Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Mehnat unumdorligini o‘stirish omillari va rezervlari


Download 0.66 Mb.
bet5/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

Mehnat unumdorligini o‘stirish omillari va rezervlari


Omillar – bu harakatlantiruvchi kuch va biron – bir jarayon va hodisaga ta’sir ko‘rsatuvchi sababdir. Mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatish xarakteri va darajasiga bog‘liq ravishda omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: moddiy – texnik, tashkiliy – iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, tabiiy-iqlimiy, siyosiy, xususiy.
Moddiy – texnik omillar yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar, xom-ashyolar va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog‘langandir. Ishlab chiqarishni takomillashtirishga quyidagilarni amalga oshirish bilan erishish mumkin:

  • jihozlarni modernizatsiyalash;

  • ma’naviy eskirgan jihozlarni ancha unumdor bo‘lgan yangi jihozlarga almashtirish;

  • ishlab chiqarish mexanizatsiyasi mavqeini oshirish orqali: qo‘lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, kichik mexanizatsiya vositalarini keng tadbiq qilish, uchastkalar va sexlarda bajariladigan ishlarni kompleksli mexanizatsiyalashtirish;

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;

  • yangi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash;

  • xom-ashyolar yangi turlaridan, progressiv materiallardan foydalanish.

Ilmiy-texnik taraqqiyotni mehnat unumdorligini har tomonlama oshirishning bosh manbai sifatida ko‘rib chiqish taqoza etiladi. Hozirgi zamon sharoitlarida fan-texnika taraqqiyoti yutug‘larini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish investitsiyalar ajratilishini talab etadi, birinchi navbatda amaldagi ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga investitsiyalarni jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Moddiy–texnik omillarning juda muhimligi, ularning moddiylashgan mehnat iqtisodiyotini ta’minlashi bilan izohlanadi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillar mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarish mavqei bilan aniqlanadi. Unga ishlab chiqarish boshqaruvini tashkil etishni takomillashtirish: boshqaruv apparati tuzilmasi, ishlab chiqarishni boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini tadbiq etish va rivojlantirish kiradi.
Ijtimoiy-psixologik omillar mehnat jamoalari ahilligi, ularning ijtimoiy – demografik tarkibi, tayyorgarlik darajasi, mehnat faolligi, bo‘limlar va butun korxona bo‘yicha ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantiradigan rahbarlik qilish usuli bilan aniqlanadi.
Tabiiy-iqlimiy omillar qurilishning borishiga katta ta’sir ko‘rsadadi, chunki qurilish ishlarining aksariyat qismi ochiq osmon ostida bajariladi. Bu omillarni qurilish jarayonini loyihalashning boshlang‘ich bosqichlaridayoq hisobga olish taqoza etiladi.
Siyosiy va qonuniy omillar soliqqa tortish, investitsiyalash, lizenziyalash, bojxona va shu kabi jarayonlarni tartiblashtiradi: xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarini, jumladan qurilish sohasini ham rivojlantirish yo‘nalishini aniqlab beradi.
Xususiy omil. Mamlakat iqtisodiy mexanizmida ishlab chiqarish vositalari va mehnat natijalariga bo‘lgan mulkchilik shakllari o‘zgarishi ro‘y berayotgan hozirgi zamon sharoitlarida qurilish iqtisodiyotida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar tadbirkorlik va raqobat bazasida yangi iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga olib keladi, insonni ishlab chiqarish vositalari bilan bilvosita muloqatda bo‘lishdan ozod etish (ya’ni dastgohlarni, mexanizmlarni masofadan boshqarishni yo‘lga qo‘yish) uchun sharoitlar yaratilyapti.
YUqorida sanab o‘tilgan barcha omillar biri-biri bilan o‘zaro bog‘liqlika ega bo‘lganligi tufayli ularni kompleks holda o‘rganish taqoza etiladi. Bunday o‘rganish shuning uchun zarurki, bunda har bir omilning ko‘rsatadigan ta’siri aniq baholanadi, chunki ularning ta’sirlari hech qachon bir xil bo‘lmaydi. Ulardan ba’zilari mehnat unumdorligining ustivor o‘sishini ta’minlaydi, boshqa omillar ta’siri esa o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Korxona mehnat unumdorligini o‘stirish rezervlari deganda ishlatilmayotgan ishlab chiqarish resurslari tushuniladi. Odatda O‘zbekiston korxonalarida mehnat unumdorligini o‘stirish rezervlari ichki ishlab chiqarish rezervlari, mehnat sig‘imini pasaytirish, ish vaqtidan unumli foydalanish, moddiy resurslarni tejash va mehnat qurollarini asrab–avaylab ishlatish rezervlariga bo‘linadi.
Vaqt bo‘yicha foydalanishga ko‘ra mehnat unumdorligi rezervlari joriy va perspektiv rezervlarga bo‘linadi.
Joriy rezervlar yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin, qoidaga ko‘ra ular ahamiyatli tarzdagi yagona vaqtli mablag‘larni talab etmaydi. Ularga yaxshi jihozlardan foydalanish, yaroqsiz jihozlarni ishlab chiqarish tizimidan olib tashlash, mehnatga haq to‘lashning eng ratsional va samarador (effektiv) tizimlarini qo‘llash, korxonalarda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni me’yorlashtirish kiradi.
Perspektiv rezervlar odatda ishlab chiqarishni qayta qurishni, yangi texnologiyalarni tadbiq etishni va sh.o‘. larni talab etadi, buning uchun qo‘shimcha kapital mablag‘lar va ishlarni amalga oshirish uchun ahamiyatli tarzdagi muddatlar zarur bo‘ladi.
Unumdorlikni mohiyat jihatdan aniqlash, aynan mahsulot hajmining uni ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqqan holda unumdorlik to‘rtta holatda oshishi mumkin:

  • mahsulot hajmining oshishi, sarf-xarajatlarning esa pasayishi (klassik holat);

  • mahsulot hajmining sarf-xarajatlarga qaraganda tez o‘sishi;

  • mahsulotning hajmi o‘zgarishsiz qoladi, sarf-xarajatlar esa pasayadi;

  • sarf-xarajatlarning pasayishiga nisbatan mahsulot hajmining kam

suratlar bilan pasayishi.
Mehnat unumdorligini o‘stirishni ta’minlash bo‘yicha boshqarish strategiyasi tanlash ushbu holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling