asosiy jihatlari nimalardan iborat? 4. Tijorat va notijorat tashkilotlari farqi nimada? 5. Qurilish korxonasi faoliyatini amalga oshirishda qaysi bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan foydalniladi? QURILISHDA MEHNAT RESURSLARI VA MEHNAT UNUMDORLIGI Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati Hozirgi zamon sharoitlarida mehnatni tashkil etish va uning unumdorligini oshirishga alohida e’tibor ajratmoq zarur, chunki ular iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotning yagona manbai deb hisoblanadi. Biroq keyingi yillarda sanoat – ishlab chiqarish salohiyati, jumladan ish o‘rinlarining kompensatsiyalashmagan holda yo‘qolish jarayoni keskin kuchaydi. Qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘qolishi yangilarini ishga tushirish sonidan oshib ketdi, yangi ish o‘rinlarini yaratish yanada qisqarmoqda. Bundan tashqari qurilishda birinchi navbatda sanoat qurilishining kamayishi evaziga ayniqsa jismoniy ish o‘rinlari soni jadal qisqarmoqda, ya’ni mantiq juda oddiy: mahsulotlar sotilishining chegaralanishi mashg‘ullik soni kamashiyiga olib keladi, buning oqibatida esa jismoniy ish o‘rinlari ularning zarur bo‘lmay qolganligi tufayli qisqaradi. SHuni ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda mehnat samaradorligini o‘stirish muammosi eng murakkab masalalardan biri bo‘lib qolaveradi, lekin uni echish bilan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurishga muvaffaqiyatli erishish mumkin. Muammoni echishning mumkin bo‘lgan mexanizmi shundan iboratki, bunda milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliya-kredit va eksport-import siyosatini olib borish, jamg‘arma va investitsiyalashga bo‘lgan real manfaatlarning harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, imkoniyatlar va ishlab chiqarish samaradorligini hisobga olgan holda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishni amalga oshirish, mamlakatda to‘plangan intellektual va mehnat salohiyatiga oqilona yondashish zarur bo‘ladi. YUzaga kelgan vaziyat korxona ishchi-xodimlari singari davlat organlari tomonidan ham mehnat unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan kardinal chora – tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. SHu sababli mehnat unumdorligi, uning o‘sishi hamma tarmoqlar va ayniqsa qurilish uchun juda dolzarbdir. Mehnat unumdorligining alohida korxonalar va butun jamiyat rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi mehnat unumdorligi darajasini ko‘tarish va uniing o‘sishiga yordam beradigan rezervlarni yuzaga keltirishga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillarni o‘rganish naqadar zarur ekanligidan darak beradi. Mehnat unumdorligi – bu ishlab chiqarish jarayonida safrflangan mehnat samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Mehnat unumdorligiga mumiy tushuncha bera turib, aytish mumkinki, mehnat unumdorligi mahsulot miqdori bilan aniqlanadi, ya’ni ishchilar tomonidan vaqt birligida yaratiladigan iste’mol mollarining miqdori bilan o‘lchanadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling